Mehnatni rag`barlantirish tizimi mavzusida yozgan Mehnatni rag`barlantirish tizimi Reja: kirish



Yüklə 369 Kb.
səhifə32/50
tarix02.01.2022
ölçüsü369 Kb.
#42549
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50
TEMURXON

Yakunlovchi bosqichda korxona rahbariyati attestatsiya natijalari bo’yicha qaror qabul qiladi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:

  • atestatsiya qilingan xodim to’g’risida bevosita rahbarining fikr-mulohazalari bayoni;

  • attestatsiya qilingan xodim faoliyatining, uning tarmoqdagi uzluksiz ta’lim tizimida malakasini oshirishining baholanishi;

  • attestatsiya qilingan xodim malaka, amaliy va shaxsiy sifatlarining baholanishi hamda ushbu sifatlarning ish joyi talablariga muvofiqligi;

  • attestatsiya qilingan xodim faoliyati to’g’risida attestatsiya komissiya har bir a’zosining fikri;

  • xodimning avvalgi attestatsiyasi materiallarini joriy attestatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash natijalari;

  • attestatsiya qilingan xodimning o’zining o’z ishi va mavjud salohiyati imkoniyatlaridan foydalanishi to’g’risidagi fikri.

Attestatsiyada xodimning mehnat intizomiga rioya qilishi, qo’yilgan vazifalarni hal etishdagi mustaqilligi, o’z-o’zini takomillashtirishga intilishiga alohida ahamiyat beriladi.

Attestatsiya komissiyasi attestatsiya qilingan xodimni yuqori lavozimga ko’tarish, erishilgan muvaffaqiyatlar uchun mukofotlash, ish haqini ko’paytirish, boshqa ishga o’tkazish, egallab turgan lavozimidan bo’shatish va hokazolar to’g’risida tavsiya beradi. Attestatsiya komissiyasining xulosa va tavsiyalaridan korxonada kadrlar siyosatini amalga oshirishda foydalaniladi.

Attestatsiya qilinayotgan xodimlarga nisbatan attestatsiya komissiyasi va rahbariyatning sub’ektiv xulosalaridan ijtimoiy himoyalash vositasi sifatida xodimga qo’yilgan baholar hamda xulosalar salmog’i (10.7- jadval) ham hisobga olinadi.

Xodimni attestatsiya qilish paytida, albatta, uning mehnatiga haqto’lash shart va sharoitlari baholari, texnologiya jarayonini va ish joyini takomillashtirish yuzasidan takliflar umumlashtiriladi, personal kasb malakasini oshirish chora-tadbirlari belgilanadi.

Personal attestatsiyasi xodimlarning muayyan davrdagi faoliyati natijalarini baholash bo’lib, mehnatni boshqarish umumiy jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi.
jadval


Yüklə 369 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin