Microsoft Word utgan kunlar ziyouz com doc



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/261
tarix29.12.2021
ölçüsü0,74 Mb.
#48641
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   261
utgan kunlar ziyouz com 68ccf

www.ziyouz.com kutubxonasi 
111
Nihoyat va’daning beshinchi kuni qiz keldi. Qizni ko‘rish bilan men borliq-yo‘qliq 
holatda qolg‘an, bir necha zamon maning uchun so‘z topish ham qiyinlashqan edi. Qiz 
shohini so‘ramay menga termulib turar edi. Uning minnatdorchiligini faqat shohi bilan 
olmoq-chi bo‘lg‘anim uchun bu hol menga og‘ir keldi. «Nega va’daga kelmadingiz?» 
dedim. Qiz o‘ng‘aysizlanib, gunohkorlarcha ko‘zini yerga tikkani holda so‘radi: 
— Shohini sotib yubordingizmi? 
Yonimg‘a qo‘yib o‘lturg‘an shohini qizg‘a uzatdim. Ul shohining orqa-o‘ngini ag‘darib 
ko‘rdi va: «Yaxshi to‘qibsiz», deb menga umidsizcha qarab qo‘ydi. Shohini menga berib 
qo‘lidagi mayda chaqalarni oldimg‘a to‘kdi. 
— Shohingiz qancha pullik? 
Men javob o‘rniga chaqalarni sanab chiqdim, bitta oltmish pullik tangasidan boshqasi 
bir pullik, besh pullik zang bosqan chaqalar bo‘lib, ko‘p vaqtlardan beri yig‘ilib kelganligi 
ma’lum edi. Bergan puli shohining yarim bahosini qoplar-qoplamas bo‘lg‘anlig‘ini aytdim. 
— Tag‘in qancha kerak? — deb so‘radi. 
— Uch tanga, — dedim. Qizning o‘ychan yuzini yana qayg‘u bosdi. Men uning yuzidan 
katta husndor qizlarda ko‘riladigan bir ulug‘liq tomosha qilar edim va uning o‘z va’dasiga 
kela olmag‘anlig‘i sirrini onglar edim. Bu yosh farishtani bu holda qoldirishg‘a ko‘nglim 
bo‘lmadi va dedim: 
— Qolg‘anini qachon olib kelasiz? — Bunga ham tez javob bermadi va javobsizlik bilan 
yana o‘z holini menga arz qilg‘andek bo‘ldi. 
— Pul topqanda keltirasizmi? — dedim-da, uning javobini kutmay qo‘liga shohini 
tutqazdim. Qiz menga ishonmay boshlag‘an edi: 
— Menga ishonasizmi? 
Men ishonch bildirib o‘lturmadim: 
— Uyingiz qayerda? 
— Ch... mahallasida. 
— Kimning qizisiz? 
— Sharif miltiqchining qiziman. 
— Otangiz qarib qolg‘anmi? 
— O‘lgan. Onam bor. 
— Akangiz yo‘qmi? 
— Yo‘q. Bitta kichkina o‘g‘ul ukam bor. 
— Ismingiz nima? 
— Saodat. 
Shundan so‘ng Saodatni shohi bilan jo‘natib yubordim. Saodat maning bu ishimga 
ishonmayg‘ina chiqib ketdi. Xalva shogirdlar: «Tuziksiz-ku usta», deb menga piching 
otishdilar. Ammo men Saodat uchun har bir og‘irliqni ko‘targundek ko‘rinar edim... 
Uy egasi bo‘lg‘an usta Alim hikoyasini to‘xtatib, Otabekdan so‘radi: 
— Hikoyam uzayib ketdi shekillik, zerikdingizmi? 
Otabek uni ortiqcha bir e’tibor bilan eshitar edi, sarxushchasiga: 
— So‘zlay beringiz, — dedi. 
Usta Alim davom etdi: 
— Menga uch tanganing ahamiyati yo‘q edi. Ammo Saodat bilan bog‘lanib turishim 
uchun bu uch tanga ming tanganing ishini qilar edi. Oradan o‘n kunni o‘tkuzib, uch 
tanga bahonasi bilan Saodatning uyiga bordim. Saodat xolasining uyiga ketkan ekan
onasig‘a o‘zimni tanitib, devor orqaliq anchagina so‘zlashdik: eri o‘lib erkaksiz 
qolg‘andan, ip yigirib ovqat o‘tkarganidan va qizining kengashmasdan shohi 
buyurg‘anidan hasrat qilib ketdi; so‘zining oxirida yana bir hafta kutib tu-rishimni iltimos 
qildi. Bir haftadan so‘ng aloqani uzib qo‘yish maning tinkamni quritaturg‘an bo‘lg‘ani 


O’tkan kunlar (roman). Abdulla Qodiriy 
 
 

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   261




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin