Mehnatni rag`barlantirish tizimi mavzusida yozgan Mehnatni rag`barlantirish tizimi Reja: kirish



Yüklə 369 Kb.
səhifə30/50
tarix02.01.2022
ölçüsü369 Kb.
#42549
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50
TEMURXON

Tayyorgarlik bosqichi. Ushbu bosqichda:

  • attestatsiya qilinadigan xodimlar ro’yxati tuziladi;

  • attestatsiya komissiyasi a’zolari soni va tarkibi anikdanadi;

  • attestatsiya qilinayotgan xodim to’g’risidagi tavsifnomalar, fikr va mulohazalar, attestatsiya varaqalari tayyorlanadi;

  • attestatsiya maqsadlari va tartibi to’g’risida tushuntirish ishlari tashkil etiladi.

Lavozimga tayinlash va bo’shatish yuqori tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan rahbarlar attestatsiyasi mazkur tashkilotning o’zida o’tkaziladi.

Egallab turgan xizmat vazifasida 1 yildan kam muddatda ishlab kelayotgan rahbar va mutaxassislar, yosh mutaxassislar, homilador ayollar va 1 yoshga to’lmagan farzandiga ega ayollar navbatdagi attestatsiyadan ozod etiladilar. Ular attestatsiyasi yuqorida belgilangan muddat tugagandan so’ng 1 yildan keyin o’tkazilishi mumkin.

Ishlab chiqarish bo’linmalari xodimlari attestatsiyasi kamida ikki yilda bir marta, mutaxassislar va rahbarlar attestatsiyasi esa kamida 3-5 yilda bir marta o’tkazilishi kerak.

Rahbar va mutaxassislarning attestatsiyasi rahbariyat tomonidan belgilangan muddatlarda yil davomida o’tkaziladi. Rag’bariyatning attestatsiya o’tkazish to’g’risidagi qarori personalni boshqarish xizmati uchun attestatsiya o’tkazish jadvalini tuzish uchun asos bo’ladi. Ushbu jadval attestatsiya qilinadigan xodimlarga attestatsiya o’tkaziladigan vaqtdan kamida 1 oy oldin ma’lum qilinadi. Attestatsiya qilinadigan xodimga taalluqli barcha hujjatlar attestatsiya komissiyasiga attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta ilgari taqdim etiladi.

Attestatsiya o’tkazadigan komissiya a’zolari soni va tarkibi hamda komissiya vakolatining muddati korxona yoki tashkilot rahbari buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

Attestatsiya komissiyasiga uning raisi (bu odatda korxona yoki uning bo’linmasi rahbari bo’ladi) rahbarlik qiladi. Rais o’rinbosarligiga odatda korxona rahbarining personal bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari yoki kadrlar bo’limi boshlig’i tayinlanadi. Attestatsiya komissiyasi kotibi tegishli hujjatlarni tayyorlaydi. Komissiya a’zolari odatda attestatsiya o’tkazishni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda amalga oshiradilar.

Tayyorgarlik bosqichi xodimlar attestatsiyasi boshlangunga 2 hafta qolgandayakunlanadi. Bu attestatsiya komissiyasi a’zolariga tayyorlangan hujjatlar bilan batafsil tanishib chiqish imkonini beradi.


Yüklə 369 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin