Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
91
Ali roziyallohu anhu aytdilar: «Iymon qalbda bir oq nuqta ko‘rinishida zohir bo‘ladi. Agar
ziyodalashsa, o‘sha oqlik ham ziyodalashadi. Agar banda iymonda mukammal bo‘lsa,
qalbning hammasi oppoq bo‘ladi. Nifoq qalbda bir qora nuqta ko‘rinishida zohir bo‘ladi.
Agar
nifoq ziyodalashsa, o‘sha qoralik ham ziyoda bo‘ladi. Agar munofiqlik mukammal
bo‘lsa, qalbning hammasi qorayib ketadi».
Albatta chiroyli
xulqlar goho tabiiy holda, o‘zi chiroyli qilib yaratilgani,
goho chiroyli
ishlarni odat qilish bilan bo‘lishini, goho esa yaxshi do‘stlardan va taqvodor birodarlardan
iborat chiroyli fe’l egalariga qo‘shilish hamda ular bilan do‘stlashish tufayli bo‘lishini
bildingiz. Zero, tabiat boshqa
tabiatdan yaxshilikni ham, yomonlikni ham ko‘chiradi.
Kimda shu uch jihat namoyon bo‘lib, tabiiylik tomonidan ham,
odatlanish tomonidan
ham, o‘rganish tomonidan ham ulug‘ bir fazl egasiga aylansa,
u fazilatning eng
cho‘qqisida bo‘ladi.
Kim asli tabiatan razil bo‘lsa, yana unga do‘stlarning yomoni to‘g‘ri kelib qolsa,
ulardan
o‘rganib, unga yomon ish qilish sabablari osonlashadi. Hatto yomonlikni o‘ziga odat qilib
olsa, unday inson Alloh azza va jalladan juda uzoq bo‘ladi.
Mana shu ikki martabaning
(fazilatning cho‘qqisi va Allohdan uzoq bo‘lish) o‘rtasida, ya’ni bu jihatlarning har xil
o‘rinlarida bo‘ladiganlar ham bor. Har
bir kishi uchun yaqinlikda ham, uzoqlikda ham
sifati va holati taqozo qilganidek daraja bor.
«Bas, kim (hayoti dunyodalik paytida) zarra misqolichalik yaxshilik qilsa,
(qiyomat kunida) o‘shani ko‘rur va kim zarra misqolichalik yomonlik qilsa, uni
Dostları ilə paylaş: