www.ziyouz.com kutubxonasi
94
dengizga uloqtirish bilan o‘zlarini mol-dunyo muhabbati xastaligidan davolaganlar. Zero,
saxiylik balandparvozligidan, sarflash riyosidan qo‘rqib, uni insonlarga tarqatishmagan.
Mana shu misollar sizga qalbni davolash yo‘llarini o‘rgatadi. Maqsadimiz har bir
kasallikning davosini zikr qilish emas, chunki bular keyingi kitoblarda keladi. Albatta
hozirgi maqsadimiz bunda mutloq yo‘l - nafs xohlaydigan va unga moyil bo‘ladigan har
bir narsaga zid yo‘lda yurish ekanini bildirishdir. Alloh taolo bularning hammasini
O’zining aziz kitobida bitta kalimada jamlab qo‘ygan:
«Endi kim (hayoti dunyodalik paytida qiyomat kuni mahshargohda) Parvardigorining (huzurida) turishi (va U Zotga hisob-kitob berishi)dan qo‘rqqan va nafsini havoyi xohishlaridan qaytargan bo‘lsa, u holda faqat jannatgina (uning uchun) joy bo‘lur» (Van-noziot surasi, 40-oyat).
Bu harakat va urinishdagi asl muhim narsa qasd etilgan narsaga vafo qilishdir. Agar
shahvatni tark etishga qasd qilinsa, shahvatga olib boradigan yo‘llar yengillashib qoladi.
Bu esa Alloh taolodan bo‘lgan imtihon va sinovdir. Endi sabr qilmog‘i va qasdida doimiy
bo‘lmog‘i lozim. Chunki u nafsini qasdni tark qilishga odatlantirsa, nafsi shunga o‘rganib
qoladi va buziladi. Agar unga qasdni buzish to‘g‘ri kelib qolsa, nafsiga bir jazo tayinlashi
lozim. Buni «Muhosaba va muroqaba kitobi»ning nafsni jazolash to‘g‘risidagi bobida zikr
qilganmiz. Agar nafsni bir jazo bilan qo‘rqitmasa, nafs unga ustun keladi va nazdida
shahvatga binoan ish qilishi chiroyli ko‘rinadi. Shu sababli riyozat butkul fasod bo‘ladi.
Qalblarning kasallik belgilari va uni sog‘liqqa qaytarish alomatlari bayoni Bilingki, albatta badanning har bir a’zosi maxsus bir xizmat uchun yaratilgan. Uning
kasalligi o‘ziga xoslangan ishni qilishda uzrli bo‘lib qolishidir. Hatto o‘sha ishni mutlaqo
qila olmay qoladi yoki bir nav qiynalish bilan bajaradi. Endi qo‘l kasalligi unga ushlashni
qiyinlashtiradi. Ko‘z kasalligi ko‘rishning qiyin bo‘lishidir. Shuningdek, qalbning kasalligi
ham o‘ziga xoslangan, qalb nima uchun yaratilgan bo‘lsa, o‘sha ishni bajarishga
imkonsiz qolishidir. Bu ishlar ilm, hikmat, ma’rifat, Alloh taoloni sevish, Unga ibodat
qilish, Uni eslash bilan lazzatlanish hamda bularni boshqa har qanday shahvatdan ustun
qo‘yish, jamiki shahvat va a’zolardan bu ishda yordam so‘rashdan iborat. Alloh taolo
aytadi: