Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
97
Kim o‘z ayblarini bilishni xohlasa, uning uchun to‘rtta yo‘l bor:
avvalgisi - nafsning aybini
ko‘ra
oladigan, xufyona ofatlardan xabardor bir shayxning oldida o‘tirishi va uni o‘z
nafsiga hokim qilishi hamda harakatlarida uning maslahatiga ergashishi. Bu muridning
shayxi va shogirdning ustozi bilan bo‘lgandagi holatidir. Ustoz va shayx unga nafsining
ayblarini bildirib qo‘yadi va davosini ham o‘rgatadi. Hozirgi zamonda esa bunday
holatning topilishi juda kamyobdir.
Ikkinchisi - rostgo‘y, ayblarni ko‘ra oladigan, diyonatli bir do‘st axtarishi. O’z ahvolotini,
ishlarini kuzatib turish uchun uni nafsini kuzatib turuvchi qilib oladi. Do‘st uni o‘zi
yoqtirmaydigan yomon xulq va ishlaridan, botiniy va zohiriy ayblaridan ogohlantirib
turadi. Din imomlaridan iborat ulug‘ va dono kishilar mana shunday qilishadi.
Umar roziyallohu anhu aytadilar: «Ayblarimni ko‘rsatib qo‘ygan kishiga Alloh rahm
qilsin». Umar roziyallohu anhu ayblari haqida Salmon roziyallohu anhudan so‘rar edilar.
Bir safar u kishining oldilariga kelib: «Men to‘g‘rimda sizga
yoqmaydigan nima yetib
keldi?» dedilar. Salmon roziyallohu anhu bu to‘g‘rida gapirishni istamadilar. Umar
roziyallohu anhu u kishining hol-jonlariga qo‘ymadilar. Shunda u kishi: «Albatta menga
sizning bir dasturxonda ikki xil nonxurushni jamlashingiz va kunduziga alohida,
kechasiga alohida ikki xil libosingiz borligi yetib keldi», dedilar. Shunda Umar roziyallohu
anhu: «Yana bundan boshqa narsa ham yetib keldimi?» dedilar. U kishi esa: «Yo‘q»,
dedilar. Shunda Umar roziyallohu anhu: «Mana bu siz aytgan ikki aybimni albatta
to‘xtataman», dedilar.
Yana Xuzayfa roziyallohu anhudan ham so‘rar edilar. U kishiga «Siz
munofiqlar borasida
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sirdoshlarisiz. Menda ham munofiqlikning
asaridan biror narsa ko‘ryapsizmi?» dedilar. Umar roziyallohu anhu qadrlarining
ulug‘ligiga, mansablarining oliyligiga qaramay, o‘z nafslariga mana shunday gumonda
edilar.
Aqli yetuk, maqomi oliy har bir kishining manmansirashi ozroq va nafsidan
gumondaligi ko‘proq bo‘ladi. Ammo bu holat ham hozir juda kam. Chunki do‘stlarning
ichida tilyog‘malikni tark qilib, ayblarini ochiq aytadigani oz topiladi. Yo bo‘lmasa,
hasadgo‘ylikni tark qilib, ayb aytishda kerakli miqdordan o‘tkazib yubormaydigani ham
sanoqli. Demak, do‘stlaringiz ichida bir hasadgo‘y yoki ayb bo‘lmagan
narsani ayb deb
ko‘radigan bir g‘arazgo‘y yo sizdan ba’zi ayblaringizni berkitib yuradigan bir
tilyog‘lamachi topilishidan xoli bo‘lmaysiz. Shuning uchun Dovud at-Toiy insonlardan
uzlat qilgan ekanlar. U kishiga «Nima uchun insonlarga qo‘shilmaysiz?» deyilganida u
kishi: «Mendan ayblarimni berkitadigan qavmlar bilan nima qilaman?» dedilar.
O’zgalarning tanbehi bilan o‘z ayblaridan ogoh bo‘lish din egalarining xohishlari bo‘lgan.
Ichimizdagi holat shu darajaga yetganki,
bizga nasihat qiladigan, ayblarimizni bildirib
qo‘yadiganlar eng yomon ko‘radiganlarimiz bo‘lib qolgan. Bu holat iymonning zaifligini
ifodalaydi. Albatta yomon xulqlar chaquvchi ilon va chayonlardir. Agar bir kishi kiyimimiz
tagida chayon bor, deb ogohlantirsa, buni undan bir yaxshilik deb qabul qilamiz.
Undan
xursand bo‘lamiz va chayonni yo‘qotish, uzoqlashtirish yoki o‘ldirish bilan mashg‘ul
bo‘lamiz. Uning azobi faqat badanning o‘zida bo‘lib, og‘rig‘i ham bir kun yoki undan ham
ozroq davom etadi.
Yomon xulqlarning azobi esa qalbning to‘rida bo‘ladi va o‘lgandan keyin ham abadiy yoki
ming yillar davom etish xavfi bor. Biz esa mana shulardan ogohlantirayotgan kishidan