«мл т*'1шн» «* иа Alisher Navoiy


Qilmasam, o'lsa ul muruvvat emas



Yüklə 10,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/168
tarix20.11.2023
ölçüsü10,71 Mb.
#162698
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168
Xamsa. Alisher Navoiy

Qilmasam, o'lsa ul muruvvat emas,
Oni yaxshi muruvvat ahli demas.
Kishi bu ishga chora qilmasmu,
Manga ahli haram topilmasmu?» -
deb oyiadi-da, mehmonga qarab: «Ey musofir 
yigit, g‘am yema, men bu dardingga davo qila ol­
aman, seni xonumoningdan ayirib sarson qilgan 
sohibjamol bizning eldan bolib, mening qarin- 
doshimdir. Seni maqsadingga yetkazaman, lekin 
sen mening aytganlarimni qilishing kerak», - dedi.
Farrux shodlikdan ko‘z yoshlarini oqizib, Axiy 
oyoglga bosh qoydi-da: «Agar mening dardimga 
darmon qiladigan bolsang, nimani buyursang, 
albatta, bajaraman», - dedi. Ikkovlari kelishib 
olishgach, mast holda uyquga ketdilar. Tong 
otgach, shahzoda xojaga boqib: «Agar va’dangni 
unutmagan bolsang, menga ne ishni buyur­
sang, tayyor turibman», - dedi. Xoja mehmonni 
hammomga, tanini chirkidan tozalashga yolladi. 
Qaytib kelgach, unga shohona kiyimlar kiydirish- 
di-da, qora palosidan ozod etishdi. Farrux shoho­
na otga minib, qasrdek zarnigor uy tomon yurdi.
Uni eshik oldida qoldirgan Axiy haramiga kir- 
di, gulchehra ayoli niyoz-u noz bilan kutib oldi.


Ikkovlari o‘tirishgach, xoja ayoliga murojaat qilib: 
«Tangri taqdiri bilan ikkovimiz shu paytgacha 
shod-u xurram yashab keldik, sening. ishlaring- 
dan mengina emas, balki xudo ham xushnuddir. 
Lekin bu ayyom ayrilish payti keldi», - dedi-da, 
hayratdan qotib qolgan parivashni taloq qildi. Axiy 
ayoliga hisobsiz mol-u pul, ko‘pdan ko‘p lal-u 
durlar berdi-da, so'ng: «Seni bir shahzodaga ni- 
koh qilaman», - dedi. Parivash har qancha faryod 
ko‘tarib, yalinib-yolborsa ham, xoja o‘z fikridan 
qaytmadi, nihoyat, rozilikdan boshqa chora 
yo‘qligiga tan bergan go'zalni shohona to^ qilib, 
Farruxga nikohlashdi. Keyin Axiy o‘z mehmoniga 
ko'plab yaxshi kiyingan qul-u cho'rilar, qimmat- 
baho matolar yopilgan tuya-yu xachirlami hadya 
qilib, yolga uzatdi-da, bir manzil yolga hamrohlik 
qilgach, ular bilan xayrlashdi-yu, yodgorlik bolsin 
deb Farruxning qora palosini so‘rab oldi.
Shahzoda yolda borar ekan, Axiyning qilgan 
ishlari haqida fikr yuritar, uning xayrlashish 
chog‘idagi g'amginligidan iztirob chekardi. Dilidagi 
hijron o‘ti alangasi pasaygach, Farrux o‘z go'zali 
huzuriga kirgan edi, yori ko'zlari yoshli ekani, 
jmzlarini timoqlari bilan majruh qilganini ко‘rib 
hayron boldi. Shahzoda uning g'amginligi saba- 
bini so‘ragan edi, gul yuzli mahbuba: «Har kimni 
taloq emas, nikoh xursand qiladi», - deb javob 
qildi. Farrux hayratga cho‘mib: «Ey parivash hur, 
so‘zlaringga tushunmadim. Taloq so‘zini nega til- 
ga olyapsan, vasl ichida firoq haqida gapirishing 
nimasi?», - deb so'ragan edi, oy yuzli sohibjamol 
ko‘zlaridan yosh tolcib, shahzodaga o ‘z sargu- 
zashtini so‘zlab berdi. Uning gaplarini eshitgan 
Farrux o‘zini halok qilishiga oz qoldi. Keyin u ham


tushda ko‘rgan yori visoliga yetish yolida chekkan 
azoblarini tola-tolcis so'zlab berdi. So‘ngra:

Yüklə 10,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin