Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
ko‘ra sarflash afzal bo‘lib ko‘rinmaydi. Shunday har bir qalb Alloh taologa, ayniqsa, shu 
maqom (ya’ni, isrofgarchilik va baxillik)dan salomat holda boradi. Unda dunyoga 
taalluqli biror narsa bilan aloqa bo‘lmasligi uchun nafs dunyoga iltifot qilmasdan va 
sabablariga oshiqmasdan, balki u bilan aloqalarni uzganini bildirmagunicha boshqa 
yomon xulqlardan saqlanish vojib bo‘ladi. Shunda xotirjam nafsning qaytishiga o‘xshab 
rozi bo‘lgan va undan ham rozi bo‘lingan holda payg‘ambarlardan, siddiqlardan, 
shahidlardan va solihlardan iborat Alloh taoloning muqarrab bandalari qatorida Robbiga 
qaytadi. O’shalar (muqarrab bandalar) qanday yaxshi hamrohdirlar. 
Ikki tarafning o‘rtasidagi haqiqiy mo‘‘tadillik g‘oyatda xufyona, soch tolasidan ham 
ingichkaroq va qilichdan ham o‘tkirroq bo‘lar ekan, demak, qay bir kishi dunyoda mana 
shu to‘g‘ri yo‘lda yursa, oxiratda ham shunga o‘xshash yo‘ldan o‘tishida shak-shubha 
yo‘q. Banda ikki tomonning biriga moyil bo‘lib, o‘rta yo‘ldan boshqa tomonga burilib 
ketsa, uning qalbi moyil bo‘lgan tomoniga taalluqli bo‘lib qoladi. Shuning uchun bir bor 
azoblanishdan va do‘zax ustidan, garchi chaqmoqdek bo‘lsa ham, o‘tishdan 
qutulolmaydi. Alloh taolo aytadi: 
«Sizlardan har biringiz unga tushguvchidirsiz. (Bu) Parvardigoringizga (ya’ni, 
U Zotning amriga binoan) vojib bo‘lgan hukmdir. So‘ngra taqvodor bo‘lgan 
zotlarni (undan) qutqarurmiz» (Maryam surasi, 71-oyat). 
Ya’ni, ularning to‘g‘ri yo‘lga yaqinliklari uzoqliklaridan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan taqvodor 
zotlari najot topadi. To‘g‘ri bo‘lish qiyinligi sababli har bir bandaga har kuni o‘n yetti 
marta «Bizni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilgin», deb duo qilmog‘i vojib bo‘ladi. Zero, 
namozning har bir rakatida Fotiha surasini o‘qish vojibdir. 
Rivoyat qilinadiki, bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni tushida ko‘rib, u 
kishiga «Ey Rasululloh, Hud (surasi) sochimni oqartirdi, dedingiz. Nima uchun bunday 
degansiz?» dedi. Payg‘ambar alayhissalom: «Alloh taoloning 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin