N. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Diskli tormozlarda ruxsat etilgan solishtirma bosim



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə27/58
tarix16.12.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#181579
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
KO‘TARISH, TRANSPORT majmua

Diskli tormozlarda ruxsat etilgan solishtirma bosim

Ishqalanuvchi yuza materiali

[P], MPa

moylanmagan

quyuq moylangan

moyli vannada

Metall metall bo‘yicha

0,3

0,4

0,8

Ip gazlamali va to‘qilgan friksion materiallar metall bo‘yicha

0,3

0,6

0,8

Presslangan, valsovkalangan va kalibrlangan materiallar metall bo‘yicha

0,6

1,0

1,2

Tekstolit po‘lat bo‘yicha

0,3

0,4

0,6


4. Yuk ko‘tarish mashinalarining mexanizmlari
Har qanday yuk ko‘tarish mashinasi bir necha mexanizm- lardan tashkil topgan bo‘ladi. Har bir mexanizm yuk ko‘tarish mashinasida biror vazifani bajaradi. Masalan, yuk ko‘tarish 6— Ko‘tarish, transport mashinalari 81
mexanizmi yukni ko‘tarish va tushirish vazifasini; yukni siljitish mexanizmi yukni gorizontal tekislikda siljitish vazifasini; burish mexanizmi kran metallkonstruksiyasini biror radius bo‘ylab burish vazifasini bajaradi.
4.1. Yuk ko‘tarish mexanizmi
Yuk ko‘tarish mexanizmlari yukni ko‘tarish va tushirish va­zifasini bajaradi. Uning tortuvchi organi aylanma harakatni il- garilanma harakatga (yuk ko‘tarilayotganda) va ilgarilanma harakatni aylanma harakatga (yuk tushirilayotganda) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Ular arqonli yoki zanjirli turga bo‘linadi; birinchisi arqonli, ikkinchisi esa zanjirli ko‘tarish mexanizmlari deyiladi.
Ko‘tarish mexanizmining kinematik sxemasi 52-rasmda ko‘rsatilgan. Mexanizmning asosiy qismiga dvigatel 1, reduktor 6, baraban 2, muvozanatlovchi blok 3, ilgak osmasi 5, polispast 4 va tormoz 7 kiradi.
Elektr dvigatel vali reduktorning yetaklovchi vali bilan odat- da, MUVP (MN 2090-64) turdagi elastik barmoqli yoki M3, yoki MZP turdagi tishli muftalar orqali biriktiriladi.
Yuk koitarish mexanizmlarini hisoblash. Yuk ko‘tarish ma- shinalarining ishlash jarayonida bir-biridan farqlanuvchi uch davrni hisobga olish kerak bo‘ladi:
1-davr. Ishga tushirish davri.
Mexanizm ishga tushirilganda, mexanizmning barcha aylanuvchi va ilgarilanma harakatlanuvchi qismlari tezligi berilgan tezlikka yetgungacha bo‘lgan davr.
2-davr. Barqaror harakat davri.
Berilgan tezlik bilan yukni ma’lum balandlikka ko‘tarish yoki pastga tushirish davri.
3-davr. Mexanizmni to‘xtatish davri.
Barqaror tezlik bilan harakatlanayotgan mexanizmlarni to‘xtatish davri.
Mexanizmlarni hisoblash, odatda, barqaror harakat davridan boshlanadi. Barqaror harakat davrida elektrodvigatel validagi statik moment quyidagicha aniqlanadi:
82


52-rasm. Yuk ko‘tarish mexanizmining kinematik sxemasi:
1 — elektrodvigatel; 2 — baraban; 3 — muvozanatlovchi bloklar; 4 — arqon;
5 — ilgak; 6reduktor; 7 — tormoz.
N ■ mm




(Ю2)

N ■ mm

T _ Gyuk Db
s “ 2 ■ an ■ u0 ■ n0



bu yerda: 5max — barabanga o‘ralayotgan arqon tarangligi, N; Zb — barabanga o‘ralayotgan arqonlar soni; Db — baraban dia- metri, mm; U0 — baraban yuritmasining uzatish soni; ap — polispast karraligi; y0 — mexanizmning foydali ish koeffitsienti; Gyuk — ko‘tarilayotgan yukning og‘irlik kuchi, N.
Barqaror harakat davrida elektrodvigatel validagi quvvat quyidagicha aniqlanadi:



P = GUk-v/^0, W
83

(103)



bu yerda: v — ko‘tarilayotgan yuk tezligi, m/s.
Elektrodvigatel valiga keltirilgan ishga tushirish momenti quyidagicha aniqlanadi:
Tu.= T + ?kayl. + T^ N-mm (104)
bu yerda: Tit — ishga tushirish momenti, N-mm; Tinayl — yuritmadagi aylanma harakat qilayotgan elementlarning inersiya kuchlari momenti, N-mm; Tinil — ilgarilanma harakat qilayotgan yukning inersiya kuchlari momenti, N - mm.
Inersiya radiusi R0 bo‘lgan, aylanma harakat qilayotgan m massaga ega bo‘lgan qismning — elementning inersiya momenti:
J = m ■ R^ = G- ■ D2, N • mm (105)
bu yerda: G0 — aylanma harakat qilayotgan qismning og‘irlik kuchi, N; D0 — aylanma harakat qilayotgan qismning diametri, mm; g — erkin tushish tezlanishi.
Aylanayotgan qism massasi inersiya kuchlari momenti:
T = jp = j (,) = j я n = G0Dя n n • mm-
Tin.ayl. = J p = Jt = J 30t = 4 30t , N ПШ1;
yur yur g yur





T
in.ayl.

G0 • D02 • n 375tyUr ,

N • mm


(106)

bu yerda: n — aylanma harakat qilayotgan qismning aylanish takroriyligi, min-1; t — aylanma harakat qilayotgan qismni yur- gizish vaqti, s.


Yuk ko‘tarish mexanizmida elektrodvigatel valiga o‘rnatilgan detallar inersiya kuchlarining momenti eng katta qiymatga ega bo‘ladi. Elektrodvigateldan keyingi vallarga o‘rnatilgan barcha detallar inersiya kuchlari momentining yig‘indisi, elektrodvigatel validagi detallarning inersiya kuchlari momentidan bir necha marotaba kam bo‘ladi. Shuning uchun ko‘tarish mexanizmidagi barcha aylanma harakat qilayotgan detallarning inersiya kuchlari momentini quyidagicha aniqlash mumkin:


(Ю7)
T = &GoD0 ■ n1 N . mm
Jin.ayl. = 375. t , N 1ШП.
yur
Ilgarilanma harakat qilayotgan detallar inersiya kuchlarining momenti quyidagicha aniqlanadi:

  1. oyuk tezlanish bilan ilgarilanma harakat qilayotgan, Q massaga ega bo‘lgan yukning inersiya kuchi aniqlanadi:




^in,uk = Qo., N,

(Ю8)


bu yerda: Q — ko‘tarilayotgan yuk massasi, kg; Q = Gyuk ;
g
ayuk — ilgarilanma harakat qilayotgan yukning to‘g‘ri chiziqli harakatdagi tezlanishi;
o = uyuk = n Dbnb
“yuk = ~t = 60“O ~t(1°9)
yuk op yuk
v k — ko‘tarilayotgan yuk tezligi, ^uk = я?ь'b ,
y y 00 ■ Op
bu yerda: Db — yuk ko‘tarish mexanizmi barabanining diametri, m; nb — baraban valining aylanish takroriyligi, min-1; op — yuk ko‘tarish mexanizmi polispastining karraligi.



(110)

(111)
F _ Gyuk xD, ■ п,
in.yuk. g 60 ■ Op ■ tyur ’

  1. barabandagi burovchi moment aniqlanadi:


T = F ■Db
b 2 ■ Op ■ П p
Gyuk -^Db nb n ■ m
g 260 ■ op ■ tyur ■ np,

  1. elektrodvigatel valiga keltirilgan moment aniqlanadi:

T _ Tb _ Gyuk л Db, ■ nb
T in.il = ~гт ~~ = ~ br. 2 ‘
и0 ■ ^0 g 260 ■ Ио ■ Op ■ tyur ■ np ■ ^0
nb = ИП0 ekanligini e’tiborga olsak,
85


(112)
T _ ”,.•■• "b ■ "1 N . m
Jin.il = ,7, ,2 '2. .ш
375 ■ Uq ■ йр ■ Tyur ■ ^p ■ ^o
Shunday qilib, mexanizmlarni ishga tushirish momenti (ayrim darsliklarda dvigatelni yurgizib yuborish momenti deb ham ataladi) quyidagicha aniqlanadi:
TLt = = Ts + Tin.ayl. + kn.ilg.
Gyuk -Db + 8Gq D()n1 + ^yuk DPn1 N ■ m (113)
2Op ■ u0 ■ % 375Tyur 375 u0 Op Tyur ■ ^p ■ ^o
Yuk ko‘tarish mexanizmi uchun elektrodvigatel statik mo­ment miqdori bo‘yicha tanlanadi va keyinchalik ishga tushirish vaqtidagi zo‘riqishga tekshirib ko‘riladi.
Tanlangan dvigatelning quvvati bo‘yicha nominal moment- ning miqdori aniqlanadi:
T = ^, (114)
bu yerda: ^ndv — tanlangan dvigatelning nominal quvvati, vatt.
Dvigatelning (ishga tushirish vaqtidagi) zo‘riqishi zo‘riqish koeffitsienti bilan ifodalanadi:
^= T. <|^|, (115)
Tn
bu yerda: |^ | — ruxsat etilgan zo‘riqish koeffitsienti, odat- da |^|=1,5...3 olinadi, yoki elektrodvigatel kattaligidan aniqlanadi.
Zo‘riqishga tekshirish bilan bir vaqtda ishga tushirish vaq- tida, dvigatelning qizishi ham tekshirib ko‘riladi.
Dvigatelning qizishi uning ishlash sur’atining jadalligiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlash sur’atining jadalligi nisbiy ulanish davomiyligiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘tarish mexanizmi baraba- nining aylanish takroriyligi nb va tanlangan dvigatel valining aylanish takroriyligi bo‘yicha ko‘tarish mexanizmining uzatish soni aniqlanadi:
«1
«ь
Mexanizmning uzatish soni u0 ning miqdori bo‘yicha yurit- maga reduktor tanlanadi. Masalan, ko‘prikli kranlarning yuk ko‘tarish mexanizmi uchun gorizontal reduktorlar (RM yoki SD) kran aravachalarining siljitish mexanizmi uchun vertikal reduktorlar (VK) tanlanadi.
Yuk ko‘tarish mexanizmi yuritmasining birinchi valiga — elektrodvigatel bilan ulangan valga ikki kolodkali tormoz o‘rnatiladi. Agar yuk pastga tushiriladigan bo‘lsa, u holda eng katta tormoz momenti kerak bo‘ladi:
Tt =+t;+ T-ayl + TU
yoki


Tt

(116)
± ^yuk^yuk'nо + g G0Bb «1 + ^yuk^b «tf0
2ap ■ ио
375 ■ tt 375 ■ Ид ■ ap ■ tt
bu yerda: tt = 1...1,5 s mexanizmni to‘xtatishga ketgan vaqt. Yuqoridagi formulada: agar yuk pastga tushirilayotgan bo‘lsa, ( + ) ishorasi, agar yuk yuqoriga ko‘tarilayotgan bo‘lsa, (-) ishorasi qo‘yiladi.
Tormoz momenti Tt ning qiymati bo‘yicha tormoz turi tan­lanadi va uning detallarining mustahkamligi tekshiriladi.


    1. Yüklə 1,57 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin