N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§13.2.CHakana savdo aylanmasi va talabni prognozlash



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə91/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§13.2.CHakana savdo aylanmasi va talabni prognozlash.
Talab iqtisodiy kategoriya sifatida, boshqarilmas xususiyatga ega bo‘lib u taklif bilan bevosita bog‘liqdir. Taklif deganda bozorga istemol uchun kiritilgan tovar va xizmatlar yanekim bozorga olib kelingan yoki olib kelinayotgan mahsulotlar tushuniladi. Aholi turmushining turli xil o‘sishi jamiyat istemoli o‘siga olib kelib, bu tafovutni qondirishda chakana sovdo aylanmasining ahamiyatini oshirib boradi.
CHakana savdo aylanmasi tushunchasi mohiyatan aholining shaxsiy daromadlarini tovar ayriboshlash jarayonidir. Istemolchilar talabi bu to‘lov qobiliyati tushunchasi demakdir, to‘lov qobiliyati bu moddiy boylikka egalik qila olishdir. Oziq-ovqat mahsulotlari, ustki kiyimlar, oyoq kiyimlari, gazlamalar, xo‘jalik mollari va shu kabilar, prognoz ob’ekti hisoblanadi.
Aholining ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga bo‘lgan talabini prognozlashtirish natijalari, shaxsiy istemolning yaqqol ko‘rinishini aks ettiradi, bu orqali ishlab chiqarishni mavjud talab asosida rejalashtirish, iqtisodiy tarmoqlar va ularning garuxlari rivojlanishi, optimal rejalashtirish, chakana savdo aylanmasini rejalashtirish imkonini beradi.
Talab va chakana savdo aylanmasini prognozlash aholi turmush darajasi bilan chambarchas bog‘liq. Va chakana savdo aylanmasini prognozlashda, prognoz yo‘nalishi va harakteriga qarab turli usullardan foydalaniladi. Masalan: balans usuli, sotiladigan va sotilmaydigan tovarlarning kelajakdagi holatini aniqlash uchun foydalaniladi. Ijtimoiy tahlil usuli, aholi istemolini hozirgacha bo‘lgan talabini aniq belgilash va shu asosida kelajakni prognozrashda kerak bo‘ladi.
Talab va chakana savdoni qisqa muddatli prognozlashtirishda me’yor usullardan foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat tovarlarni rotsional istemol normasiga, hamda uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarning taminlanganlik darajasiga asoslanadi.
Iqtisodiy matematik modellashtirish usuli talab va chakana chavdo aylanmasi tarkibini o‘rta muddatli prognozlashda foydalaniladi. Ekspert usuli yordamida mutaxasis va ekspertlarning fikriga asoslanib kelajakda tovar va chakana savdo aylanmasining qay holda bo‘lishi taxmin qilinadi.
Prognozlashtirishning turli xil usullari ko‘rib chiqilayotgan jarayonga nisbatan prognozlash faoliyatiga qarab ikki xil yo‘nalishda bo‘lishi mumkin: aniq yo‘naltirilgan va tatqiqot maqsadida. Aniq yo‘naltirilgan usulda oldindan belgilangan maqsadga mavjud holatning dinamikasi yordamidaqancha vaqt oralig‘ida erishish tushuniladi. Tadqiqot usuli hozirgacha mavjud holat dinimikasini kelajakda qanday natijalar kutilayotganligini bilish maqsadida qo‘llaniladi.
SHuni takidlab o‘tish joizki, bazi bir mahsulotlarni istemolini prognozlashtirilgan vaqt oralig‘ida amaliyotda kamdan-kam uchraydi. SHuning uchun aniq yo‘naltirilgan ko‘rsatgichlarni kiritishimiz kerak, istemolni qondirilishini ifodalovchi koefitsent ko‘rinishida, uning hisob kitobi chiziqli regressiya ko‘rinishida bo‘ladi   (bu erda   tenglikning parametrlari; t-vaqt). So‘ng ushbu koeffitsent miqdori va iste’mol normasi qiymatlarini qo‘yib prognozlashtirishimiz mumkin.
Amaliyotda prognozlashtirish uchun regressiya tahlilidan keng qo‘llaniladi. Uni talab va chakana savdo aylanmasida qo‘llash uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: bazis davr asosida prognoz ishlab chiqiladi, va kelajakni ifodalovchi bo‘lishi kerak; korrelyasion bog‘lanishi kuchli bo‘lishi kerak; o‘tgan davrni kelgusi davr bilan bog‘lash uchun regressiya tenglamasiga qo‘shimcha o‘zgaruvchi kiritish kerak.
Umumiy ovqatlanish sohasida chakana savdo aylanmasini prognozlashni misol tariqasida ko‘rib chiqamiz. O‘zgaruvchi omil sifatida aholining real daromadlarini, har 1 ming aholiga to‘g‘ri keladigan umumiy ovqatlanish joylari sonini olamiz.
SHuni ta’kidlash kerakki, modelni boshlang‘ich ishlovida model uchun omillarni tanlash muhim bo‘lib hisoblanadi. Modelda omillarning ko‘payish, unga murakkab matematik apratdan foydalanishni taqazo etadi. Undan tashqari omillar va kuzatuvlar soni chegaralangan.
Talab va chakana savdo aylnmasini iqtisodiy matematik modeli orqali prognozlashda, tuziladigan modelda kiritilayotgan omillarni tanlashda modelga eng kuchli ta’sir etuvchi talab va chakana savdo aylanmasini hosil qiluvchi omillar modelga kiritish kerak.
Bu jarayon o‘sish sura’tlarini kompyuter orqali hisoblab uni chiziqli yoki ko‘rsatgichli bog‘lanishga ega ekanligini ko‘ramiz.
CHiziqli model-y=  ;
Ko‘rsatgichli model- y= ;
bu erda   - regressiya koeffitsenti.
Prognozlashtirish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Birinchidan tanlangan omillarning chakana savdo aylanmasi bilan bog‘liqlik darajasini baholashimiz kerak. Keyin jarayon uchun eng maqbul omil tanlanib, prognozlashtiriladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin