Skovorodaning qabri ustiga uning vasiyatiga ko‘ra quyidagi so‘zlar yozib qo‘yilgan:
«Olam meni qushdek ovlashga urindi, ammo tutolmadi».
* * *
Tabiiy narsalarning hammasi osonlik bilan qo‘lga kiritiladi, puch va ortiqcha narsalarga erishish esa
mushkuldir.
* * *
Butun olam ikki voqelikdan iborat. Ularning biri zohiriy, ikkinchisi botiniydir. Zohiriysi maxluqot,
botiniy voqelik esa Tangridir.
* * *
Jamiki narsalar o‘zaro bog‘liq holda, reja asosida yaratilgan. Hech bir narsa bu asossiz mavjud
bo‘lolmaydi.
* * *
Bilish qiyin emas, ko‘nikish qiyin.
* * *
Qalb go‘zallikni ko‘rmay turib seva olmaydi.
* * *
Chohga yoki tubsiz suvga qulagan kimsa qiyinchilik haqida emas, qutilish haqida o‘ylashi kerak.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
194
Hamma fanlarning urug‘i inson botinida yashiringan. Inson botini ularning maxfiy manbaidir.
* * *
Tashvishni yoqtirmaydigan kimsalar oddiy va faqirona yashashni o‘rganmoqlari darkor.
* * *
Ko‘pchilik qo‘lidan kelmaydigan ishning amalga oshishiga ishonmaydi.
* * *
Sen faqat bir narsaga: o‘zingni anglashga intil. Tangrining boqiy ovozini tinglamay turib, unga
qalbingdan joy bera olasanmi? Tangrini tanimay turib, uning ovozini tinglay olasanmi? Tangrini
topmay turib, uni taniy olasanmi? O’zingni anglamay, topmay turib, Tangrini topa olasanmi?
* * *
Jismimiz o‘z-o‘zicha hech qanday harakat qilmaydi. U butkul fikrlarimiz quliga aylangan. Uning
sohibi bo‘lgan fikr ertayu kech to‘xtovsiz harakatda, hayajonda. U goh mulohaza yuritadi, goh
maslahat beradi. Nimalarnidir aniqlaydi, nimalargadir majburlaydi. Jismimiz esa boshvoq solingan
ho‘kiz kabi beixtiyor uning izmiga bo‘ysunadi. Shunday qilib, jismimiz emas, balki avvalo fikrimiz
insonligimizni belgilaydi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |