masofaviy ta'lim yo‘lga qo‘yildi. Dublin o‘quv dasturi deskriptorlariga
muvofiq, modulli ta'lim
dasturlari, sillabuslar ishlab chiqilyapti,
malakalar kvalifikatsiyasining milliy dasturi yaratildi.
– «ECTS» (yevropa Kredit Transfer tizimi) joriy etildi, «ECTS»
qoidalarini qabul qilish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma qabul qilindi (bu
qo‘llanma 2015 yilning 14-15 may oyida yevropa mamlakatlarining
ta'lim vazirlari konferensiyasida tasdiqlangan).
– Xorijiy o‘qituvchilar va maslahatchilarni
taklif qilish davlat
buyurtmasi doirasida va universitetlarning byudjetdan tashqari
jamg‘armalari hisobidan amalga oshirilyapti. 2009 yildan 2014 yilgacha
bo‘lgan davrda 6927 nafar xorijiy olim va maslahatchi taklif qilindi.
– Bugungi kunga kelib Qozog‘istonning 19 mingga yaqin fuqarosi
dunyoning 35 mamlakatida ta'lim olishyapti va ta'lim, ilm-fan sohasidagi
hamkorlik geografiyasi har yili kengayib bormoqda. Chet elda
talabalarni o‘qitish quyidagicha amalga oshiriladi: xalqaro ta'lim
almashuvi;
chet
el
hukumatlari
va
xalqaro
tashkilotlarning
stipendiyalari;
Qozog‘iston
Respublikasi
“Bolashak”
xalqaro
stipendiyasi yordamida.
– Hozirgi kunda Qozog‘istonning 50 dan ortiq universitetlari Buyuk
Britaniya,
Irlandiya, Ispaniya, Chexiya, Germaniya, AQSh va boshqa
yetakchi davlatlar universitetlari bilan ikki
diplom daraja sistemasida
ta'lim olib bormoqda.
– Ta'lim sifatini ta'minlash borasida xalqaro hamkorlikni
rag‘batlantirish uchun Qozog‘iston Respublikasi Ta'lim va fan vazirligi
tomonidan Akkreditatsiya agentliklari milliy reestri tashkil etildi. Bu
reestr Qozog‘iston Ta'lim sifatini nazorati bo‘yicha mustaqil agentligi
(IQAA)
(https://iqaa.kz/bolonskij-protsess/voprosy-i-otvety-bolonskij-
protsess ) bilan birgalikda 8 ta xorij agentliklarini o‘z ichiga oladi va
ular birgalikda qiyosiy mezon va metodologiyani
ishlab chiqish uchun
hamkorlik qiladilar. 2009 yildan 2015 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida
IQAA 50 ta universitetni va 1100 dan ortiq dasturni institutsional
akkreditatsiyadan o‘tkazdi, bunda dunyoning 25 mamlakatidan 153
xorijiy ekspert, 1100 nafar mahalliy ekspert, shu jumladan, 190 talaba va
200 dan ortiq ish beruvchilar jalb qilindi. Agentlik oliy ta'lim sifatini
ta'minlash uchun akkreditatsiya standartlarini yevropa oliy ta'lim
sohasidagi mavjud standartlar va qo‘llanmalar bilan muvofiqlashtirish
ustida ishlamoqda.
– Qozog‘istonda Respublika Ta'lim va fan
vazirligi qoshida Boloniya
jarayoni va akademik mobillik markazi amaliyot olib boradi. Uning
asosiy maqsadi oliy ta'lim tizimining raqobatbardoshligini ta'minlash
maqsadida Qozog‘iston Respublikasida mamlakat va Universitet
darajalarida Boloniya jarayonining kelishilgan prinsiplarini to‘g‘ri va
to‘liq amalga
oshirishga ko‘maklashishdan iborat (http://enic-
kazakhstan.kz/ru/about/o-centre ).
Dostları ilə paylaş: