Jahon shohlari ollida bir pashiz.
Chu haq shukru hamdin ado aylabon,
Vasiyat bu nav’ ibtido* aylabon.
K i:«Mendinki, y o ‘q mendek ozurdaye,
Ajal xayli ilgida pajmurdaye.
Senga, vayron bolgan tanimning joni, vujudim
kumush
lalining koni, so‘zim shuki, ayriliqlar,
uzoqliklar tufayli senga ko‘p azob-uqubat yetka-
zdim. Boshimga olam ochmoq degan orzu tushib
edi, u xayolim boshdan oyoq xom ekan. Aslida
jasadimga hush kirgandayoq,
aqlim kira bosh-
lagan bolalik choglarimdanoq senga o'glllik qilish
ni, doimo xizmatingda bolishni o‘z burchim deb
bilsam bolmasmidi? Bunday baxtga charx hasad
qildi, endi so'nggi chog'da o‘zimni oldirishimdan
ne foyda?
Qazoning boshimga solgan ishlaridan xabar
topsang, mening roziligimni ham e’tiborga olgin:
motamimni tutib oh-faryod kotarmagil. Jahonni
g‘am tunidek qaro qilmagin, ichingni quyoshdek
aslo kuydirmagin,
yoqangni tongdek chok qil-
may, oq sochlaringni sarig' yuzing uzra yoymagil,
boshqa onalar kabi yuzingni tirnamagil. Sabr
qilishga toqating yetmasa, quwating chidam bera
olmasa, katta bir ehson yiglni tuzgin-da, chor
atrofga xabar berib, jamoatni chorlagil. Behisob va
xilma-xil taom tayyorlagil-da, hammaning oldiga
osh torttirgil. Mehmonlar ovqatga qol urmoqchi
bolganlarida, marosimni boshqarayotgan kishiga:
«Bu oshdan olamda biron
yaqini yoki qarindoshi
tuproq ostida bolmagan kishilarginayesin», - deb
ayttir. Shundan keyin e’tibor berib qaragin-chi, bi
ron kimsa ovqatga qol urarmikan? Oshga kimdur
qol uzatsa, mening olimimga yiglab, aza tutib,
iztirob chekkil. Agar hech kim ovqatga qol urma-
sa, taomlardan hamma yuz o'girsa, biron kishisi
tuproqdan o‘rin olmagan inson jahonda yo'qligi
shu
xilda malum bolgach, sen ham bu ishdan
voz kechgil. Bu sohada bor olam eliga hamdard
bolgin-u, mening g‘amimda anduh-azob chekish-
dan voz kechgil. Sen ham ulardek bandasan. Haq
rizosiga rizomand bol, qazo ne qilsa ham, xursand
bol. Men yaxshi bolsam ham, yomon bolsam ham
umr omon bermay olamdan ketyapman, vaqting
bolsa, bir necha kun Haq yodini ko'nglingdan
chiqarmay:
Dostları ilə paylaş: