L = L1K1 + L2 +K2, bunda, L - mutaxassisning kompleks bahosi;
L1 - mutaxassis amaliy sifatlari baholari yig’indisi;
K1 - kasbdarajasi koeffitsenti;
L2- mutaxassis faoliyati amaliy natijasi;
K2- mutaxassis xizmat vazifalari murakkabligi koeffitsienti.
Mutaxassis mehnat ulushi samaradorligini ball orqali baholash usuli ham mavjud. Mazkur usul ko’rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:
bajarilayotgan ishning murakkabligi, sifati, hajmi darajasi;
ish vaqtidan foydalanishi;
ishdagi yangilik va ishga ijodiy yondashuv;
mutaxassisning o’z kasb malakasi darajasini oshirishga munosabati;
ijtimoiy hayotdagi faollik;
xulq-atvor madaniyati.
Mutaxassis faoliyatini baholashda u yoki bu ko’rsatkichlarni tanlash attestatsiya o’tkazish uchun tanlangan usulga bog’likdir. Mutaxassisni attestatsiya qilishda odatda quyidagi usullardan birini tanlash mumkin: