Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
– Sizlarni o‘ylab (Dajjol emas), boshqa narsa meni xavotirga solyapti. Agar u (ya’ni, 
Dajjol) men orangizda ekanimda chiqsa, o‘zim sizlarning qarshingizda turib, hujjat 
keltiruvchi bo‘laman. Agar mening yo‘qligimda chiqsa, unda har kim o‘ziga o‘zi hujjat 
keltiruvchi bo‘ladi. Barcha musulmon ustida Alloh xalifadir! U (Dajjol) sochi jingalak
ko‘zi so‘nuk bir yosh. Men uni Abdul Uzzo ibn Qattonga o‘xshataman. Qay biringiz 
Dajjolga yetsa, unga Kahf surasining boshlarini o‘qisin. Dajjol Shom bilan Iroq 
oralig‘idagi bir joydan chiqadi. O‘ngu so‘lga fasod tarqatishga kirishadi. Ey Allohning 
bandalari, sobitqadam bo‘lingiz! 
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! U yer yuzida qancha vaqt turadi, – deb 
so‘radik. 
– Qirq kun, – dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). – Bir kuni yildek, yana 
bir kuni oydek, yana bir kuni haftadek bo‘ladi. Qolgan kunlari odatdagi kunlaringiz 
kabidir. 
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), o‘sha yildek bo‘ladigan kunda bir kunlik 
namoz bizga kifoyami? 
– Yo‘q. Uning miqdorini belgilanglar. 
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), Dajjolning yer yuzida tezligi qanday 
bo‘ladi? 
– U xuddi shamol haydayotgan yomg‘irdek (bulutdek) yuradi. Bir qavmning oldiga 
kelib, da’vat qiladi. Qavm Dajjolga iymon keltirib, da’vatiga ijobat qiladi. Dajjol osmonga 
buyurib, yomg‘ir yog‘diradi, yerga buyurib, o‘simlik o‘stiradi. Qavmning mol-hollari 
kechqurun qorinlari o‘tga, yelinlari sutga to‘lib qaytadi. So‘ng Dajjol yana boshqa bir 
qavm oldiga keladi. Bu qavm uning da’vatini qabul qilmaydi. Dajjol ularning oldidan 
ketadi. Qavm bor-budidan ayrilgan holda tong ottiradi. Ularning qo‘lidan hech narsa 
kelmaydi. Dajjol bir xaroba yonidan o‘tayotib unga: «Xazinalaringni chiqar», deya 
buyruq beradi. Shunda xuddi arilar o‘z boshliqlarining atrofiga yig‘ilganidek, xaroba 
xazinalari uning oldiga to‘planadi. So‘ngra Dajjol bir yosh yigitni da’vat qiladi. Haligi 
yigitni qilich bilan urib, qoq ikkiga bo‘lib tashlaydi. Keyin uni (bo‘laklangan yigitni) 
chaqiradi. Yigit unga yuzlanadi. Yuzi yorishib kulib yuboradi. Mana shu paytda Alloh 
taolo Masih ibn Maryamni yuboradi. Ibn Maryam ikki sariq libosda sharqiy Damashqning 
oq minorasi yoniga ikkala kaftini ikki malak qanotiga qo‘yib tushadi. U boshini egsa, (suv 
tomchilari) tomchilaydi. Boshini ko‘targanida esa undan misli kumushdek qatralar 
sochiladi. Isoning nafasini sezgan kofir o‘lmay qolmaydi. Uning nafasi nigohi yetgan 
joyga yetadi. Iso ibn Maryam Dajjolni Lud darvozasi yonida quvib yetib o‘ldiradi. So‘ng 
Iso alayhissalom Alloh (Masih fitnasidan) ma’sum saqlagan qavm oldiga keladi. Ularning 
yuzini mash etadi va jannatda erishajak darajalari haqida so‘zlab beradi. Shunda Alloh 
taolo Iso alayhissalomga quyidagicha vahiy qiladi: «Darhaqiqat, men shunday bir 
bandalarni chiqardimki, hech kim ularni o‘ldirishga qodir emas. Bandalarimni Tur tog‘iga 
olib chiqib ket». So‘ngra Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujlarni yuboradi. Ular har bir 
tepalikdan bosh ko‘taradilar. Ya’juj va Ma’jujlarning avvalidagilar Tabariya ko‘li yonidan 
o‘tayotib, uning suvini ichib qo‘yadi. Oxiridagilar ko‘l oldiga kelib: «Ko‘lda suv bor edi», 
deyishadi. Ular Iso alayhissalom va uning ashoblarini o‘rab olishadi. Shunda Iso 
ashoblariga hatto ho‘kizning boshi bugun sizlardagi yuz dinordan ham yaxshiroq bo‘lib 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin