Metall keskich asboblar bilan ishlov berish


 Sidirgichlar bilan ishlov berish



Yüklə 215,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix26.09.2023
ölçüsü215,88 Kb.
#148747
1   2   3   4   5   6   7
Metall kesish haqida umumiy ma’lumotlar.

7. Sidirgichlar bilan ishlov berish 
 
Sidirib ishlov berish usuli, teshik va har qanday ko’ndalang kesimdagi 
ariqchalarga, yassi va egri chiziqli yuzalarga va aylanuvchi teshiklar yuzalariga toza 
t/t 

Razvertkalash 
Usuli 
Кvalitet 
aniqligi 
G’adir-
budirligi R
a
 
Razvertka aniqligi 
kvaliteti 



Normal 
aniq 
yupqa 
8,9 
7,8 
6,7 
2,5-3,2 
1,25 
0,63 


6 kval. Dopuskining 0,6 
qismi 


ishlov berishda qo’llaniladi. Sidirish usulini qo’llash ishlov berishni engillashtiradi, 
chunki bitta sidirgich asbob, bir nechta keskich asboblarni (masalan, zenker yoki 
ichki yo’nuv keskichi va razvertkani; qora va toza ishlov berish frezalarini va sh.o’.) 
o’rniga qo’llaniladi (12.4-rasm). 
 
12.4-rasm. Teshiklarni sidirish amalsining sxemasi. 
Sidirish usulida 8-9 kvalitet aniqlikka, R
z
=20 mkm; R
a
=2,5-1,25 mkm tozalikka 
erishiladi. Bosim bilan sidirish (proshivka) yakunlovchi ishlov berish usuli sifatida 
qo’llanilib, 7 kvalitet aniqlikni va Ra=1,25-0,63 mkm tozalikni ta’minlaydi. 
Sidirgichlarni ikki turga ajratamiz: 1- cho’ziluvchi sidirgich (protyjka) va 2- 
siqiluvchi sidirgich (Proshivka). O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki birinchi asbob 
cho’zilishga ikkinchisi esa siqilishga ishlaydi.
8. Abraziv asboblar yordamida ishlov berish 
Abraziv asboblar yordamida turli usullar bilan tanavorlarga ishlov berish 
mumkin. Jilvirlashni yakunlovchi ishlov berish usuli sifatida ishlatiladi. Shilib 
jilvirlashni, bir marta ishlov berish sifatida baza qilib ishlatiluvchi yassi tekisliklarni 
talab etilgan tekisliligini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Bu usul ko’pincha 
o’lchamlarni qat’iy ushlash shart bo’lmagan hollarda ishlatiladi. 
Shilib jilvirlashda doira shaklidagi zarradorligi 80-125, kamroq 50-80 markali 
jilvir toshlari ishlatilib, yuza tozaligi R
z
=20 mkm va R
a
=2,5 mkm oralig’ida bo’ladi. 
Shuni aytib o’tish kerakki, jilvirlash amallarini bajarishda ishlanuvchi yuzalar 
sifati asosan qo’llaniluvchi abraziv asboblarning zarradorlik markalariga bog’liqdir. 
Zarradorligi katta markali bo’lsa yuza g’adir-budirligi yuqori va mayda bo’lib 
borishi bilan g’adir-budirlik kamayib sifat oshib boradi. 
Yassi tekisliklarni keskich asboblar bilan ishlov berishdan keyin dastlabki 
jilvirlash, kosasimon va doira shakllaridagi jilvir toshlar yordamida bajariladi (12.5-
rasm a,b).
Doira shaklidagi jilvir toshning tashqi silindr sirti bilan tanavorlar jilvirlanadi 
(12.5,a-rasm). Кosasimon jilvir toshning esa yon sirti bilan tanavorlarga jilvirlash 
ishlovi beriladi. Bunda zarradorligi birinchisi uchun (12.5, a-rasm) 40-50; ikkinchisi
uchun (12.5., b-rasm) 50-80 (po’lat va cho’yan tanavorlar uchun) markali jilvir 
toshlar ishlatiladi. Toza jilvirlashda 12-40 markali doiraviy jilvir toshlar, yupqa 
jilvirlashda 6-10 markali doiraviy jilvir toshlar ishlatiladi. 


12.5-rasm. Jilvirlash amallari: (a)- doira shaklidagi tosh sirti bilan jilvirlash; (b)- kosasimon tosh 
yon sirti bilan jilvirlash. 
1-sxema bo’yicha yassi jilvirlashda: a) dastlabki jilvirlashda Rz=20 mkm, 
R
a
=2,5 mkm; b) toza jilvirlashda R
a
=1,5-0,63 va b) yupqa jilvirlashda R
a
=0,63-
0,32 mkm yuzalar tozaligi ta’minlanadi. 
Yuqori tezlik rejimlari bilan yuzalarni yassi jilvirlaganda tozalik darajasi bir 
sinf yuqori bo’lib sifati ortadi. 
2-sxema bo’yicha yon sirt bilan jilvirlashda: a) dastlabki jilvirlashda R
z
=2,5 
mkm, R
a
=2,5-1,25 mkm; b) toza jilvirlashda R
a
=1,25-0,63 mkm yuza tozaligiga 
erishiladi. 
Aylanuvchi tashqi yuzalarni jilvirlashda: dastlabki, toza va yupqa jilvirlash 
usullari qo’llaniladi. Bunda; a) dastlabki jilvirlash 8, 9 kvalitet aniqlikni, 
R
z
=2,5mkm, R
a
=2,5-1,25 mkm; b) toza jilvirlash esa 7, 8 kvalitet aniqlikni, R
a
=1,25 
mkm tozalikni va v) yupqa jilvirlash 6, 7 kvalitet aniqlikni va R
a
=0,63-0,125 mkm 
tozaliklarni ta’minlaydi. 
Tashqi yuzalarni bir marta jilvirlash usuli termik ishlov berilmagan tanavorlar 
uchun kesib ishlov berishdan keyin qo’llanilib, 7, 8 kvalitet aniqlikni va R
a
=2,5-0,63 
mkm yuza tozaligini ta’minlaydi. 
12.6-rasm. Aylanuvchi (a-tashqi va b-ichki) yuzalarni jilvirlash. 
Teshiklarga ishlov berishda: dastlabki, toza va bir marta jilvirlash usullari 
qo’llaniladi. a) dastlabki jilvirlash 8, 9 kvalitet aniqlikni, R
z
=20 mkm, R
a
=2,5-1,25 
mkm g’adir-budirlikni ta’minlaydi. b) toza va bir marta jilvirlash 7, 8 kvalitet 
aniqlikni va Ra=1,25-0,63 mkm tozalikni beradi. 
Teshiklarga yupqa ishlov berish usuli qo’llanilmaydi, agarda texnik talablarga 
ko’ra yukori aniqlik va tozalik kerak bo’lsa boshqa usullar qo’llaniladi; xususan 
bular yupqa ichki yo’nish, razvertkalash va xoninglash usullaridir. 
Turli asbobsozlik materiallarini ishlashda, qattiq qotishmali va olmosli 
keskichlarni charxlashlarda olmosli jilvir toshlar keng qo’llaniladi, bunday jilvir 
toshlar to’g’risidagi ma’lumotlar "Asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish" 
darsliklarida berilgan. 

Yüklə 215,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin