N. M. Maxmudov, M. T. Asqarova, I. Yu. Umarov


§14.2. Demografik jarayonlarni prognozlashga tasir etuvchi omillar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə94/104
tarix17.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#144614
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104
Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash-hozir.org

§14.2. Demografik jarayonlarni prognozlashga tasir etuvchi omillar
Aholi turmush darajasini prognozlashda uning komponentlariga ta’sir qiluvchi omillar yoki boshqacha qilib aytganda, tug‘ilish, o‘lim, migratsiya darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni hisobga olish alohida ahamiyatga ega. Aynan shu ko‘rsatgichlar demografik jarayonni belgilaydi.
Aholining kelajakdagi soni asosan tug‘ilish darajasiga bog‘liq. SHuning uchun dastlab unga qanday omillar ta’sir qilishini urganish lozim. Bu erda tug‘ilishni oshiruvchi va kamaytiruvchi omillarni alohida belgilash mumkin. Tug‘ilish darajasini oshiruvchi asosiy omillar deb odatda, maktabgacha tarbiya muassasalari va uy – joy qurish jarayoni taraqqiyotiga aytishadi.
Tanlanma tadqiqotlar ma’lumotlariga kura, 30% ga yaqin odamlar farzand ko‘rishdan o‘zini saqlash sabablari sifatida yashash sharoitlarini ko‘rsatadi.
Mamlakatda yiliga rekonstruksiyani hisobga olgan holda 2,3 million kvartira qurilmoqda, aholi 2 million kvartiraga ega bo‘lmoqda (0,3 million kvartira qarialar talabi hisobiga.) Mamlakat bo‘yicha ikkinchi shva nikoxga kirayotganlar yiliga 1,8 millionni tashkil qiladi va agarda kengayishlar va boshqa omillar bo‘lmaganda edi hozir yosh kelin – kuyovlarga kvartiralar berilar edi. Bevosita bog‘liqlikning tarafi yo‘q. Masalan, Toshkent shaxrida maktabgacha tarbiya muassasalariga bo‘lgan talab to‘laligicha qondirilgan, biroq tug‘ilish o‘smayapti. Maktabgacha tarbiya muassasalarining rolini baholab turib, shuni aytish mumkinki, ko‘p oilalar ulardan deyarli foydalanilmaydi (ularda yoshlar hissasi juda kam), kam bolali oilalarda esa funksional muassasalarning mavjudligi yoki yo‘qligi nikox va tug‘ilish o‘rtasidagi vaqt oraligida (yoki birinchi va ikkinchi farzand oraligda) ko‘rinadi.
Omillar qatoriga moddiy ta’minlanganlakni ham qo‘shish mumkin. Bu demografik siyosatning bir omili bo‘lib, bu narsa bizning mamlakatimizda tug‘ilishni oshirishga qaratilgan (o‘ning asosiy sharti bo‘lib bolalarni tarbiya qilish xarajatlariga davlatning sistematik pullik yordami hisoblanadi.)
Tug‘ilish pasayishiga olib kelo‘vchi omillar orasida birinchi navbatda aholi moddiy darajasining o‘sishi va bunga bog‘liq tarzda ehtiyojlari o‘sishini aytish lozim.
Zamonaviy taraqiyotning barcha ne’matlarini oshirishga intilish yangi oila qurganlar rejalashtiradigan farzandlar usoni kamayishiga ta’sir qiladi (tug‘ilishning «antogonistlari» sifatida avtomabil, televizor va xokazolar hisoblanadi).
Odatda, ayollarning jamoat ishlarida qatnashuviga tug‘ilishning kamayish omili sifatida qarashadi.
O‘lim omillari – ko‘kchadagi va maishiy shikastlar, alkogolizim va chekish, atrof-muhit ifloslanishi, sog‘liqni saqlashning rivojlanmaganligi va hokazolar.
Biror xudud aholisini prognozlashning muhim komponenti aholi migratsiyasi hisoblanadi. Aholi migratsiyasi asosan ishlab chiqarish joylashuvi bilan izohlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, mehnat resurslarining xududiy tarqalishini ko‘rsatib, u iqtisodiy rivojlanishda aks etadi va ishlab chiqarish samaradorligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin