www.ziyouz.com
кутубхонаси
30
jarayonida g‘olib chiqsa, Protagorga pul berishi lozim edi. Lekin shogird biror sud jarayonini
boshlashga shoshilmaydi. Toqati toq bo‘lgan ustoz shogirdiga: «Seni sudga beraman», — deb po‘pisa
qiladi. Evatl esa hali bitta ham sud jarayonida g‘olib chiqmaganini ro‘kach qilib, pul berishdan bosh
tortadi.
Shunda Protagor:
— U holda sudga murojaat qilamiz. Agar ajrim mening foydamga hal bo‘lsa, sen menga pul
berasan. Bordi-yu, sen g‘olib chiqqan taqdiringda ham mendan qarzdor bo‘lib qolasan. Chunki avval
shunday shartlashganmiz, — deydi.
O’z ustoziga munosib shogird bo‘lgan Evatl Protagorni mana bu javob bilan lol qoldiradi:
— Agar sudda men mag‘lub bo‘lsam, sizga pul bermasligim aniq. Chunki kelishuvimizga muvofiq
men g‘olib bo‘lsamgina to‘lov to‘lashim lozim. Sud jarayonida g‘olib chiqsam ham pul bermayman.
Chunki men g‘alaba qozongan bo‘laman.
(Ustoz va shogird o‘rtasidagi bu muammoli munozara jahon tarixi sahifalarida «Evatl safsatasi»
nomi bilan muhrlanib qolgan).
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
31
MO-SZI (MO DI)
(Miloddan avvalgi 480 (taxminan) -400 yillar)
Qadimiy Xitoy faylasufi Mo-tszi mayda mulkdor oilasida tug‘ildi. U g‘ildiraklar va
qurollar uchun so‘loq yasovchi mohir usta bo‘lgan. Konfutsiy ta’limotini chuqur
o‘rgangan. U xitoy falsafasiga birinchi bo‘lib GU (sabab) va LEY (tur) darajalari
tushunchasini olib kirdi hamda asoslab berdi.
Mo-tszi qarashlari uning shogirdlari tomonidan to‘plangan «Mo-tszi» kitobida
jamlangan. Mo-tszining zamondoshlariga ta’siri shunchalar kuchli bo‘lganki, u xuddi
Konfutsiy kabi shuhrat qozongan.
* * *
Odamzot endigina paydo bo‘lgan qadim zamonlarda insonlar jazo nima ekanligini bilishmas,
adolatni har kim o‘zicha tushunardi. Adolat haqida o‘nta odam o‘n xil o‘ylar va har biri o‘zicha haq edi.
Oqibatda odamlar o‘rtasida kuchli adovat paydo bo‘ldi. Tartibsizlik va o‘zaro adovatning sababi
boshboshdoqlik ekanini anglagan odamlar oralaridan eng adolatli va dono kishini hukmdorlikka tanlab
olishdi va uni Samo farzandi, deb e’lon qilishdi.
* * *
Mo-tszining shogirdi Pen Sin ustoziga dedi:
— O’tmishni bilish mumkin, ammo kelajakda nimalar yuz berishini avvaldan bilib bo‘lmaydi.
Mo-tszi shogirdiga javoban shunday dedi:
— Faraz qilginki, yuz li uzoqlikda yashovchi yaqin kishilaring boshiga og‘ir kulfat tushdi. Vaziyat
shundayki, bir kunda ularning hayot-mamoti hal bo‘ladi. Agar sen ana shu bir kun ichida ularning
qoshiga yetib borolsang, tirik qoladilar, aks holda halokatga mahkum bo‘ladilar. Qarshingda esa
manzilga eltuvchi ikki arava turibdi. Aravalardan biri o‘ta mustahkam va baquvvat otlar qo‘shilgan,
ikkinchisining esa g‘ildiraklari singan va bir juft oriq ot qo‘shilgan. Qani, ayt-chi, sen qay birini
tanlaysan?
— Albatta, baquvvat aravani tanlayman-da! — dedi shogird o‘ylab o‘tirmay.
Shunda Mo-tszi istehzo bilan dedi:
— Xo‘sh, unda nima sababdan kelajakni oldindan ko‘rib bo‘lmaydi, deyapsan?
* * *
Insonlar o‘rtasidagi o‘zaro mehr-muhabbat o‘zgalar mulkiga, xonadoniga xuddi o‘ziniki kabi
munosabatda bo‘lib, har bir kishini o‘zini tushungandek tushunishga o‘rgatadi.
* * *
Odamlar orasida o‘ta noyob fazilatlari tufayli hayotdan ko‘z yumganlar ko‘proq uchraydi. Chunki
haddan ortiq yukni asrash doimo ranju alam chekishga sabab bo‘ladi. Zotan, baland daraxtga eng
avval bolta uradilar, ohu va toshbaqaning yirigini ham darrov qo‘lga tushiradilar, katta ilonni esa
birinchi bo‘lib mahv etadilar.
* * *
Devor qanday tiklanadi? Buning uchun har kim qo‘lidan kelgan ishni bajaradi: kimdir g‘isht teradi,
boshqa bir odam loy tashib turadi, yana birov g‘ishtning bir tekis terilishini o‘lchab boradi. Shu taxlit
devor qurib bitkaziladi. Adolat poydevori ham shu yo‘sinda tiklanadi. Bu yo‘lda fikrlay olishga layoqati
bo‘lganlar, mayli fikrlasinlar. Tarixiy kitoblarni bayon eta oluvchilar esa tarixiy kitoblarni talqin
etaversinlar, qo‘lidan boshqa ish keladiganlar, shu xizmatlarini bajaraversinlar. Ana shunda adolat
yo‘lidagi barcha ishlar albatta amalga oshiriladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |