Microsoft Word usta va margarita lotin ziyouz com doc



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/244
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#161865
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   244
Usta va Margareta

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
223
negadir shu fikrdan cho‘chib ketib, ko‘zboyloqchilar, xomxayollar haqida allanimalarni javrab 
o‘tiribman. Ko‘zboylovchiga balo bormi!» — deb ko‘nglidan o‘tkazdi. 
U Azazelloga tikilibroq qarab, uning ko‘zlarida qandaydir mas’uliyat, to mavridi kelguncha aytmay 
saqlab turgan qandaydir mulohaza mavjudligini ko‘rdi. «U shuichaki bizni ko‘rgani emas, balki 
qandaydir topshiriq bilan kelganga o‘xshaydi», — deb o‘yladi usta. 
Kuzatuvchanligi unga pand bermadi. 
Azazello uchinchi marta uzatilgan konyakni ham ichib yuborib, xuddi hech ichmagan odamday gap 
boshladi: 
Podvalingiz shinamgina ekan, azabroyi shifo! Lekin bir savol ko‘ndalang turipti: nima ham 
qilish mumkin bu podvadda? 
— Men ham shuni gapirayotgan edim, — dedi usta kulimsirab. 
— Nega meni vahimaga solasiz, Azazello? — dedi Margarita, — axir bir amallarmiz! 
— Yo‘g‘-e, yo‘g‘-e, — deb chinqirib yubordi Azazello, — sizni vahimaga solish xayolimga ham 
kelgani yo‘q. O‘zim ham shunday deyapman, — bir amallaysizlar. Ha-ya! Sal bo‘lmasa unutay 
debman, messir sizlarga salom aytib yubordi, yana, sizni o‘zi bilan kichik bir sayrga taklif qildi, agar 
xohlasangiz, albatta. Xo‘sh, nima deysizlar bu taklifga? 
Margarita stol ostida oyog‘i bilan ustani turtib qo‘ydi. 
— Jonimiz bilan boramiz, — deb javob qildi usta Azazelloni sinchiklab kuzatarkan, u esa gapni ilib 
ketdi: 
— Margarita Nikolaevna ham bu sayohatdan bosh tovlamaslar deb umid qilamiz? 
— Mening-ku bosh tovlamasligim aniq, — dedi Margarita va yana oyog‘i bilan ustaning oyog‘ini 
turtib qo‘ydi. 
— Qoyilmaqom sayohat bo‘ladi, — dedi Azazello, — mana bu — o‘g‘ilbola gap! Bir zumda 
kelishdik-qo‘ydik! Tunov kuni Aleksandr bog‘ida bo‘lganidek rezinka qilib cho‘zmadik. 
— Voy, esimga solmang o‘sha kunni, Azazello! Tentak ekanman o‘shanda. Sirasini olganda, meni 
judayam aybsitish to‘g‘ri emas — axir shayton zotiga kunda ro‘para kelmaysan-ku kishi! 
— To‘g‘ri aytasiz, — deb tasdiqladi Azazello, — agar har kuni ro‘para kelsangiz, g‘oyat xushnud 
bo‘lardingiz! 
— Jadallik o‘zimga ham yoqadi, — derdi Margarita zavqu shavq bilan, — jadallik ham, 
yalang‘ochlik ham. Mauzerdan otilgan o‘qday! Voy, uning qanaqa merganligini ko‘rsang zdi, — deb 
chinqirdi Margarita ustaga yuzlanib, — yostiq tagiga qo‘yilgan yettilik qartaning xohlagan xolini 
mo‘ljalga oladi... — Margarita shirakayf bo‘lib qoldi, shu sababli ko‘zlari o‘tdek chaqnay boshladi. 
— Ie, esim qursin, unutibman-u, — deya chinqirib yubordi Azazello peshonasiga «shap» etib urib, 
— rosa charchabman. Messir sizlarga sovg‘a berib yuborgan edi, — shunday dob u aynan ustaga 
yuzlandi, — bir shisha vino. E’tibor bering-a, bu Iudeya prokuratori ichgan o‘sha vinoning o‘zi. Faleri 
vinosi. 
Turgan gapki, bunday noyob narsa, albatta, Margaritaning ham, ustaning ham e’tiborini o‘ziga 
tortdi. Azazello motamona qora matoni ochib, undan tamomila mag‘or bosib ketgan bir ko‘za oldi. 
Oldin uni bir-bir hidlab ko‘rishdi, so‘ng stakanlarga quyishib, momaqaldiroq oldidan so‘na boshlagan 
yorug‘likka tutib ko‘rishgan edi, hamma narsa qon rangiga bo‘yaldi. 
— Volandning salomatligi uchun! — dedi Margarita stakanni baland ko‘tarib. 
Uchovlari stakanlarni lablariga olib borib, bir ho‘plamdan ichishdi. Shu zahoti ustaning ko‘z oldi 
qorong‘ilashib, nafasi qaytib ketdi, u joni uzilayotganini his qildi. U yana, rangi murdanikidek o‘chgan 
Margaritaning ojizona qo‘l cho‘zib, boshi stolga «shilq» etib tushganini, so‘ng asta sirg‘alib yerga 
yiqilganini ham ko‘rdi. 
— Zaharkash qattol, — deb qichqirishgagina ulgurdi usta. U Azazelloga sanchish maqsadida stolda 
yotgan pichoqqa qo‘l uzatdi, lekin darmoni qolmagan qo‘li dasturxondan sirg‘alib tushdi-yu, bu 
xonadagi narsalarning hammasi ustaning ko‘zi oldida qop-qora rangga bo‘yaldi, so‘ng butkul g‘oyib 


Mixail Bulgakov. Usta va Margarita (roman) 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin