Muloqot va shaxslararo munosabatlar psixologiyasi


Muloqotning kommunikativ jihati



Yüklə 199,43 Kb.
səhifə2/10
tarix23.10.2023
ölçüsü199,43 Kb.
#160013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
muloqot

Muloqotning kommunikativ jihati. Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan muloqot vositasi til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Tilning ushbu maqsad uchun tanlangan so‘zlar mohiyatiga ko‘ra kodlashtirgan holda axborotni ma’lum qilayotgan kishi ham, bu mohiyatning kodini ochgan, ya’ni uning ma’nosini oshkor etgan va ana shu axborot asosida o‘z xulq-atvorini o‘zgartirgan holda bu axborotni qabul qilayotgan kishi ham tushunadi.
Axborotni boshqa kishiga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlarga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta yagona sistemasidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak bo‘ladi. Agar kommunikator va retsepient kodlashtirishning turli xil sistemalarini qo‘llasalar, ya’ni bir-birlariga noma’lum bo‘lgan “til”da so‘zlashsalar, bu holda ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va hokazolar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotgan shaxslarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot ayirboshlash mumkin bo‘ladi.
Mohiyat – tevarak-atrofdagi voqelikni bilishni ifoda etadigan qism sifatidagi mazmunga ega bo‘lgan so‘zlar belgisi tizimidir. Bunda so‘zlar belgilari tizimi hayot kechirish, ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va uzatish vositasi sifatidagi tilni tarkib toptiradi. Ijtimoiy tajriba to‘plash va uzatish vositasi sifatidagi til aniq tovushlardan foydalangan holda o‘y-fikrlar almashinuvi, axborot berishni amalga oshiradi.
Muloqotning psixologik vositalari. Odamlar bir-birlari bilan muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko‘zlagan maqsadlaridan biri – o‘zaro bir-birlariga ta’sir ko‘rsatish, ya’ni fikr-g‘oyalariga ko‘ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o‘zgartirish va yaxshi taassurot qoldirishdir. Turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta’sir ko‘rsata olish –psixologik ta’sir deyiladi.
Psixologiyada psixologik ta’sirning asosan uch vositasi farqlanadi:
Verbal ta’sir – bu so‘z va nutq orqali ko‘rsatadigan ta’sirlardir. Har qanday nutq ko‘rinishida odam o‘zidagi barcha so‘zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so‘zlarni topib, sherigiga ta’sir ko‘rsatishni xohlaydi.

Yüklə 199,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin