Microsoft Word saylanma abdulla oripov ziyouz com doc



Yüklə 281,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/112
tarix02.01.2022
ölçüsü281,28 Kb.
#38948
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar. 2-jild. She'rlar

BUYUKLIK 
Osmonu falakda mo’jaz yulduz - tosh 
Mindi o‘z tabiiy tayyorasiga. 
Rosa bo‘shliqlarda daydigach bebosh, 
Urildi Mushtariy sayyorasiga. 
Mushtariy degani oftob misoli 
Fazo karvonida muhtasham nordir. 
Ne kechdi u sho‘rlik yulduzning holi
Vazni tog‘ qoshida zig‘ircha bordir. 
Buyuklik qudratin sezmay yo sezib
O’zi izlab topmish so‘nggi marrani. 
Mushtariy samoda milyard yil kezib
Axir axtarmagan o‘sha zarrani. 
Taajjub qilaman, buyuklik asli
Tanlagan yo‘lidan burilmas ekan. 
Zarra buyuklikka urilgay, ammo, 
Buyuklik zarraga urilmas ekan. 
1994 

Yüklə 281,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin