Ota-ona rizosi. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida
hadislar
www.ziyouz.com kutubxonasi
6
8. Ulardan jafo ko‘rsangiz ham umrlari uzun bo‘lishini tilang.
Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilindi: Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan
ertalab
ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikki eshik ochadi. Agar
ulardan bittalarini ziyorat qilsa unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan
qaysi
birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha, Alloh taolo undan rozi bo‘lmaydi, dedilar.
Shunda bir kishi: “Agar
ota-ona bolaga zulm qilsa, bola nima qilishi kerak?” deb so‘radi.
Abdulloh: “Agar ular bolaga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak”, deydilar.
(Imom Buxoriy rivoyatlari).
Dostları ilə paylaş: