Microsoft Word ihyo qalb ziyouz com doc



Yüklə 458,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/128
tarix15.11.2022
ölçüsü458,82 Kb.
#69169
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128
Imom G\'azzoliy. Ihyou ulumid-din. Qalb kitobi

www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
keltirdim, desin, chunki mana shunday deyishi (shayton vasvasasini) ketkazadi», 
dedilar» (Imom Ahmad rivoyati). Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bu vasvasaning 
davosi haqida bahs yuritishga buyurmadilar, negaki bu vasvasa insonlarning avomlarida 
bo‘ladi, ulamolarda emas. Albatta avomlarning haqqi unga iymon keltirib taslim bo‘lish 
hamda ibodat va tirikchiliklari bilan shug‘ullanib, ilmni ulamolarga havola qilmoqlaridir. 
Omi kishining ilm to‘g‘risida (bilmagan narsasini) gapirmog‘idan ko‘ra o‘g‘rilik yoki zino 
qilmog‘i o‘ziga yaxshiroqdir. Chunki u Alloh to‘g‘risida va din haqida puxta ilmga ega 
bo‘lmay gapirsa, suzishni bilmagan kishining dengiz qa’riga sho‘ng‘iganiga o‘xshab, o‘zi 
bilmagan holda kufrga tushib qoladi. Shaytonning aqida va mazhablarga taalluqli 
narsalardagi hiylalari sanoqsizdir. Albatta biz yuqoridagilarni bir misol o‘laroq keltirdik, 
xolos. 
Yana shayton eshiklaridan biri musulmonga nisbatan yomon gumon qilishdir. Bu 
to‘g‘rida Alloh taolo aytadi: 
«Ey mo‘minlar, ko‘p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ayrim gumon(lar) 
gunohdir» (Hujurot surasi, 12-oyat). 
Kim gumon qilish bilan boshqa bir kishiga yomonlikni ravo ko‘rsa, shayton uni o‘sha 
kishi haqida ko‘p g‘iybat qilishga undaydi. Natijada o‘zi halok bo‘ladi yoki g‘iybat qilgan 
kishisining haqini poymol etadi yoxud uni hurmat qilishda sustkashlik ko‘rsatadi va unga 
past nazar bilan qaraydi, o‘zini undan yaxshiroq deb biladi. Bularning har biri halok 
qiluvchi narsalardir. Shuning uchun shariat ayblovlarga aralashishdan qaytardi. 
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Tuhmat o‘rinlaridan saqlaninglar», dedilar (asli 
yo‘q hadis). Hatto Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham shundan 
ehtiyot bo‘ldilar. Ali ibn Xusayndan rivoyat qilinishicha, Xuyya ibn Axtabning qizlari 
Sofiyya (r.a.) u kishiga shunday xabar bergan ekanlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi 
vasallam masjidda e’tikof o‘tirgan edilar, u kishining oldilariga bordim.
U zot bilan gaplashib o‘tirdim. Vaqt kech bo‘lib qolganida u yerdan qaytdim. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam ham men bilan ketdilar. U zotning oldilaridan ansorlardan ikki 
kishi o‘tdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salom berishdi. So‘ngra qaytib 
ketishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga nido qilib: «Bu ayol Xuyyaning qizi 
Sofiyya (r.a.)», dedilar. Ular: «Ey Rasululloh, sizga faqat yaxshi gumon qilamiz», 
deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta shayton odam farzandining 
jismidagi qon yo‘lida yuradi va shayton sizlarga (yomon gumon) kirgizishidan qo‘rqdim», 
dedilar». Qarang, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu ikki ansoriyni dini uchun katta 
xatar bo‘lgan gumondan saqlabgina qolmadilar, ummatlari uchun xatarli bo‘lgan 
tuhmatdan ehtiyot bo‘lish yo‘llarini o‘rgatdilar. Hatto parhezkor, dindorligi bilan tanilgan 
olim ham yengiltaklik qilib manmansirashlik bilan: «Menga o‘xshagan kishilarga faqat 
yaxshi gumon qilinadi», deb aytmasin. Chunki insonlarning eng parhezkori, taqvodori va 
bilimdoniga ham hamma bir xil nazar bilan qaramaydi. Balki ba’zilari rozilik ko‘zi bilan, 
ba’zilari g‘azab ko‘zi bilan qaraydi. Shuning uchun shoir: «Rozilik ko‘zi har bir aybdan 
charchaydi, lekin g‘azab ko‘zi nuqsonlarni zohir qiladi» mazmunidagi she’rni aytgan. 
Yomon gumonlardan va yomonlarning tuhmatidan ehtiyot bo‘lish vojibdir. Chunki yomon 
kishilar insonlar haqida faqat yomon gumon qiladilar. Qachonki, bir inson ayb axtarib 
odamlarga yomon gumon qilayotganini ko‘rsangiz, bilingki, uning botini ham iflos, o‘sha 


Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy 

Yüklə 458,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin