Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc


«Bas, (ey Muhammad alayhissalom), siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

«Bas, (ey Muhammad alayhissalom), siz va siz bilan birga tavba qilgan zotlar 
o‘zingizga buyurilgani yanglig‘ to‘g‘ri yo‘lda bo‘lingiz» (Hud surasi, 112-oyat), 
degan so‘zi uchun», dedilar. 
To‘g‘ri yo‘lda turish g‘oyat nozik ish. Lekin inson, garchi uning haqiqatiga qodir bo‘lmasa 
ham, to‘g‘rilikka yaqin bo‘lishga tirishmog‘i lozim bo‘ladi. Najot topishni xohlagan har bir 
kishi unga faqat solih amal bilangina erishadi. Solih amallar esa faqat chiroyli 
xulqlardangina sodir bo‘ladi. Har bir banda o‘z sifatlarini va xulqlarini taftishdan 
o‘tkazsin. Uni hisob-kitob qilsin va tartib bilan bitta-bittadan davolash bilan 
shug‘ullansin. Karim sifatli Allohdan bizni taqvodorlardan qilishini so‘raymiz. 
Inson o‘z nafsi ayblarini bilib oladigan yo‘l bayoni 
Bilingki, Alloh azza va jalla agar bir bandaga yaxshilikni xohlasa, uning ayblarini o‘ziga 
ko‘rsatib qo‘yadi. Qaysi bir insonning qalb ko‘zi ochiq bo‘lsa, unga o‘z ayblari bilinmay 
qolmaydi. Agar ayblarini bilsa, uni davolash mumkin bo‘ladi. Lekin insonlarning ko‘plari 
ayblarini bilishmaydi. Inson birodari ko‘zidagi ozgina kirni ko‘radi-yu, o‘zining ko‘zidagi 
kattaroq cho‘pni ko‘rmaydi. 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
Kim o‘z ayblarini bilishni xohlasa, uning uchun to‘rtta yo‘l bor: avvalgisi - nafsning aybini 
ko‘ra oladigan, xufyona ofatlardan xabardor bir shayxning oldida o‘tirishi va uni o‘z 
nafsiga hokim qilishi hamda harakatlarida uning maslahatiga ergashishi. Bu muridning 
shayxi va shogirdning ustozi bilan bo‘lgandagi holatidir. Ustoz va shayx unga nafsining 
ayblarini bildirib qo‘yadi va davosini ham o‘rgatadi. Hozirgi zamonda esa bunday 
holatning topilishi juda kamyobdir. 
Ikkinchisi - rostgo‘y, ayblarni ko‘ra oladigan, diyonatli bir do‘st axtarishi. O’z ahvolotini, 
ishlarini kuzatib turish uchun uni nafsini kuzatib turuvchi qilib oladi. Do‘st uni o‘zi 
yoqtirmaydigan yomon xulq va ishlaridan, botiniy va zohiriy ayblaridan ogohlantirib 
turadi. Din imomlaridan iborat ulug‘ va dono kishilar mana shunday qilishadi. 
Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Ayblarimni ko‘rsatib qo‘ygan kishiga Alloh rahm 
qilsin». Umar roziyallohu anhu ayblari haqida Salmon roziyallohu anhudan so‘rar edilar. 
Bir safar u kishining oldilariga kelib: «Men to‘g‘rimda sizga yoqmaydigan nima yetib 
keldi?» dedilar. Salmon roziyallohu anhu bu to‘g‘rida gapirishni istamadilar. Umar 
roziyallohu anhu u kishining hol-jonlariga qo‘ymadilar. Shunda u kishi: «Albatta menga 
sizning bir dasturxonda ikki xil nonxurushni jamlashingiz va kunduziga alohida, 
kechasiga alohida ikki xil libosingiz borligi yetib keldi», dedilar. Shunda Umar roziyallohu 
anhu: «Yana bundan boshqa narsa ham yetib keldimi?» dedilar. U kishi esa: «Yo‘q», 
dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: «Mana bu siz aytgan ikki aybimni albatta 
to‘xtataman», dedilar. 
Yana Xuzayfa roziyallohu anhudan ham so‘rar edilar. U kishiga «Siz munofiqlar borasida 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sirdoshlarisiz. Menda ham munofiqlikning 
asaridan biror narsa ko‘ryapsizmi?» dedilar. Umar roziyallohu anhu qadrlarining 
ulug‘ligiga, mansablarining oliyligiga qaramay, o‘z nafslariga mana shunday gumonda 
edilar. Aqli yetuk, maqomi oliy har bir kishining manmansirashi ozroq va nafsidan 
gumondaligi ko‘proq bo‘ladi. Ammo bu holat ham hozir juda kam. Chunki do‘stlarning 
ichida tilyog‘malikni tark qilib, ayblarini ochiq aytadigani oz topiladi. Yo bo‘lmasa, 
hasadgo‘ylikni tark qilib, ayb aytishda kerakli miqdordan o‘tkazib yubormaydigani ham 
sanoqli. Demak, do‘stlaringiz ichida bir hasadgo‘y yoki ayb bo‘lmagan narsani ayb deb 
ko‘radigan bir g‘arazgo‘y yo sizdan ba’zi ayblaringizni berkitib yuradigan bir 
tilyog‘lamachi topilishidan xoli bo‘lmaysiz. Shuning uchun Dovud at-Toiy insonlardan 
uzlat qilgan ekanlar. U kishiga «Nima uchun insonlarga qo‘shilmaysiz?» deyilganida u 
kishi: «Mendan ayblarimni berkitadigan qavmlar bilan nima qilaman?» dedilar. 
O’zgalarning tanbehi bilan o‘z ayblaridan ogoh bo‘lish din egalarining xohishlari bo‘lgan. 
Ichimizdagi holat shu darajaga yetganki, bizga nasihat qiladigan, ayblarimizni bildirib 
qo‘yadiganlar eng yomon ko‘radiganlarimiz bo‘lib qolgan. Bu holat iymonning zaifligini 
ifodalaydi. Albatta yomon xulqlar chaquvchi ilon va chayonlardir. Agar bir kishi kiyimimiz 
tagida chayon bor, deb ogohlantirsa, buni undan bir yaxshilik deb qabul qilamiz. Undan 
xursand bo‘lamiz va chayonni yo‘qotish, uzoqlashtirish yoki o‘ldirish bilan mashg‘ul 
bo‘lamiz. Uning azobi faqat badanning o‘zida bo‘lib, og‘rig‘i ham bir kun yoki undan ham 
ozroq davom etadi. 
Yomon xulqlarning azobi esa qalbning to‘rida bo‘ladi va o‘lgandan keyin ham abadiy yoki 
ming yillar davom etish xavfi bor. Biz esa mana shulardan ogohlantirayotgan kishidan 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin