Personal faoliyatini baholash mezonlari
Ko’rsatkichlar
|
Mezonlar
|
Baholar shkalasi
|
Ixtisosligiga oid bilimlar
|
Chuqur mutaxassis, har taraflama bilimlarga ega, bu bilimlar tizimi to’g’risida yaxlit tasavvuri bor. Fikrlash salohiyati o’z ixtisosligi sohasidamurakkab nazariy vazifalarni hal etishga qodir
|
5,0
|
Mustahkam va tizimli bilimlarga ega, o’z ixtisosligi sohasida nazariy vazifalarni hal etishga qodir
|
4,5 – 4,0
|
Ixtisosligiga oid vazifalarni qoniqarli hal etish uchun bilimlarga ega
|
3,5 – 3,0
|
Bilimlari yuzaki, tizimli emas , ixtisosligiga oid vazifalarni mustaqil hal qilishga qodir emas
|
2,5 – 2,0
|
Kasbiy ko’nikma va mahorat
|
Kasboy ko’nikma va mahorati yuksak rivojlangan, ixtisosligiga oid amaliy vazifalarnibajarishni ta’minlaydi
|
5,0
|
Kasbiy ko’nikma va mahorati rivojlangan, ixtisosligiga oid vazifalarni hal etish tegishli darajasini ta’minlaydi
|
4,5 – 4,0
|
Kasbiy ko’nikma va mahorati qoniqarli, ixtisosligiga oid vazifalarni o’zgalar yordamida yetarli darajada hal qilishni ta’minlaydi
|
3,5 – 3,0
|
Kasbiy ko’nikma va mahorati yaxshi rivojlanmagan, hodim ulardan amaliy faoliyatda foydalanishda doimiy nazorat talab etiladi.
|
2,5 – 2,0
|
Xizmat faoliyatiga oid hujjatlarni bilishi
|
Me’yoriy hujjatlarning mazmunini har taraflama va chuqur biladi, amaliy faoliyatda ulardan ongli tavishda foydalanadi. O’zi mustaqil ravishda me’yoriy hujjarlar ishlab chiqa oladi
|
5,0
|
Hujjatlar mazmunini yaxshi biladi, amaliy faoliyatda ulardan doimo foydalanishga intiladi
|
4,5 – 4,0
|
Hujjatlar mazmuni bilan tanishadi, lekin ular bilan doim ishlashga layoqati sust rijovlangan. Me’yoriy hajjatlar talablari buzilishi hollariga yo’l qo’yadi.
|
3,5 – 3,0
|
Hujjatlarni yuzaki biladi. Amaliy faoliyatda ular talablarini hamishi ham hisobga olmaydi. Me’yoriy hujjatlar talablari ko’pol buzilishi hollariga yo’l qo’yadi
|
2,5 – 2,0
|
Ixtisosligiga oid ko’nikmalarni boyitish va yangilash layoqatlari
|
Ixtisosligiga oid bilimlar, ko’nikma va mahoratini oshirish ustida faol sobitqadamlik bilan, muntazam va samarali ish olib boradi. Ixtisosligi sohasidagi yangiliklarni amalga oshirish va qo’llab – quvvatlashga qodir
|
5,0
|
Ixtisosligiga oid ko’nkmalarni oshirish va yangilash ustida sidqidildan va samarali ish olib boradi. Kasbiy faoliyatiga tashabbuskorona munosabatda bo’lishga moyil
|
4,5 – 4,0
|
Ixtisosligiga oid ko’nikmalarni zaruratga qarab boyitib va yangilab boradi. Yangiliklarga eskicha munosabati tufayli nisbiy faoliyat natijalari bo’yicha boshqalardan ajralib turmaydi
|
3,5 – 3,0
|
Ixtisosligiga oid ko’nikmalarni sust rijovlantirib boradi, kasbiy faoliyati natijalari bo’sh, yangiliklarni yaxshi qabul qilmaydi
|
2,5 – 2,0
|
Egallab turgan lavozimida tajribadan foydalanish darajasi
|
Xizmar vazifasini yuksak sifat bilan bajaradi, hamisha xizmat vazifalari talablarini oshirib bajaradi
