Ota-ona rizosi. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida hadislar
www.ziyouz.com kutubxonasi
1
OTA - ONA
RIZOSI
(Ota-ona va farzand munosabatlari
haqidagi hadislar)
Musanniflar:
Abdulhay Abdulhafiz Tursun
Ahmad Muhammad Tursun
FARZANDLIK BURCHI
Bismillahir rohmanir rohim!
Oila – ota-ona, er-xotin va farzandlar to’g’risidagi munosabatlar asosida quriladi.
Ayniqsa ota-ona va farzandlar o’rtasidagi aloqalar juda muhim bo’lib, o’g’il-qizlarning o’z
ota-onalari zimmasida muayyan haqlari bo’lgani kabi ota-onaning ham farzandlari
zimmasida bir muncha haqlari borki, ushbu kitobimiz shu mavzuga bag’ishlangandir.
Bizning tug’ilib, es-hushimizni tanishimizda, voyaga yetib, bilim va kasb egallashimizda,
insoniy fazilatlar va yaxshi xulq sohibi bo’lib yetishishimizda, xullasi jamiyatga munosib
komil insonlar qatoridan joy olishimizda ota-onaning buyuk hissasi borligini hech kim
inkor qilolmasa kerak. Qur’oni karimda Alloh taolo shunday buyuradi:
“Parvardigoringiz, yolg’iz Uning o’ziga ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga
yaxshilik qilishlaringizni amr etdi. Agar ularning (ota-onangizning) birovi yoki
har ikkisi sening huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga qarab “uf”
tortma va ularning (so’zlarini) qaytarma!Ularga (doimo) yaxshi so’z ayt! Ular
uchun mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut – hokisor bo’l va:
“Parvardigorim, meni (ular) go’daklik chog’imdan tarbiyalab o’stirganlaridek,
sen ham ularga rahm-shafqat qilgin”, deb (haqlariga duo qil!)”. (“Isro” surasi,
23–24 oyatlar).
Darhaqiqat, otamiz bizning dunyoga kelishimizga sababchi bo’ladi, voyaga yetishimizda
o’zining sa’yi-harakatlari, ibrati, ro’zg’or yuritishi bilan faol ishtirok etadi. Bizning
kamolga erishuvimizdagi onaning beqiyos xizmatlarini ta’riflashga esa til ojiz, qalam
noqis, so’z tanqis. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam “Jannat onalarning oyoqlari
ostidadir” deganlar va ummatlaridan bu dunyoda jannat izlaganlarni onani rozi qilishga,
uning duosini olishga targ’ib qilganlar. Bir a’robiy Payg’ambar alayhissalomdan: “Menda
otamning haqqi ko’pmi yoki onamning?” deb so’raganida u zot uch martagacha
“Onangning haqqi” deb javob qaytarganlar va to’rtinchi marta so’ralganda “otangning”
deganlar. Bir yigit sahobalardan: “Onamni yelkamga ko’tarib Makkaga olib borib, yetti
marta Ka’bani tavof qildirdim, endi uning haqqini ado qiloldimmi?” deb so’raganida ular:
“Yo’q, bu xizmating bilan u seni emizish uchun bir marta uyqusini buzganini ham rozi
qilolmading” deyishgan ekan.
Ushbu risolamiz farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari va qarzdorligi to’g’risida.
Shoyadki, ota-onalarini hurmat qilishni o’rgatishda, ularning xizmatiga shay turib,
Ota-ona rizosi. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida hadislar
www.ziyouz.com kutubxonasi
2
duosini olishda va oxiratni obod qilishda ko’mak bersa! Alloh taolo barchalarimizni
farzandlik burchini to’la ado etishimizni, ota-onalarini rozi qilib, Alloh taolo rizoligiga
erishuvimizni nasib etsin, omin!
Dostları ilə paylaş: |