12.5-rasm. Jilvirlash amallari: (a)- doira shaklidagi tosh sirti bilan jilvirlash; (b)- kosasimon tosh
yon sirti bilan jilvirlash.
1-sxema bo’yicha yassi jilvirlashda: a) dastlabki jilvirlashda Rz=20 mkm,
R
a
=2,5 mkm; b) toza jilvirlashda R
a
=1,5-0,63 va b) yupqa jilvirlashda R
a
=0,63-
0,32 mkm yuzalar tozaligi ta’minlanadi.
Yuqori tezlik rejimlari bilan yuzalarni yassi jilvirlaganda tozalik darajasi bir
sinf yuqori bo’lib sifati ortadi.
2-sxema bo’yicha yon sirt bilan jilvirlashda: a) dastlabki jilvirlashda R
z
=2,5
mkm, R
a
=2,5-1,25 mkm; b) toza jilvirlashda R
a
=1,25-0,63 mkm yuza tozaligiga
erishiladi.
Aylanuvchi tashqi yuzalarni jilvirlashda: dastlabki, toza va yupqa jilvirlash
usullari qo’llaniladi. Bunda; a) dastlabki jilvirlash 8, 9 kvalitet aniqlikni,
R
z
=2,5mkm, R
a
=2,5-1,25 mkm; b) toza jilvirlash esa 7, 8 kvalitet aniqlikni, R
a
=1,25
mkm tozalikni va v) yupqa jilvirlash 6, 7 kvalitet aniqlikni va R
a
=0,63-0,125 mkm
tozaliklarni ta’minlaydi.
Tashqi yuzalarni bir marta jilvirlash usuli termik ishlov berilmagan tanavorlar
uchun kesib ishlov berishdan keyin qo’llanilib, 7, 8 kvalitet aniqlikni va R
a
=2,5-0,63
mkm yuza tozaligini ta’minlaydi.
12.6-rasm. Aylanuvchi (a-tashqi va b-ichki) yuzalarni jilvirlash.
Teshiklarga ishlov berishda: dastlabki, toza va bir marta jilvirlash usullari
qo’llaniladi. a) dastlabki jilvirlash 8, 9 kvalitet aniqlikni, R
z
=20 mkm, R
a
=2,5-1,25
mkm g’adir-budirlikni ta’minlaydi. b) toza va bir marta jilvirlash 7, 8 kvalitet
aniqlikni va Ra=1,25-0,63 mkm tozalikni beradi.
Teshiklarga yupqa ishlov berish usuli qo’llanilmaydi, agarda texnik talablarga
ko’ra yukori aniqlik va tozalik kerak bo’lsa boshqa usullar qo’llaniladi; xususan
bular yupqa ichki yo’nish, razvertkalash va xoninglash usullaridir.
Turli asbobsozlik materiallarini ishlashda, qattiq qotishmali va olmosli
keskichlarni charxlashlarda olmosli jilvir toshlar keng qo’llaniladi, bunday jilvir
toshlar to’g’risidagi ma’lumotlar "Asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish"
darsliklarida berilgan.
Dostları ilə paylaş: