Mineralogiya



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə38/78
tarix11.06.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#61230
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78
Mineralogiya

Malaxit – Cu2[CO3](OH)2 . Yunoncha «malaxe» gulxayri demakdir. Shu o`simlik rangiga o`xshashligi uchun nom berilgan bo`lsa kerak. Tarkibida – CuO – 71,9%, SO2 – 19,9%, N2O – 8,2% miqdorida aniqlangan. U monoklinal singoniyali. Tabiatda radial shu`la kabi tuzilgan (10-rasm), ba`zan oqiq shakldagi, massa holida ham uchraydi, ayrimda konsentrik zonal tuzilishda bo`ladi. Malaxit yashil rangli, yaltirashi shishadek, olmosdek, ba’zan tolasimonlari ipakdek. Uning qattiqligi – 3,5-4, solishtirma og`irligi – 4, ulanish tekisligi mukammal. Malaxit mis sulfid konlarning oksidlanish zonalarida uchraydi. Malaxitning hosil bo`lishida mis sulfat moddalarining karbonat kalsiylar bilan uchrashishi tufayli paydo bo`ladi.:
2CuSO4 +2CaCO+5H2O=Cu2 [CO3](ON)2 +CaSO4 · 2H2O

10-rasm. Malaxit.
Malaxit bilan yo`ldosh mineral sifatida azurit, xrizokolla, tenorit, kuprit, sof mis va boshqalar bilan birga paragenetik assosiatsiya hosil qiladi. Malaxit bezak buyumlar tayyorlashda ishlatiladi.

Azurit – Cu3[CO3]2(OH)2. Nomi fransuzcha «azure» havorang demakdir. Tarkibida – CuO –69,2%, SO2 – 25,6%, N2O – 5,2% bo`ladi. U monoklinal singoniyali, tabiatda kalta ustuncha yoki prizma, qalin tabletkasimon shakllarda topilgan. Azuritning rangi to`q ko`k, havorang, yaltirashi shisha kabi (11-rasm). Uning qattiqligi – 4, solishtirma og`irligi – 3,9, ulanish tekisligi mukammal emas. U sulfid konlarining oksidlanish zonalarida yuzaga keladi. Kuzatishlardan ma`lumki namgarchilik rayonlarda azurit malaxitga aylanadi:
2Cu3(SO3)2(ON)2 +H2O=Cu2(SO3)(ON)2 + CO2

11-rasm. Azurit.

Azurit va malaxit odatda birga uchrashadi, ammo miqdori bo`yicha malaxit keng tarqalgan. Yirik uyumlari – Sumeb, Namibiya, Broken-Xill, Avstraliya, Kayrakto’ (Qozog`iston).




Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin