Mulkchilik va uning shakllari Mundarija Kirish I. Bob. Mulk


I.BOB. Mulk 1.1. Mulkchilikning turli shakllari



Yüklə 86,61 Kb.
səhifə2/24
tarix19.02.2022
ölçüsü86,61 Kb.
#52819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
mulkchilik

I.BOB. Mulk

1.1. Mulkchilikning turli shakllari

Mulk –ishlab chiqarishning zarur sharti va ishlab chiqarilgan boyliklarning o`zlashtirilishi natijasi hisoblanadi. Insonlar buyumlarni, ne'matlarni o`ziniki qilib olgandagina o`zlashtirishlari mumkin, chunki jamiyatda o`zganiki bo`lgan ne'matlarni o`zlashtirib bo`lmaydi.Har bir shaxs mulkdor bo`lish huquqiga ega bo`lib,o`z mulkidan ixtiyoriy ravishda va istalgan vaqtda foydalanadi. Mulk sohibi o`z mulkiga mustaqil tayanib ish ko`radi.

Mulk ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni egallash, foydalanish va ularni tasarruf etish sohasida bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarning majmui sifatida ta'riflanishi ham mumkin. Jamiyatning iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish bilan chambarchas bog`liq bo`lib, zero, hech qaysi bir mamlakatni mulkchilik munosabatlarisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. O`zbekiston Respublikasi Mulkchilik to`g`risidagi qonuniga ko`ra, mulkdor o`ziga tegishli mol-mulkka o`z ixtiyoriga ko`ra egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Bunga asosan mulkdor o`z mulkiga bo`lgan huquqlarini ixtiyoriy ravishda o`z xohishiga ko`ra amalga oshiradi. Mulkdorning o`z xohishi deyilganda, uning o`z erki, irodasi bilan o`zining, shuningdek boshqalarning yoki ijtimoiy manfaatlarini ko`zlab birovning tazyiqisiz, zo`rlashsiz harakat qilishi nazarda tutiladi.

Mamlakatimizda kichik va o`rta biznes, xususiy tadbirkorlik yetakchi rol o`ynaydigan ko`p ukladli iqtisodiyot jadal shakllanmoqda. Kichik biznesni rivojlantirishni rag`batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar, tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo`yicha samarali mexanizmning amalda joriy etilgani iqtisodiyotimizda katta ahamiyatga ega bo`lgan xususiy tarmoqni yanada rivojlantirish va mustahkamlash imkonini berdi5.

O`zbekiston Respublikasi “Mulkchilik to`g`risida”gi qonuniga ko`ra, mulkdor o`ziga tegishli bo`lgan mulkka egalik qiladi, foydalanadi hamda tasarruf etadi.

Mulkni egallash huquqi –Mulkni qo`lda yoki unga nisbatan o`z huquqlarini amalga oshiradiga imkon beruvchi biron joyda saqlab turishga aytiladi. Birovning o`g`irlatgan yoki yo`qotggan mulkini qo`lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi.

Mulkdan foydalanish huquqi-Mulkning foydali xususiyatlarini olishga, mulkdan iqtisodiy maqsadlarda foydalanishga tushunamiz. Mulkdan foydalanish huquqi, mulkni egalik qilish huquqi bilan uzviy ravishda bog`liqdir.Negaki mulkka egalik qilmay turib, undan foydalanib bo`lmaydi. Ya'ni xalq ta'biri bilan aytganda, yo`q narsadan bor qilib bo`lmaydi. O`zganinig mulkidan kelishuvsiz, qonunda ko`rsatilmagan tartibda foydalanilsa, noqonuniy foydalanish deb topiladi.

Mulkni tasarruf etish huquqi – Mulkning taqdirini belgilashga, mulk yuzasidan boshqa shaxslar bilan bo`ladigan huquqiy munosabatni belgilash, o`zgartirish, yoki bekor qilishga qaratilgan huquqga aytiladi.Agar shaxs qonuniy ravishda tasarruf etgan bo`lsa, boshqa shaxslar bilan mulk yuzasidan bitimlar , shartnomalar shuningdek , mulkni sotish, hadya qilish, ijaraga qo`yishi mumkin.

Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasining 17-moddasida ko`rsatilishicha: Har bir inson yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqiga ega. Hech kim zo`ravonlik bilan o`z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas.

Mulkdorlar o`zlariga tegishli bo`lgan mol-mulkdan qonunga zid holda foydalanishga, birovlarning mulkiy huquqlarini kamsitishlariga yo`l qo`yilmaydi. Oddiy misol qilib, agar shaxs biron-bir ko`p qavatli uy qurmoqchi bo`lsa, albatta qo`shnisining roziligini olib, keyingina uy qurishligi mumkin. Agar o`zboshimchalik bilan bu harakatni amalga oshirsa , tegishli tartibda harakati asossiz deb topiladi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 54-moddasida shunday deyiladi: Mulkdor mulkdan foydalanishda ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar , yuridik shaxslar va davlatntng huquqlarini hamda qonuniy bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart.

Fuqarolik Kodeksining 192- moddasiga ko`ra , yo`qolgan ashyoni topib olgan shaxs bu haqda uni yo`qotgan shaxsni yoki ashyo egasini yoxud uni olish huquqiga ega bo`lgan o`zga ma'lum shaxslardan birontasini darhol xabardor etishi hamda topilgan ashyoni shu shaxsga topshirishi shart.

Fuqarolik Kodeksining 193- moddasiga asosan, agar olti oy mobaynida topilmaning egasi aniqlanmasa, ashyoni topib olgan shaxs unga egalik huquqini qo`lga kiritadi.

Mulk shakli deganda- Moddiy ne'matlarni muayn subyektlarga tegishli bo`lishini mustahkamlovchi va tegishli mulkning huquqiy rejimini belgtlovchi huquqiy me'yorlar yig`indisidan iborat.6

O`zbekiston Respublikasi FK ning 167-moddasiga O`zbekiston Respublikasi quyidagi mulk shakllari mavjud:

1. Xususiy mulk.

2. Ommaviy mulk.

Shu bilan birga xususiy mulk ham bir necha turlarga bo`linadi: a) yakka shaxsga tegishli mulk.b)nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk esa: a) O`zbekiston Respublikasi mulki. b) ma'muriy tuzilmalar mulki.(munitsipal mulk).

O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Demak davlat barcha mulk shakllarini himoyalaydi, ularga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Agar mulkdor qonundan chetga chiqqan holda faoliyat olib borsa, o`ziga tegishli bo`lgan mulkdan mahrum bo`lishi mumkin. Fuqaro mulki xususiy mulkning o`ziga xos ko`rinishi bo`lib, mulkning boshqa turlariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega:

1. Mulkdor har doim konkret shaxs bo`ladi.

2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin bo`ladi.

3. Bunday mulk tashmachilik, o`g`rilik, xo`jasizlikning qurboni bo`lish ehtimolidan uzoq bo`ladi.

O`zbekiston Respublikasi FK ning 209-moddasiga asosan xususiy mulkning subyektlariga quyidagilar kiradi:

-uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-ro`zg`or buyumlari;

- aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog`ozlar;

-ishlab chiqarish; xizmat ko`rsatish , savdo va boshqa xo`jalik faoliyati sohasidagi korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshooatlar, uskuna, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari;

-ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatining boshqa natijalari;

- iste'mol qilishga va ishlab chiqarishga mo`ljallangan har qanday boshqa mol-mulk qonunlarga muvofiq xususiy mulk bo`lishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno.

O`zbekiston Respublikasida ommaviy mulkning, xususiy mulk singari bir qancha turlari mavjud. Bularga:

a) O`zbekiston Respublikasi mulki.

b) ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulki ( munitsipal mulk)

O`zbekiston Respublikasi mulkiga quyidagilar kiradi: davlatga tegishli bo`lgan mol-mulk, yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo`shlig`i, o`simlik va hayvonat dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar.

O`zbekiston Respublikasi ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulkiga esa quyidagilar kiradi: mahalliy budjet mablag`lari, munitsipal uy-joy fondi va komunal xo`jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog`liqni saqlash massasalari.

O`zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning mulk turlari quyidagicha turlanadi:

a) mahalla mulki. b) ijara korxonasining mulki.v) xo`jalik shirkati mulki.g) diniy tashkilotlarining mulki.ye) jamoat birlashmalarining mulki.

Chet el fuqarolariga O`zbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik qilish huquqi beriladi. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o`tkazilishini kafolatlaydi. O`zbekiston iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan keng miqiyosdagi islohatlar shu kafolatlar mavjud ekanligidan kelib chiqib olib borilmoqda

Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari bo'lishini shart qilib qo‘yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Mulk obyekti boʻlib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy bo‘g‘in- bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo'ladi.



Mulk subyekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk obyektini 0‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti boʻlib chiqadi.
Mulkka egalik qilish mulkning egasi qoʻliida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o ‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qoida bolmadi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qoʻllanilishidir.

Mol-mulkni oʼzlashtirish yuz berganda, u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro‘y beradi.

Yüklə 86,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin