Muallifdan



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə81/89
tarix07.01.2024
ölçüsü0,62 Mb.
#203322
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

Undalma


So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxsni bildirgan so‘z undalma deyiladi. Undalma, odatda ikkinchi shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Bahor, ketma bizning bog‘lardan! (O) Karim Sodiqovich, majlis ertaga bo‘ladimi?
Bir so‘z bilan ifodalangan undalma yig‘iq undalma hisoblanadi. Uyga kir, Homid. So‘z birikmasi bilan ifodalangan undalma yoyiq hisoblanadi: O‘g‘lim Ko‘kan, senga aytar bir so‘zim bor. (G‘.G‘)
Undalma uyushib kelishi ham mumkin: Xayr, yashil o‘rmonzor, moviy dengizlar!

Kirish so‘z


So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga munosabatini bildirgan so‘z kirish so‘z deyiladi. Kirish so‘z ma’no jihatidan quyidagilarni bildiradi:

  1. Ishonch va tasdiqni: albatta, shubhasiz, ma’lumki, haqiqatan (ham), darhaqiqat.

  2. Gumonni bildiradi: ehtimol, shekilli, balki.

  3. Bayon qilingan fikrning kimga qarashli ekanini bildiradi: menimcha, mening fikrimcha, uning aytishicha, aytishlaricha, sizningcha.

  4. Shodlik yoki achinishni bildiradi: baxtimga, baxtga qarshi, attang, afsuski, esiz.

  5. Bayon qilingan fikrning tartibini bildiradi: birinchidan, ikkinchidan, avval, oxiri, nihoyat.

  6. Bayon qilingan fikrning oldingi fikr bilan bog‘liqligini bildiradi: demak, shunday qilib, umuman, aksincha, aks holda, xullas, shuningdek, ayniqsa, asosan, binobarin, xususan.

  7. Tasdiq yoki inkorni bildiradi: ha, yo‘q, mayli, to‘g‘ri.

Kirish birikma. So‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga munosabati birikma orqali ifodalansa, kirish birikma hisoblanadi;
Tabibning ta’biricha, tuzalmaydigan kasal yo‘q.
Kirish gap so‘zlovchining o‘zi bayon qilgan fikriga qo‘shimcha mulohazasini bildirgan gapdir. Yalpiz(cho‘l yalpizini aytayotganim yo‘q) oshga solinadi. Akam, keksa tabib aytdi, tuzalib ketar ekanlar.
Kirish gap odatda vergul bilan ajratiladi. Agar kirish gap yoyiq bo‘lsa, tire qo‘yiladi yoki qavsga olinadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin