ENG ZARUR VAZIFANGIZ Allomalar farzandlarning o‘z ota-onalari uchun butun borliqlari – ham tani, ham tili, ham
dili, ham moli bilan xizmatda bo‘lishlari, ularni rozi qilib duolarini olishlari kerakligini
uqtirishgan. Imom Nasafiydan rivoyat etilishicha, farzand ota-onasi oldida 60 sohada
burchli va qarzdor ekan. Quyida shularni muxtasar holda alohida-alohida ko‘rib chiqamiz
hamda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomdan shu to‘g‘rida vorid bo‘lgan hadisi
shariflarni keltirib o‘tamiz.
TAN BILAN XIZMATDA BO‘LISH 1. Tanu vujudingiz bilan ota-ona xizmatida hoziru-nozir turing. Ibn Mas’ud shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo
Rasulalloh, amallarning qaysisi yaxshi?” dedim. Rasululloh: “o‘z vaqtida o‘qilgan namoz”,
dedilar. “Yana qaysi amal, yo Rasulalloh?” dedim. Rasululloh: “Ota-onaga yaxshilik
qilish” dedilar. “Yana qaysi amal?” deb so‘radim. Rasululloh: “Alloh yo‘lida g‘azot qilmoq”
dedilar”. (Imo Termiziy rivoyatlari)
2. Gunoh bo‘lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti, so‘zsiz bajo keltiring. Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qilindi:Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Uch toifa
kishining duosi mustajob bo‘lur: 1. Mazlumning duosi. 2. Musofirning duosi. 3. Otaning
farzandiga qilgan duosi”. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
3. Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo‘lsangiz ham ularning roziligisiz safarga chiqmang. Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhu aytadilar: bir kishi Rasululloh huzurlariga
hijrat qilmoq uchun bay’at etmoqqa keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo‘lmay,
xafalikdan yig‘lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh: “Sen hozir ota-onang oldiga bor!
Hijrat qilaman deb, ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo‘ldim, deb, ularni
xursand qil”,– dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
4. Biror ishni bajarishdan qaytarishsa (agar bu qaytish gunoh bo‘lmasa) darrov qayting. Abu Dardo roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh menga quyidagi to‘qqiz amalni
buyurdilar”, shulardan biri: “ota-onangga itoat qil, agar ular dunyodan voz kech desalar
ham hurmatlari uchun buyruqlarini ijro qil!”.
Ota-ona rizosi. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida hadislar