Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc


səhifə100/236
tarix08.07.2022
ölçüsü
#62711
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   236
4 5823384528437119529

www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
Xudo umringga baraka bersin, aylanay qizim! Endi boshim tinchib qoldi, — dedi. 
Ammo maqsadim faqat shundangina iborat emas edi. Men bolalarga biroz hayot va 
shodlik ham berish tilagida edim. Afsuski, bu tilakka yetishning iloji yo‘qdek ko‘rinadi. 
Bu qishloqning uylarida, ko‘chalarida, mozorlaridagi singari bolalarida ham qora g‘am-
ginlik bor edi. Rangsiz lablari kulishning nima ekanligini bilmas, harakatsiz, hamisha 
g‘amu hasrat to‘la ko‘zlari doimo o‘limni o‘ylayotgandek ko‘rinadi. Men ham sekin-sekin 
o‘shalarga o‘xshab boryapmanmikan? Ilgarilari o‘lim to‘g‘risida fikrim butunlay 
boshqacha edi: odam ellik yoshigacha, oltmish yoshigacha, xullas, xohlaganicha, char-
chaganidan madori quriguncha yuradi, yuguradi, ishlaydi, so‘ngra ko‘zlari shirin uyqu is-
tagi bilan yumila boshlaydi. Ana shunda oppoq, toza ko‘rpaga kirib yotadi. Uyqu uni 
qamrab oladi-da, g‘alati bir kayf ichida kulimsirab, qattiq uyquga toladi. Quyosh nurlari-
da porlagan oq marmarlar ustiga quchoq-quchoq gullar sochiladi... O‘sha marmarlardagi 
kichkina chuqurchalardan suv ichgani qushlar kelib qo‘nadi. O‘lim so‘zini eshitganimda
ko‘zlarim qarshisiga shu xil jonon va shodon manzaralar kelardi. Endi uning achchiq ma-
zasini yer, o‘simlik va sarvi daraxtlari orasida tilim bilan totib, dimog‘larim bilan bo‘ylari-
ni hidlayotgandayman! 
Bolalarning shunchalik og‘ir, shunchalik noxush ekanliklarida Xaticha xonimning ham 
ancha-muncha aybi bor. Bu boyoqish xotin muallimaning vazifasi bolalar qalbidagi 
dunyoviy istak va intilishlarni yo‘qotishdan iborat, deb tushunadi. Shuning uchun har 
mahal bechora bolalarni o‘limga duch keltirishga harakat etadi. Uning fikricha, devordagi 
bir necha tabiiyot lavhalari sinfga shu maqsadda keltirilgan. Masalan: 
Bu dunyo fo-niy-dir, hech kim-ga qol-mas, 
O‘t, ey dunyo, o‘t, ey oxir za-mon-dir, — 
qabilida qo‘rqinchli she’rlar o‘qitgandan so‘ng skelet surati solingan qog‘ozni ko‘rsatadi, 
“Ertaga, biz o‘lganimizdan keyin etlarimiz yo‘qolib, suyaklarimiz mana shunday bo‘lib 
qoladi!” deb o‘limning dahshatini, go‘r azoblarini tushuntira ketadi. 
Kampirning fikricha, narigi suratlar ham shu narsalarni ifoda etadi. Masalan, qishloq 
xonadoni tasvir etilgan suratni ko‘rsatib: “Xudoyi taolo bu qo‘ylarni qullarim yesin, keyin 
menga ibodat qilishsin, deb yaratgan. Biz-ku shu qo‘ylarni to‘yib o‘lmagan qornimizga 
joylaymiz, lekin ollohi taolo oldidagi burchimizni o‘tayapmizmi? O‘tash qayoqda! Lekin 
ertaga tuproqqa kirganimizda, munkarnakir qo‘lida o‘tli gurzisi bilan tepamizga kelgan-
da, ko‘ramiz, holimiz qalay bo‘lar ekan?” Shu taxlitda allanarsalar so‘ylar, yana o‘lim ta-
svirini boshlar edi. 
Ilon surati solingan rasmga kelsak, Xaticha xonim buni Shohmoron, ya’ni ilonlar pod-
shosi, deb tushuntiribdi. Qishloqilar og‘rib-netib qolishsa, ismlarini ana shu ilonning qor-
niga yozib, ularni shifolab kelgan. 
Ha, bu bechora bolalarning vaqtlarini bir oz chog‘ qilish, ularni kuldirish uchun nimalar 
qilmadim! Faqat butun qilgan harakatlarim zoe ketmoqda. Maktabga tanaffus usulini 
ham kirgizdim. Bolalarni yarim soatda, bir soatda bir marta boqqa olib chiqar, ularga 
ko‘ngil ochadigan qiziq-qiziq o‘yinlar o‘rgatar edim. Lekin, nima uchundir, bu o‘yin-kulgi-
lar bolalarni qiziqtirmas edi. Ana shunday kezlarda bolalarni o‘z hollariga tashlab qo‘yib, 
bir chetga chiqib turardim. 
Mehnat ezgan, jafo ko‘rgan katta yoshli odamlarga o‘xshash, ranglari so‘lg‘in, ko‘zlari 
g‘amgin bu kichkina qizchalarning eng yaxshi ko‘rgan o‘yinlari bir burchakka tiqilib olib, 
o‘lim, tobut, janoza, Azroil, qabr kabi qo‘rqinchli so‘zlar bilan to‘liq diniy ashulalar aytish-
dan iborat edi. Yana bitta ashulalari bor ediki, buni titroq tovushchalari bilan chinqirib 
uvillashardi: 
O‘g‘ri-lar ka-bi yechin-ti-rar se-ni, 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin