10. Hazrat Ali Janobi Rasululloh vafot etganlaridan so‘ng ham qurbonlik qilganlari rivoyat etilgani uchun qodir bo‘lsangiz ota-ona nomidan qurbonlik qiling. Oisha roziyallohu anhoning rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar alayhissalom: “Qurbonlik
so‘yilgan vaqtda oqqan qon yerga tushmay turib, Allohning huzurida ulug‘ makonga
tushadi. Shuning uchun qurbonlikni chin dildan ado eting!” – deganlar.
11. Ota yoki ona vafot etishsa, qabr, kafan va boshqa xarajatlar halol moldan qilinishiga va bu ishlarni bajaruvchilarning roziligi olinishiga erishing (qabrga qo‘yuvchi solih, obid, olim kishilar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir). Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qilingan hadislarda shunday deyiladi:
“Kimki o‘likni yuvsa va uning ayblarini bekitsa, Alloh taolo qirq marta uning gunohini
kechiradi”.
“Musulmon banda vafot etganda uning janozasida Allohga shirk keltirmagan qirqta
musulmon hozir bo‘lsa, Alloh taolo ularning sharofatidan mayitning gunohlarini
kechiradi”.
12. Ota yoki ona huzuringizda (qo‘lingizda) vafot etishsa, g‘usl va dafn bobidagi shartlarga, ya’ni Payg‘ambar alayhissalom sunnatlariga muvofiq so‘nggi yo‘lga kuzating. 13. Qur’oni karimda ota-ona haqqida duoda bo‘lish buyurilgani uchun Qur’on o‘qish yoki tasbiq-tahlil orqali ular haqqiga duo qiling. Muhammd ibn Sirin aytadilar: “Kechalarning birida biz Abu Hurayra huzurlarida bo‘ldik.
Shunda Abu Hurayra o‘zlari: “Ey Alloh! Abu Hurayraning ham, onasining ham
gunohlarini kechirgin va ikkimiz uchun istig‘for etgan kishilarning ham gunohlarini
kechirgin!” – deb duo qildilar”. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
14. Motam marosimlarida Payg‘ambar alayhissalom sunnatlariga muvofiq ish tuting (ya’ni gap irib, o‘zingizni buzib-yorib yig‘lamang, jimgina ko‘z yoshi to‘kish bilan motam tuting). Payg‘ambar alayhissalomdan rivoyat qil ingan hadisi sharifda shunday deyilgan: “Biror
yaqini o‘lganda kimki yuzlariga ursa, yoqalarini yirtsa, johiliyat zamonining duolarini
qilsa, u bizdan emas!”.