|
5,0
|
Tajribasi xizmat vazifasi talablariga muvofiq , xizmat vazifalarining uddasidan chiqadi
|
4,5 – 4,0
|
Xizmat vazifalariga asosan muvofiq, biroq bu vazifalarni hamisha ham talab etilgan sifat bilan bajarmaydi. Xizmat vazifasida kasb tajribasini boyitish imkoniyatlari tugamagan
|
3,5 – 3,0
|
Kasbiy tajribasi yetarli emas . Xizmat vazifalarini bajarishda talab etiladigan sifatga erishmagan
|
2,5 – 2,0
|
Kasbiy tajribadan ijodiy foydalanishga layoqati
|
Ixtisosligiga oid murakkab vazifalarni to’gri baholash hamda ularni hal qilishning yangi samarali yo’llarini topishga qodir
|
5,0
|
To’plangan tajribani tanqidiy baholash hamda ixtisosligiga oid vazifalarni malakali hal etishda undan foydalanishga qodir
|
4,5 – 4,0
|
Ixtisosligiga oid vazifalarni mustaqil ravishda yangicha yo’llar bilan hal etishga intiladi. Odat bo’yicha faoliyat ko’rsatishni ma’qul ko’radi
|
3,5 – 3,0
|
Ixtisosligiga oid vazifalarni faqat an’anaviy yo’l bilan hal eta oladi. O’z sohasidagi yangiliklarni qabul qilaydi yoki rad etadi
|
2,5 – 2,0
|
Bu attestatsiya xolisligini ta’minlash maqsadida qilinadi. Chunki tajribada amaliy sifatlari bir-biridan sezilarli darajada farq qiladigan ikki mutaxassisning attestatsiya natijalariga ko’ra bir xil ball to’plashlari hollari uchraydi.
Attestatsiya o’tkazishdan avval ekspertlarga personal faoliyatini, ular amaliy va shaxsiy sifatlarini ob’ektiv baholash, qo’yiladigan ballar sub’ektiv fikrlarga emas, aniq faktlarga asoslanishi zarurligi uqtirilishi kerak. Shuningdek, attestatsiya komissiyasining barcha a’zolari personal u yoki bu sifatlarini baholashda yagona mezonlarga tayanishlari ham muhimdir. Universal baholash blanki xuddi shu maqsadga xizmat qiladi.
Attestatsiyada oddiy tartibda ijro etiladigan talablarga alohida e’tibor qaratish lozim. Xodim ayni paytda bajarib turgan ishi uchun zarur bo’lmagan sifatlar quyi baholanishi bo’yicha uning xizmat vazifasiga muvofiqligi to’g’risida xulosa chiqarish maqsadga muvofiq emas. Bunday baholar faqat xodim boshqa vazifaga o’tkazilayotgan yoki lavozimda ko’tarilish uchun zaxiraga kiritilayotgan bo’lsa hisobga olinishi lozim.
Yosh mutaxassislar boshqa xodimlarga nisbatan 2-3 baravar ko’proq attestatsiya qilinadi. Bu ular har yarim yilda kamida bir marta attestatsiya qilinishi kerakligidan dalolat berib turibdi.
Rahbar xodimlar attestatsiyasini o’tkazishga ega katta tayyorgarlik ko’rish talab etiladi. Chunki ular faoliyatini baholash u yoki bu rahbar o’z vazifasini qanday bajarayotganligini aniqlash bilan bir qatorda, u qanday yordamga muhtojligi, bu rahbardan kelgusida qanday foydalanish mumkinligiga oydinlik kiritadi. Malaka oshirish, kadrlarni joy-joyiga qo’yish istiqbolli rejalarni tuzishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |