«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


o‘z so'zining oxirida Sa’dga boqib: ...Lek sen hech nav’ qayg‘urma



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

o‘z
so'zining oxirida Sa’dga boqib:
...Lek sen hech nav’ qayg‘urma,
Vahm dashtig‘a markabing surma.
Kim ani haq sanga nasib etmish,
Vasli topmoqqa vaqt ham у etmish.
Har ne qilg‘umdurur sanga ta’lim,
Andoq etmak kerak sen, etmay biyrrn, -
dedi-da, bir necha so'zlami aytib: «Bularni yo- 
dingda tutishing kerak», - deb tayinladi. So‘ng 
cho‘ntagidan bir munchoqni chiqarib, qoliga 
tutqazdi, bir maktubcha yozib, uni ham Sa’dga 
topshirdi va «Endi tezroq yolga tush, bu ikki 
hamrohing senga rahbarlik qilishsin. Shahrisabz 
tomon yurib, yolda to'xtamay u diyorga yetgin. 
Shu payt ikki hamrohing shoh oldiga borib, sen 
haqingda unga so'zlab berishsin. Shunda shoh 
sening kimligingni bilgach, aw al Qatron bilan 
jang qilishga buyuradi. Senga yozib bergan bir 
necha so'zimni tinmasdan takrorlab yurgin. 
Muhra-munchoqni og‘zingga solib, uning suvi­
ni dushmaning tomonga qarab tufla. Shunda u 
so'zlar senga quwat berib, dushmaningning quv- 
vatini ketkizadi va uning uyqusini keltiradi. Zangini


maglub qilgach, birinchi qo‘rg‘onni egalladim, 
deb hisoblagin-da, ikkinchisiga qadam qo^. U 
yerdagi Masiho nafaslik piri komil o‘z so‘rovlarini 
boshlamay turib, xatni unga tutqaz. Uni o'qigach, 
pir senga e’zoz bildirib, ishingni bitkazadi, chun­
ki u mening shogirdim va farzandimdir. Senga 
g'amxo'rlik ko'rsatib, afsunga qarshi chora topib 
beradi. Sehrlar ochilgach, sening barcha muro- 
ding hosil boladi», - dedi. Shu so‘zlami aytgach, 
quchoqlab manglayidan o'pdi-yu, shod bolib «Bizni 
obod qilding, obod bolgil, hoziroq o‘rningdan 
turib kunni kech qilmay yolga tush va yurishda 
to'xtay ko'rma», - dedi-yu xayrlashdi, pir shod 
bolganicha qolib, Sa’d yaxshi kayfiyat bilan yolga 
ravona boldi.
Sa’d o‘z hamrohlari bilan vodiylami tun-u kun 
bosib о‘tar ekan, nihoyat, Kash shahrining de- 
vorlari ko‘rindi. Yashil kiyimli ikki do‘sti saroyga 
borib, shohga o‘z xojalari haqida so'zlab, uning 
kamolot-u fazilatlarini maqtadilar. Shoh ularni 
yaxshi tanir edi, chunki ular aslida shohning 
mahramlari bolgandilar. Shuning uchun ulam- 
ing so'zlari chinligiga ishondi-yu: «Ertaga uni 
huzurimga olib kelinglar», - deb buyurdi. Ertasi 
Sa’dni o‘z saroyida ко‘rgan shoh u bilan ko'rishib, 
hurmatini joyiga qo“ydi va otirish uchun taxt ol- 
didan joy ko'rsatdi. Shohona taomlar tortilgach, 
tanishlaru begonalar Sa’dning suhbatlaridan 
bahramand boldilar. Hamrohlari o‘z do'stlarining 
muddaosini shohga aytgan edilar. Shu tufayli 
u Sa’dga: «Yoldan charchab kelgansan, bugun 
damingni olgin-da, ertaga qo‘rg‘on tomon borgin»,
- deb buyurdi. Sa’d yer o‘pib, o‘rnidan turdi va 
o‘ziga ajratilgan manzilga borib, bazmni davom


ettirdi. 0 ‘zi yetishmoqchi bolgan mahbuba yodi 
bilan ancha may ichdi, kayfi oshib, yori ko‘chasi 
tomon y o l oldi. Hamrohlari mast bolib, uxlab 
yotar edilar. Sa’d sevimli dildorini ko'rish istagida 
qo‘rg‘on ichiga kirmoqchi bolib, devorlar atrofi­
da mast holda goh turib, goh yiqilib kezib yurar 
ekan, uning ovozini eshitib qolgan zangi Qatron 
kelib tutib oldi-yu, aw a l oldirmoqchi boldi, 
keyin kechasi bilan uni zanjirband qilib ertalab 
odamlar oldida o‘z kuchini ko'rsatib, dushman- 
larini qo'rqitib qoyishga qaror qildi. So'ng uni 
qal’a tashqarisidagi g‘or ichiga qamab, og'zini 
katta bir tosh bilan berkitib qo*ydi. Ertalab o‘zi- 
ga kelgan Sa’d kecha yuz bergan ishlarni eslab, 
tushida ko'rgan qush so‘zlarini yodiga keltirdi, 
so'ng keksa pir bergan xatni o‘qiy boshlagan edi, 
taniga quwat kirib, qol va oyog‘idagi zanjirlami 
sindirdi-da, g‘or og'zidagi toshni ham olib tashla- 
di, xanjarini qoliga tutganicha Qatron bilan jang 
qilishi kerak bolgan maydon tomon y o l oldi. U 
yerda barcha hamrohlari mayus bolib turishardi, 
Sa’dni sog-salomat ко‘rib, ko'ngillari taskin topdi.
Janggohda bahaybat zangi o'zini shohlardek 
tutib, mag‘rur turar, shoh qizi o‘z otasi bilan 
qasming maxsus maydonchasida o‘tirib tomo' 
sha qilishar, chor atrof yuz minglab aholi bilan 
tola bolib, barchalari Sa’d g‘alabasiga tarafdor 
edilar. Zangi g‘ordan o ‘z tutqinini olib kelish 
uchun ketgan chog‘da maydonga Sa’d kirib kel- 
di. G'orga kirgan Qatron o‘z bandisini topolmay 
g'azablanib, maydonga qaytib keldi-yu, Sa’dga 
hamla qildi. Kuch-quwatda ikkala pahlavon teng 
edi. Shu payt Sa’d pir bergan munchoqni og‘ziga 
soldi-da, suvini zangining kiyimiga tufladi. Shunda


Qatronning ko'ziga uyqu kelib, u behol bolib qol­
di. Sa’d zangini yerdan ko'tarib olib boshi ustida 
tutib turar ekan, xalq qiy-chuv qilib yubordi. 
Yigit raqibini boshi ustida aylantirib turib, yer­
ga shunday urdiki, u tuproqqa naqshlangandek 
bolib qoldi. Tomoshabinlaming tahsin ovozlari 
osmon-u falakka yetdi. Shundan so‘ng Sa’d «Yana 
nima qilay, aytinglar», - degan edi, mulozimlar uni 
donishmand olim tomon olib borishdi.
Birinchi qo‘rg‘onni bosib otgan Sa’d ikkinchi 
qal’aga kirib borganida, uni ko'rgan hakim hayrat 
bilan boqar ekan, yigit Paylaqus hakim yozib ber­
gan maktubni uning qoliga tutqazdi. Donishmand 
xatni ochib, ustozining otini ko‘rdi-da, o‘pib yer­
ga bosh urdi. Ustozi o'zining ahvoli va Sa’dning 
muammolari haqida yozgan, xususan, uchinchi 
qal’adagi sehrni fosh qilishda yordam berishi- 
ni iltimos qilgan edi. Alloma: «Zol deb atalgan 
u sehrni men yasaganman. U yerda bir timsol 
bolib, uning atrofida ko‘zga tashlanib turadigan 
turli narsalar aslida mavjud emas. Sen u yerga 
borgach, qo‘rg‘on ichidagi zol-kampir timsoliga 
bir o‘q otsang, maqsadingga erishasan», - dedi. 
Sa’d shoh oldiga y o l oldi-yu: «Endi qaysi ishni 
bajaray?» - deb so‘radi. Mulozimlar uni uchinchi 
qal’adagi kampir timsoli tomon boshladilar. Sa’d 
kirgach, orqasidan ko'plab odamlar tomosha 
qilish uchun ergashishdi. Maydonda bir kampir 
timsoli vahimali qilib ishlangan bolib, uning atro­
fida bir necha ajdaho og‘zidan o‘t sochib turardi. 
SaM qoVquv bilmay ildam 
3
mrib bordi-da, kampir 
kolcragiga zarb bilan tepdi. Timsol o‘z yeridan 
tebranib, keyin butun a’zosi birma-bir to'kilib 
tushdi. Uning ko'rinishi odamga obcshagan bolib,


lattalarni bir-biriga yopishtirib yasalgan ekan. 
Atrofidagi ajdaholar ham qalbaki bolib, og'zidan 
otilayotgan o'tlar qizil ipak matolar ekan.
Sa’d sehrlami yo‘q qilgach, shoh qoshiga bordi. 
Hukmdor uni quchoqlab, yuzidan o‘pdi-da, far- 
zand deb qabul qilgani, o‘zini ota sifatida bilishini 
aytib, «Yashil jannat» degan gulshanga boshladi. 
U yerda «Yashil qasr» degan qasr mavjud bolib, 
shu yerda to^ boshlandi. Unga Shahrisabzning 
barcha xalqi qatnashdi. So‘ng farishta bilan pari 
quyosh bilan tong yulduzi kabi visolga yetishishdi. 
Oradan ko‘p o‘tmay, shoh olamdan ko‘z yumdi-yu, 
shahzoda uning taxtini egalladi. Sa’d kiyimlari va 
toj-u taxtini yashil rangli qilgach, yashil kiyimli 
ikki do‘stini vazir qilib tayinladi. Bo'ston sarviga 
o“xshagan gul yuzli mahbubasining barcha kiyim­
lari ham rayhon rangidagi ipakdan edi. Ikkovlari 
shodlikda g‘am bilmay yashadilar, ularning adola- 
tidan mamlakatu xalq ham xursand edilar. Yashil 
rang-bahor rangi, sabzayu o‘tloqlar rangidir. 
Xizming abadiy hayotga erishganligi sababi ham 
uning shu rangdan nishon topgani bolsa, ne ajab!
Musofir o‘z qissasini tugatgach, shoh Bahrom 
undan vatani va ajdodlarini so Vagan edi, u: «Men 
Shahrisabzning taniqli odamlaridanman, Sa’dning 
sulolasidan bolaman», - deb javob berdi. Shoh 
uning kimligidan xabar topgach, shaharga voliy 
etib tayinladbda qaygtilari unutilib, uyquga ketdi.
*
*
*
Seshanba kuni tong otgach, shoh Bahrom gul- 
rang kiyimlarini kiyib, gulgun taxt turgan gulgun 
uy ichiga kirib, gulgun qasrda may ichish istagini


bildirdi. Gulgun ipak kiyimli, gul yuzli sarvdek 
go‘zal mahbuba shohni ta’zim bilan kutib olib, 
ikkovlari gulrang taxtga chiqib o£
tirishdi-da, lal 
qadahlarda gulgun may ichib, yuzlari ham gul­
gun boldi. Kuni bilan bazm davom etib, qorong'i 
tushgach, shoh ko‘zi maydan qizargan bolsa 
ham, uyqu kelavermadi. Mulozimlar har kun- 
gidek yolga chiqib, so‘zga chechan bir musofimi 
boshlab kelishdi. Bahrom: «Parda orqasida otirib, 
boshidan otgan voqealardan gapirib bersin», - deb 
buyurgach, mehmon oldin shohga hamd-u sano 
aytib: «Shohning baxti behisob bolib, yuzi iqbol 
jomidan gulgun bolsin», - deb duo qilgach, o‘z 
afsonasini boshladi.

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin