Personalni baholashning noan’anaviy usullari keyingi 10-15 yil ichida qo’llanila boshlandi. Shu sababli hozirgi vaqtgacha ularni tajriba usullari deb atashadi. Shunday bo’lsa-da, personalni baholashning noan’anaviy usullari ko’pgina kompaniya va firmalarda tobora keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Ulardan eng ommalashgani „360° attestatsiya” nomini olgan.
“360° attestatsiya" usulida xodim bevosita o’z rahbari, o’z hamkasblari va o’ziga bo’ysunadigan xodimlar tomonidan baholanadi. Attestatsiyani amalga oshirish yo’llari (barcha attestatsiya qilinayotganlar bir xil formani to’ldiradilar, xodimni hamkasblari va unga bo’ysunuvchilar tomonidan baholash hay’atlari orqali amalga oshiriladi) ko’p bo’lishi mumkin. Lekin ularning mohiyati bitta: xodimni har taraflama (360° asosida) attestatsiya qilishni baholashdir.
Dostları ilə paylaş: |