Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc


ichki tuzilmasini yaxlit ilm sifatida tadqiq qilish tajribasi» (1886), «Ma’rifatning mubham



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə184/184
tarix03.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#151940
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

ichki tuzilmasini yaxlit ilm sifatida tadqiq qilish tajribasi» (1886), «Ma’rifatning mubham 
onlari», «Zulmat va mavhumlik saltanatida» (1904), «Cherkov devorlari tegrasida» 
(1906), «Yolg‘izlik» (1912), «Mavhum qiyofa: nasroniylik metafizikasi» (1911).
 
* * * 
Yo‘llar – nekbinlar qismati. 
* * * 
Tabiat do‘stdir, ammo uni yeb bo‘lmaydi. 
* * * 
Har qanday metafizika tabiatni chuqur anglash demakdir. 
* * * 
Men ta’limotim keng yoyilishini istaymanmi? Yo‘q. Chunki bu juda katta hayajonlarga sabab bo‘ladi, 
men esa xotirjamlikni sevaman… 
* * * 
Faqat musibatgina bizga buyuklik va ilohiylik eshiklarini ochadi. 
* * * 
Dag‘allik va zo‘ravonlik 2 foiz muvaffaqiyat keltirsa, muloyimlik va hojatbarorlik 20 foiz 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
221
muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Yahudiylar bu haqiqatni hammadan avval anglab yetdilar. 
* * * 
Tahqir bir necha kun o‘tgandan so‘ng shunday ruhiy yog‘duga aylanadiki, unga hech narsa teng 
kelolmaydi. Ongning oliy darajadagi tiniqlashuviga tahqirsiz erishib bo‘lmaydi, degan fikrni aytib 
o‘tmaslik mumkin emas. Zero, komillik tahqir, mag‘lublik nimaligini bilmay doimo g‘alaba nashidasini 
surib, yuksakda yurganlarga bir umr nasib etmagan. 
* * * 
Shon-shuhrat nafaqat buyuklik, balki buyuklik inqirozining ibtidosidir. 
* * * 
Inqilob ikki o‘lchamga ega: uzunlik va kenglik. Ammo u uchinchi o‘lcham – teranlikdan mahrumdir. 
Ana shu sifat tufayli u hech qachon bo‘liq va mazali meva bermaydi, hech qachon «tugamaydi». 
Inqilob o‘sib borib asabiylikka aylanadi. Va inson hech qachon: «Bas! Yetarli! Men baxtiyorman. 
Bugungi kunim shunday yaxshiki, menga erta kerakmas…» deyolmaydi. Inqilob doimo azobni 
yetaklab yuradi va faqat «ertangi» kundan umid qiladi… 
Har bir ertangi kun uni dog‘da qoldirib, indinga aylanadi. Bu uzluksizlikdan hech qaerga qochib 
qutulib bo‘lmaydi. 
Inqilobda quvonch yo‘q. Bo‘lmaydi ham. 
* * * 
Sotsializm xuddi nomutanosiblik kabi o‘tib ketadi. Har qanday nomutanosiblik o‘tkinchidir. 
Sotsializm — bo‘ron, yomg‘ir, shamol… 
Bir kuni quyosh porlaydi va hamma narsani quritadi. Odamlar sotsializm to‘g‘risida qovjiragan 
maysa haqida gapirayotgandek: «Nahotki u (sotsializm) bo‘lgan edi?» «Va deraza oynalariga 
«birodarlik», «tenglik», «ozodlik» do‘llari kelib urilgandi?» – deb so‘raydilar. 
— Eh, ha! Bu do‘l qancha odamlarga shikast yetkazgan!!! 
— Voajab. G’alati hodisa. Ishonging kelmaydi. U to‘g‘rida qaerda o‘qish mumkin?» 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin