www.ziyouz.com
кутубхонаси
57
qilinayotgan narsaning shaklidir.
* * *
Ruhni tanadan ajratib bo‘lmaydi.
* * *
... Vaqt «hozir»siz mavjud bo‘lolmaydi va butun ma’nosini yo‘qotadi. Zero, «hozir» o‘zida ham
ibtidoni, ham intihoni jo etguvchi o‘rtalikdir.
* * *
Tafakkur va fikrlash aynan bir narsa bo‘lib, har ikkisi ham moddiyatdan ayridir.
* * *
Tabiiylik va inson... Agar biz yog‘och kursini yerga ko‘mib, uning o‘sib chiqishi uchun yo‘l
topolganimizda ham undan bari bir yangi kursilar emas, balki daraxtlar o‘sib chiqaveradi.
* * *
Tabiat erkin odamlarning jismoniy uyushmasi bilan qullarning jismoniy uyushmasi o‘rtasidagi farqni
ham ta’minlab qo‘ygan. Qullarning jismi baquvvat bo‘lib, zarur jismoniy yumushlarni bajarishga
moslashgan. Erkin odamlar esa qaddilarini tik tutib yuradilar va og‘ir jismoniy mehnatga
yaramaydilar. Ammo ular siyosiy faoliyatga yaroqlidirlar.
* * *
Shon-shuhratga intilishda ham, undan qochishda ham me’yorni saqlay biling.
* * *
Hurmatli odamning qandayligiga odatda uning ishiga qarab baho beriladi. Busiz uning maqsadini
bilib bo‘lmaydi. Agar insonning vijdonini va go‘zallikka intilishlarini bevosita ko‘rish mumkin bo‘lganda,
bu odam bajarayotgan ishisiz ham olijanob zot sanalaverardi.
* * *
Xudbinlik o‘zini o‘zi sevish bilan emas, bu sevgining me’yordan ortib ketishi bilan belgilanadi.
* * *
Shuhratparastlar bu sifatdan xoli bo‘lgan odamlarga nisbatan hasadgo‘yroqdirlar.
* * *
Qashshoqlikdan, xastalikdan, umuman, illat sanalmaydigan va insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan
narsalardan aslo cho‘chimaslik darkor.
* * *
Istaklarini yenga olganlar bukilmas insonlardir. O’zini mag‘lub eta olganlar jasur va mardonadirlar.
* * *
Ezgulik qilishdan cho‘chiydiganlarni axloqiy go‘zal odamlar toifasiga qo‘shib bo‘lmaydi. Hamma
yaxshi narsalarni yaxshi deb bilgan, boylik va amal ham buza olmaydigan odamlar eng olijanob
insonlardir.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
58
Biz bo‘sh vaqtni qo‘lga kiritish uchun bo‘sh vaqtdan mahrum bo‘lamiz, tinch yashash uchun esa
urishamiz.
* * *
Vijdon olijanob insonning odil hakamidir.
* * *
Ranj va alam chekmay, huzurlanmay ezgu ishlarni amalga oshirish mumkin emas.
* * *
Ma’lum bir axloqiy sifatlarga ega bo‘lmay turib, chunonchi, munosib inson bo‘lmay turib, ijtimoiy
hayotda harakat qilib bo‘lmaydi.
* * *
Maqsad emas, balki unga yetish vositalari hal qiluvchi o‘rinni egallaydi.
* * *
Oshna-og‘aynilari mo‘l odamning do‘sti bo‘lmaydi.
* * *
Har bir ishning boshlanishi shu ishning deyarli yarmi bajarilgani bilan barobardir.
* * *
Jiddiylik kulgi bilan, kulgi esa jiddiylik bilan yengiladi.
* * *
Arastu o‘z falsafasini hech qachon metafizika deb atamagan. Umuman, uning zamonasida bunday
atama bo‘lmagan. Bu yangi so‘zni miloddan avvalgi 1 asrda Iskandariya kutubxonasining
qo‘riqlovchisi rodoslik Andronik tasodifan «o‘ylab topgan». Ya’ni bir kuni Arastuning qo‘lyozmalari
o‘ramini javonga taxlash chog‘ida u avval tabiiyot haqidagi «kitob»larni, keyin esa falsafiy
mazmundagi asarlarni tartib bilan joylashtiradi. «Keyin» so‘zi yunoncha «meta» degan ma’noni
anglatadi. Shu tariqa metafizika so‘zi paydo bo‘ldi («meta» — keyin, «fyuzik» — lotincha tabiiyot
ma’nosini bildiradi). Bir qarashda tasodifan yuzaga kelgan bu so‘z buyuk taqdir «egasi» bo‘ldi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |