www.ziyouz.com kutubxonasi
53
ushlab olish, xusumatchilarga (nisbatan ko‘nglida) gina saqlash, ularga past nazar bilan
qarash va haqir sanashdir. Mana shular obidlarni ham, fosiqlarni ham halok qiluvchi
narsalardir. Chunki insonlarga ta’na qilish, ularning kamchiliklarini zikr qilish bilan
mashg‘ul bo‘lish insonga fitrat qilib berilgan yirtqichlik sifatlaridan biridir.
Shayton o‘sha narsalarni haq, deb xayoliga keltirsa va tabiatiga ham muvofiq kelsa,
undan halovat topishi qalbida ustunlik qiladi. U xursand va shod bo‘lib, o‘sha narsa bilan
shug‘ullanishga butkul kirishib ketadi. O’zini din yo‘lida harakat qilayotgan kishi, deb
o‘ylaydi. Vaholanki, u shaytonga ergashish yo‘lidan ketyapti. Masalan, shunday
odamlardan birining Abu Bakr roziyallohu anhu yo‘llarini mahkam ushlab olganini
ko‘rasiz. Zero, o‘zi harom yeyuvchi, ortiqcha gaplar va yolg‘onga tilini bo‘sh qo‘ygan, har
xil fasod ishlarga beriluvchidir. Agar uni Abu Bakr roziyallohu anhu ko‘rganlarida
dushmanining avvalgisi bo‘lardilar. Vaholanki, hazrat Abu Bakrning do‘stlari u kishining
yo‘llarini o‘zlariga yo‘l qilib olgan, u kishining siyratlariga ko‘ra yura olgan, ikki jag‘ining
o‘rtasidagi narsani (ya’ni, tilini) saqlay olgan kishidir. Tillarini befoyda so‘zlardan tiyib
yurish uchun og‘izlariga mayda tosh solib olish Abu Bakr roziyallohu anhu
siyratlaridandir. Bu xira kimsaning Abu Bakr siyratlariga ko‘ra hayot kechirmay, u zotni
yaxshi ko‘rishni va do‘st tutishni da’vo qilishi qayoqda? Yana boshqa bir xiraning Ali
roziyallohu anhu yo‘lini mahkam ushlab olganini ko‘rasiz. Vaholanki, Ali roziyallohu
anhuning zuhd (dunyodan yuz o‘girishlari) va siyratlari shunday ediki, xalifalik paytlarida
o‘zlariga uch dirhamga bitta ko‘ylak xarid qilib, yengini bilaklarigacha qirqib oldilar. Bu
fosiqni esa ipak kiyimlar kiyib olgan va haromdan topgan mollari bilan ziynatlangan
holda ko‘ramiz. Vaholanki, u Ali roziyallohu anhuni yaxshi ko‘rishni da’vo qiladi. Zero,
hazrat Ali qiyomat kuni unga xusumatchi kishilarning eng birinchisi bo‘ladilar.
Bundaylar haqida taxminim shunday: bir kishi boshqa bir inson uchun aziz bo‘lgan,
ko‘zining qorachig‘i va qalbining parchasi farzandini tutib ura boshlasa, (badanini)
parchalab tashlasa, sochlarini yulib, qaychi bilan qirqsa-da, shunday holatda bolaning
otasini yaxshi ko‘rishini da’vo qilsa, bolani otasi oldida kaltaklagan nima bo‘ladi?
Din va shariat Abu Bakr (r.a.), Usmon (r.a.), Umar (r.a.), Ali (r.a.) hamda boshqa
sahobalarning hammalariga ham ahli-bolalaridan-u o‘z nafslaridan-da yaxshiroqdir.
Shariat gunoh hisoblagan amallarni qiluvchi kishilar esa shariatni parchalaydigan,
shahvat qaychilari bilan kesib tashlaydigan, bu ishlari bilan Alloh va uning do‘stlarining
dushmani Iblisni do‘st tutadiganlardir. Qiyomat kuni sahobalar va Allohning do‘stlari
oldida ularning hollari qanday bo‘lishini ko‘rasiz. Agar parda ko‘tarilib, o‘sha insonlar
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari ichidagi sahobalar nimalarni yaxshi
ko‘rishini bilganlarida, o‘z ishlari qabih bo‘lgani uchun sahobalarning zikrini tillariga
olmoqdan uyalishardi. So‘ngra shayton ularning xayoliga kim Abu Bakr va Umar
roziyallohu anhumlarni yaxshi ko‘rgan holida olamdan o‘tsa, unga do‘zax
yaqinlashmaydi, degan fikrni keltiradi. Boshqa kishiga esa kim Ali roziyallohu anhuni
yaxshi ko‘rgan holida olamdan o‘tsa, unga xavf bo‘lmaydi, deb xayol qildiradi. Vaholanki,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdek zot ham o‘zlarining bir parchalari bo‘lgan qizlari
Fotima roziyallohu anhoga ham «Amal qil, chunki men seni Alloh taolo (tarafidan
kelgan) biror narsadan ozod qilolmayman», deganlar (Imom Buxoriy va Muslim
rivoyatlari). Bu biz keltirgan misol havoyi nafslar qatoridandir.
Shofe’iy, Abu Hanifa, Molik va Ahmad ibn Hanbal va boshqa imomlar (rahmatullohi
alayhim)ga ham mutaassiblik qilib yopishib olgan kishilarning hukmlari xuddi shu
Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy