Metall keskich asboblar bilan ishlov berish


Parmalar bilan ishlov berish



Yüklə 215,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.09.2023
ölçüsü215,88 Kb.
#148747
1   2   3   4   5   6   7
Metall kesish haqida umumiy ma’lumotlar.

4. Parmalar bilan ishlov berish 
Teshiklari bо’lmagan but detallarda teshiklar parmalar yordamida ochiladi. 
Bu usul 10-12 kvalitet aniqlikni va R
z
=80-40 mkm g’adir-budirlikni ta’minlaydi, bu, 
aniq teshiklar olishda boshlangich ishlov berish usuli sifatida qо’llaniladi (12.3,a-
rasm). Qora teshiklar uchun bir marta ishlov berish bilan kifoyalaniladi. 
12.3-rasm. Teshiklarga ishlov berish usullari: (a)- parmalash, 
(b)- zenkerlash, (v)- razvertkalash. 
5. Zenkerlar yordamida ishlov berish 
Zenkerlashni birlamchi parmalashdan keyin yoki tanavorlarni quyish va urib
tushirish (proshivka) natijasida olingan teshiklarga ishlov berishda qо’llaniladi 
(12.3, b-rasm). Birinchi holda zenker tanavorlar qatlamlarining bir-qancha qismini 


kesib tushiradi, parmalashdan hosil bо’lgan teshik о’qi og’ishini va shakl 
xatoliklarini tо’g’rilaydi (ayniqsa konduktor moslamada ishlansa). Bu moslamada 
kо’zda tutilgan zenker yо’naltirgich vtulka (konduktor vtulkasi deb ataluvchi) orqali 
amalga oshiriladi. Ikkinchi holda zenker tanavor teshigiga tо’g’ri shakl berib о’qini 
og’ishini tо’g’rilaydi. Quyma va urib tushirilgan teshiklarni zenkerlash 9 kvalitet 
aniqlikni, R
z
=80-40 mkm oralig’idagi g’adir-budirlikni beradi. Parmalashdan keyin 
zenkerlash еsa 8 kvalitet aniqlikni va R
z
=40-20 mkm g’adir-budirlikni ta’minlaydi. 
Quyma teshiklarni (kulrang chо’yandan tayyorlangan tanavorlar ham kiradi) 
sovutgichlar yordamida bir marta zenkerlash usulida 9 kvalitet aniqlikka va tozaligi 
R
z
=40-20 mkm yuzalar g’adir-budirligiga еrishiladi. 
 
 
 
6. Razvertkalar yordamida ishlov berish 
Razvertkalashni tanavorlar teshiklariga yakunlovchi ishlov berish usuli 
sifatida qо’llaniladi yoki teshiklarni xoninglashdan oldin о’tuvlararo usul sifatida 
qо’llaniladi
(12.3b-asm). Razvertkalash usuli, teshik о’qining еgilishi va siljib 
qolishi kabi xatoliklarni tо’g’rilay olmaydi, ammo aniq diametrial о’lchamlar olish 
uchun ishlatiladi. 
Teshiklarga qо’yilgan talablarga kо’ra; normal ,aniq va yupqa razvertkalash 
usullari ishlatiladi. Bu kо’rinishdagi razvertkalash usullari asosan razvertkalar 
diametrial о’lchamlariga qо’yilgan dopusklarning miqdori bilan farqlanadi (1-
jadvalga qarang). 
1-jadval 
Diametrlari 25-500 mm oralig’ida bо’lgan 6-7 kvalitet aniqlikda 
yakunlovchi ishlov berish maqsadida suzuvchi (plavayuщie) plastinkalar о’q 
og’ishi va siljishi xatoliklarini tо’g’rilay olmaydi, ammo faqat yuqori aniqlikdagi 
о’lchamlar olish uchun ishlatiladi. 

Yüklə 215,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin