N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§12.3. Amaliy tadqiqotlarni prognozlash



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə89/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§12.3. Amaliy tadqiqotlarni prognozlash.
Amaliy tadqiqotlar mohiyatan ikki vazifasi mavjud: birinchidan, u fundamental tadqiqotlarni tahlil qilish yangi ish qurollari (texnika,texnologiya, materiallar va boshqalar) yaratish maqsadida uni rivojlantirish; ikkinchidan ishlab chiqarish jarayoni holatini tahlil qilish, hamda mavjud texnika asosida yangi texnika asosini yaratish va ularni amaliyotga keng joriy etishdan iborat. Amaliy tadqiqotlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: yo‘riqnoma, normalar, uslubiyot, me’yorlar, me’yor aktlarning asosliligi bilan yaratilgan amaliy ilmiy tadqiqot natijalari va ularni bevosita amaliyotga joriy qilishdan iborat bo‘lib ob’ekt sifatida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qamrab oladi.
Amaliy tadqiqotlarlarni prognozlashning asosiy belgilari quyidagilar: tadqiqotga ketgan xarajatlar hajmi, kerakli materiallar miqdori, moliyaviy resurslar miqdori, ilmiy xodimlarning malakasining oshishi, yangi mutaxasislarga bo‘lgan talab, tadqiqotning moddiy ta’minlanganligi, tadqiqotga bo‘lgan talab va ehtiyoj.
Ilmiy ishlanmalar deganda konstruktorlik, texnologik, loyihalar asosida yangi texnikalar, texnologiyalar, mahsulotlar, hamda ishlab chiqarilgan mehnat jihozlari va qurollarini modernizatsiyalash ularni tajribalardan o‘tkazish tushiniladi. Ishlanmalar amaliy tadqiqotlargi o‘xshab ketadi, lekin u davlat standartlariga javob berishi kerak. ularni amalga oshirishda quyidagi talablar mavjud: konstruktorlik va texnologik ishlanmalar ustidan ishlash tartibi, tajriba na’munalari, tajriba partiyasi, ommaviy ishlab chiqarish uchun tayyorligini tekshirish. Konstruktorlik- tajribaviy ishlanmalar tarmoq ilmiy tekshirish tashkilotlari konstruktorlik loyiha tashkilotlar hamda konstruktorlik va texnologik ishlab chiqarish byurolar birlashmalar tomonidan sanoat tashkilotlari tarkibida amalga oshiriladi.
Asosiy tarmoqlarning ilmiy tekshirish institutlari tomonidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va ishlanmalarga kerakli ishchi kuchi, ularning vazifalari belgilangan boshqaruv tashkilotlar tomonidan belgilanadi. Agar yangi texnologik jarayon seriyali ishlab chiqarishga to‘la tayyor bo‘lsa, tajribaviy konstruktorlik ishlanmalar yakuniga etkazilgan bo‘lib hisoblanadi. Ishlanmalarning yakuniy mahsuli ixtiro uchun berilgan ariza, chizmalarning yangi texnika yaratishga tayyorligi haqidagi ma’lumotlarda, texnologiyani o‘zgartirish, ya’ni mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorligi haqidagi ma’lumotlarda, texnologiyani o‘zgartirish, ya’ni yangi boshqaruv sistemasi, yangi sexlarni barpo etish loyihalarida ifoda etiladi. Ilmiy-texnik taraqqiyotn prognozlash yuqori darajada murakkab bo‘lganligii uchun kollentiv ekspertlar usullaridan ko‘proq foydalaniladi.
Ilmiy texnika ishlanmalarni prognozlashtirishning asosiy vazifasi bu mavjud ishlanmalar o‘rtasidagi eng yaxshisini tanlash, uning mehnat samaradorligiga ta’siri, har bir mahsulotga bo‘ladigan xarajatlarning kamayishi, ishchi xizmatchilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirilishi, tabiiy resurslardan ratsional faydalanish, atrof muhitga ta’siri kabilarni o‘z ichiga oladi.
Ekspluatatsiya bosichida yangi texnika ishlab chiqaruvchilar iste’moli mumkin bo‘ladi. YAratilgan mahsulot va texnika, ma’naviy va jismoniy eskirgandan so‘ng, u seriyali ishlab chiqarish va ekspluatatsiyadan chiqariladi. SHu bilan ixtironing hayotiy sikli tugaydi. Zamonaviy ilmiy taraqqiyoti shartlaridan biri bu, nafaqat tadqiqot ishlanmalarning tadiqot davrining qisqa bo‘lishi, balki uning iste’mol davrini ham qisqartirishdan iboratdir. Rivojlanganmamlakatlarda texnika texnologiyalarni ma’naviy eskirish davri 3-5 yilni tashkil qiladi.

Ilmiy texnika taraqqiyotining bosqichlarini tahlil qilish, ularni bir biridan farqi va vazifalarini aniqlab beradi. Ular nafaqat maqsadi balki faoliyati ko‘rsatgichlari mohiyati bilan ham farqlanib turadi. Masalan, fundamental izlanish bosqichi vazifasi yangi ilmiy g‘oyalarni paydo bo‘lishiga asos bo‘ladi, izlanishlar bosqichida esa iqtisodiy texnik ko‘rsatgichi eng yaxshisi tanlanadi. Bundan tashqari, vazifalarni tahlili natijasida birinchi bosqichiga nisbatan oxirgi bosqichida, uning matematik modelini shakllantirish, bir tizimga keltirish osonlashadi. Buning natijasida ishlanayotgan yangilikni amliyotga qo‘llanishi haqidagi qarorni qabul qilish imkoni oshadi. SHu bilan bir qatorda, prognoz uslubarini shakllantirishda prognozning qanchalik amaliyotda qo‘llanishini e’tiborga olish lozim bo‘ladi. Agar prognozlashtiriladigan jarayonda tez o‘sishi kuzatilsa, bu holda ekspert usulidan foydalanib ushbu o‘zgarish sababi va u sodir bo‘layotgan vaqt qatorini baholash zarur bo‘ladi, evolyusion jarayonni statistik va boshqa shakllangan usullardan foydalaniladi. Ilmiy texnika taraqqiyotini har bir bosqichini prognozlashda quyidagicha ketma-ketlikka amal qilinishi lozim: fundamental va amaliy tadqiqotlarni prognozlashda tizimli tahlil va sintez usulidan, ekpert baholash usulidan, ssenariylardan, “maqsadlar daraxti”ni tuzishdan, morfologik tahlillardan foydalanish kerak. Bu muammolarni bir tizimga keltirish, qarorlarni maqsadli natijalarini topish, ko‘p sonli baholash variantlarini tuzish, tadqiqotning eng maqbul yo‘nalishini tanlash va boshqa bir qator imkoniyatlar yaratadi. Bu bosqichda ma’lumotlarning etarli bo‘lmaganli sababli statistik usullardan foydalanish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, hamda prognozlashtirilayotgan jarayon qanday xususiyatga ega ekanligini aniqlash qiyin bo‘ladi. Ushbu holatda bevosita ekspert usullaridan keng foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin