Microsoft Word ota ona rizosi doc


TIL BILAN XIZMATDA BO‘LISH



Yüklə 90,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix02.05.2023
ölçüsü90,2 Kb.
#105915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ota-ona rizosi

 
TIL BILAN XIZMATDA BO‘LISH 
1. Ota-onangiz bilan so‘zlashganda yumshoqlik va odob bilan gaplashing.  
Rasuli akram sallallohu alayhi vasallam shunday buyurganlar: “Odamlar bilan 
xushmuomala bo‘linglar, ularga qattiqqo‘llik qilib behayo so‘zlamanglar”. (Payg‘ambar 
alayhissalom o‘gitlariga ko‘ra hatto begona odamlarga qattiq va behayo gapirib, dillarini 
og‘ritish mumkin bo‘lmaganidek, ota-onaga yuz chandon muloyimroq so‘z qilmoq zarur 
ekan). 


Ota-ona rizosi. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida hadislar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
2. So‘zlashgan paytda ovozni baland ko‘tarmang. 
Rasulullohdan shunday rivoyat qilindi: “Alloh taolo gunohlardan istaganini qiyomatga 
qoldirdi, lekin ota-onani ranjitishning azobini kechiktirmaydi. Oqpadarga oqpadarlik 
azobi tezlashtiriladi”. 
3. Ota-ona huzurida zaruratdan ortiqcha gaplarni gapirmang. 
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Qiyomat kuni kimga do‘zax o‘ti harom bo‘lishini 
aytaymi? U yuvvosh, muloyim, yaxshi muomalali, bir gapga oson kelishadigan 
kishilardir. Sizlarning yaxshilaringiz xushxulqli, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz 
esa , og‘zini to‘ldirib, ezmalik ila ko‘p gapiruvchilaringizdir”. 
4. Gaplashayotganda so‘zlarini bo‘lib tashlab yoki so‘z qistirib ketmang. 
Farqad us-Sanjiy aytdilar: “Ba’zi kitoblarda o‘qidimki, bolaning ota-ona huzurida iznsiz 
gapirmoqligi maqbul emasdir”. 
5. Ularning so‘zlarini aslo rad qilmang. 
Taboroniydan rivoyat qilingan hadisda: “Otaga itoat qilish – Allohga itoat qilishdir. Unga 
gunohkor bo‘lish Allohga gunohkor bo‘lish bilan barobardir”, deyilgan. 
6. Ular bilan buyruq yoki ta’na ohangida gaplashmang. 
Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: “Alloh taolo sharmsiz, behayo so‘z 
qilganlarni o‘ziga do‘st tutmas”. 

Yüklə 90,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin