Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malasini oshirish instituti



Yüklə 173,5 Kb.
səhifə10/28
tarix02.01.2022
ölçüsü173,5 Kb.
#35802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
diktantlar

MEHMON KUTISH MADANIYATI
Odamlar orasidagi o‘zaro mehr-muruvvatning ibratli jihatlaridan biri mehmonnavozlikdir. O‘zbek xalqi asrlar davomida o‘zining mehmondo‘stlik udumlarini asrab kelmoqda. Zero, kimningdir uyiga mehmon kelishi–yaxshilik belgisi, mehr-oqibat, o‘zaro iliqlik, insoniylik ramzi. Mehmon bilan birga uyga rizq-ro‘z, hamdardlik, osoyishtalik kirib keladi, ko‘ngilsiyohliklar, gina-kudurat unutiladi, qarindoshlar o‘rtasida totuvlik mustahkamlanadi.

Mehmon kutish kishilarda saxiylik, xushmuomalalik sifatlarini tarbiyalaydi, xasislik, xudbinlik, manmanlik illatlarini bartaraf etadi. Mehmon kirgan uyga yangi kayfiyat, yangicha ruh, do‘stlik kirib keladi.

Xalqimiz “Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan” der ekan, odamlarni bag‘rikeng bo‘lishga, bu dunyoga hamma o‘zining rizqi bilan kelganiga ishora qiladi. Mehmonning shu fazilati uchun ham kelgan kishining ostiga yangi ko‘rpachalar yoziladi, ohorli idish-tovoqlarda taom tortiladi. Qo‘ni-qo‘shni ham chaqirilib, dilbar suhbatlar quriladi.

Albatta, har bir xalqning mehmon kutish udumlari turlichadir. Lekin bizning xalqimiz qaysi millat bo‘lishidan qat’iy nazar, eshikdan kelgan odamning hurmatini joyiga qo‘yib kutib oladi, lazzatli taomlar bilan siylaydi.

Mehmondo‘st o‘zbek xalqi azaldan uyiga kelgan kishini ochiq yuz bilan kutib olishga odatlangan.


Yüklə 173,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin