N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§7.2. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari, turlari, asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə43/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§7.2. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari, turlari, asosiy mezonlari va ko‘rsatkichlari
Iqtisodchi olimlar o‘rtasida ommaviy ishsizlikning haqiqiy sabablari qandayligi to‘g‘risida turlicha qarashlar mavjud.
Ma’lumki, J.M.Keyns «…ishsizlikning davosi sifatida ish haqini pasaytirish g‘oyasini qat’iy inkor etib, o‘ziga investitsiyalar, davlat xarajatlari va sof eksportdan tashqari iste’mol xarajatlarini – bunda ham so‘nggi – umumiy talabning asosiy qismini ham qamrab oladigan umumiy talabdan kelib chiqadi».
Fikrimizcha, O‘zbekistonda ishsizlikning paydo bo‘lishi va o‘sish tarixi aynan Keyns qarashlarining to‘g‘riligini isbotlaydi. Ishsizlar rasmiy ro‘yxatga olingandan boshlab, ishsizlik darajasi ma’lum darajada muntazam ortib boradi, ishga joylashtirish qanchalik yuqori bo‘lsa, ishsizlik darajasi shunchalik past bo‘ladi.
Ish bilan bandlikning keskin kamayishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar (davlat sektorining kamayishi), inflyasiya hamda xo‘jalik yuritishning muqobil shakllari (xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari) etarlicha tez o‘smaganligi tufayli ko‘pgina korxonalarda moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga keladi. Bularning hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat ta’siri qisqaradi, investitsiya faoliyati sustlashadi, iste’mol xarajatlari esa inflyasiya ta’sirida turmush darajasining yomonlashuvi tufayli birmuncha kamayadi.
Aholining ish bilan bandlik dinamikasi, YAIM bilan ishsizlik o‘rtasidagi bevosita aloqaning tasdiqlanmasligi dastlabki qarashda mantiqan zid hodisadir. Ikkita dalil kishini hayratga soladi: birinchidan, ishsizlikni YAIMning o‘sishiga qiyosan ilgarilovchi qisqarishi; ikkinchidan, ish bilan bandlikning kamayishi bilan birga ishsizlikning qisqarishi.
Fikrimizcha, bu hodisalarni faqat statistik xatoliklar va ishsizlik maqomini berish shartlarining murakkablashuvi bilan izohlab bo‘lmaydi. Ko‘rinishidan yaxshi bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlaridan ish bilan bandlikning kamayishini ikkita sabab bilan izohlash mumkin:


Birinchidan, yashirin ishsizlikning yuqori darajasi saqlanganligi, u o‘z potensialini xatto ayrim barqarorlik sharoitlarida ham ochiq bozorga chiqarib turadi.

Ikkinchidan, yashirin ish bilan bandlikning ko‘payishi, u ishchi kuchi va ishsizlarning sezilarli qismini ochiq mehnat bozoridan tortib turadi.
Respublikamizda mavjud ishsizlik va uning salbiy oqibatlari quyidagi rasmda o‘z ifodasini topgan.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin