Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə37/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
Mineralogiya

Stronsianit – SrCO3. Bunda SrO – 70,2%, SO2 – 29,8% bo`ladi. Mexanik aralashma sifatida CfO – 6-72, Bao, PbO, CaO juda oz miqdorda uchraydi. Stronsianit rombik singoniyali, donador, ingichka nayzasimon yoki tola-tola agregatlar hosil qiladi. U rangsiz, shaffof, sarg`ish, qo`ng`ir, ba`zan qizg`ish tuslarda ko`rish mumkin. Tabiatda shishadek, ayrimda sadafdek yaltiraydi, kristallari ba`zan yog`lagandek tuyuladi. Stronsianitning qattiqligi – 3,5-4, solishtirma og`irligi – 3,8, mo`rt stronsianitning yirik uyumlari gidrotermal sharoitda yuzaga keladi. Germaniyadagi Gamm koni bo`r davri mergeli orasida tomir va tomirchasimon shakllarda mavjud. Stronsianit stronsiy olinadigan manba hisoblanadi.

Viterit – BaCO3. Mineralni nomi angliyalik mineralog V.Viteren sharafiga qo`yilgan. Tarkibida VaO – 77,7%, SO2 – 22,3% bo`ladi, aralashma sifatida MgO, CaO – 1% atrofida va Sr –1,5% gacha aniqlangan. Yaxshi kristallari kamroq, ba`zan bu`yraksimon, varaqasimon agregat holda uchraydi. U rangsiz, qordek oppoq, ba`zan sarg`ish tuslarda bo`lib shishadek yaltiraydi, ayrimda yog`langandek ko`rinadi. Uning qattiqligi 3-3,5, solishtirma og`irligi – 4,3, mo`rt, ulanish tekisligi aniq emas. Viterit gidrotermal sharoitda paydo bo`ladi va kalьcit, dolomit, baritlar bilan birga uchraydi. Uning yirik uyumlari juda kam uchraydi. Dunyodagi eng yirik koni – Settlindston Angliyada. Ushbu konda – viterit kalsit, sulfidlar bilan birga uchraydi. Bariy olishda ikkinchi darajali mineral hisoblanadi.
Dolomit – CaMg(CO3)2. Fransuz mineralogi Dolomye (1750-1801) nomi bilan atalgan. Tarkibida – SaO – 30,41, MgO – 21,86 va SO2 – 47,73%. Trigonal singoniyali, kul rang, ba`zan sarg`ish, qo`ng`ir yashil tusda tovlanadi, shishadek yaltiroq, qattiqligi – 3,5-4, solishtirma og`irligi – 2,9, mo`rt, ulanish tekisligi romboedr bo`yicha mukammal. Dolomit ham kalsitga o`xshash keng tarqalgan, ayniqsa kembriy davrigacha yuzaga kelgan jinslar oralarida yirik qatlamlar hosil qiladi. Dolomit tipik gidrotermal temir konlarda magnezit, kalsit, sulfidlar, kvars va boshqa minerallar bilan birga uchraydi. Dolomit qurilish materiali sifatida ishlatiladi.


Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin