Moliya huquqi



Yüklə 351,64 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü351,64 Kb.
#114542
1   2   3
Moliya huquqi SALOH 6

Budjet tuzilishi

  • Budjet tuzilishi — byudjet tizimining tashkil etilishi, uni tuzish prinsiplari hamda bu tizim ayrim boʻgʻinlari oʻrtasidagi oʻzaro aloqa. Davlatning Budjet tuzilishi byudjetlarning turlari, ularning har biri yoʻnalishi (byudjet tizimi), byudjetlar ayrim turlari oʻrtasida daromadlar va xarajatlar taqsimlanishi, ular funksiyalarining prinsiplari, vakolatli va ijroiya xokimiyati markaziy va mahalliy organlarining vakolatlarini belgilab beradigan yuridik normalarga asoslanadi. Demak, oʻz mazmuniga koʻra Budjet tuzilishi tushunchasi byudjet tizimi tushunchasiga nisbatan ancha keng ekan. Bizning Respublikamiz byudjet qonunchiligida esa, ushbu teng boʻlmagan tushunchalar oʻrtasida tenglik belgisi quyilgan boʻlib, „Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 4-m.sidagi taʼrif bunga dalil boʻla oladi.

Mahalliy byudjetlar

  • Mahalliy byudjetlar - davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablagʻlari jamgʻarmasini tashkil etuvchi bir qismi. Mahalliy byudjetlarda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqsori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar sarfi yoʻnalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari mahalliy soliqlar va yigʻimlar hamda toʻlovlardan tashkil topadi. Mahalliy byudjetlarning mablagʻlari hududiy rivojlanishning moliyaviy manbalaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetining ajralmas qismidir.
  • Oʻzbekiston hududida birinchi Mahalliy byudjetlar dastlab Oʻrta Osiyoda Rossiya mustamlakachilik hukmronligi oʻrnatilganidan keyin shahar va viloyat byudjetlari sifatida 19-asrning70-yillaridan shakllana boshladi. Keyinchalik uyezd byudjetlari tuzildi. Bu byudjetlarning hajmi aholining soni va ehtiyojlarini eʼtiborga olmay, chor Rossiyasining Turkiston general-gubernatorligi markaziy apparati amaldorlari tomonidan belgilanar va eng koʻp qismi boshqaruv, politsiya, sud organlariga sarflanardi.
  • Oʻzbekistonda birinchi marta zamonaviy koʻrinishdagi Mahalliy byudjetlar 1924—25 yillarda vujudga keldi (qarang Davlat byudjeti). OʻzRda Mahalliy byudjetlarning daromad manbalari ichida qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻidan normativlar boʻyicha ajratmalar yetakchi oʻrinni egallaydi. Bundan tashqari, resurslar soliqlari va boshqa soliqlar (suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, ekologiya soligʻi, infratuzilmani rivojlantirish soligʻi va boshqalar) ham Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda qatnashadi.

Yüklə 351,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin