Tovush tarkibiga ko‘ra yaqin so‘zlarni farqlash bo‘yicha tekshirish natijalari
Tovush tarkibiga ko‘ra yaqin so‘zlarni farqlash ko‘nikmalarini o‘rganishda biz bir qancha topshiriqlardan foydalandik. Tekshirish natijalarini 5-jadvalda ifodaladik va tekshirish natijalari taxlilini keltirdik.
Jadval 5
№
|
Topshiriqlar
|
4
|
3
|
2
|
1
|
0
|
1
|
Rasmni noto‘g‘ri nomlasam qarsak chal (albom, aybom, anbom, almom.....)
|
|
2(20%)
|
6(60%)
|
2(20%)
|
|
2
|
Rasmlarga qara. Men ularni nomlayman, seni esa ularni meni nomlashimga asoslanib ketma-ket qo‘y. (Sim, shim, tol, chol, to‘l, do‘l....)
|
|
|
6(60%)
|
2(20%)
|
2(20%)
|
3
|
Rasmlarni nomlari o‘xshash rasmlarga moslab qo‘y (tom-rom, sim-shim.....)
|
|
|
|
6(60%)
|
4(40%)
|
Birinchi ko‘rsatma bo‘yicha berilgan topshiriqni to‘g‘ri bajargan bolalar bo‘lmadi. Bolalardan 2(20%)tasi topshiriqni bajarishda qo‘pol bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘ydilar; 6ta(60%) bola esa topshiriqni 50%ni to‘g‘ri bajardilar; 2(20%) ta bolalar esa 50%dan ko‘p topshiriqni noto‘g‘ri bajardilar.
2-topshiriqni bajarishda esa, 6ta(60%) bolalar topshiriqni 50%ni to‘g‘ri bajardilar; 2(20%) ta bola esa 50%dan ko‘p topshiriqni noto‘g‘ri bajardi. 2(20%) bola topshiriqni bajara olmadilar.
3 -topshiriqni bajarish bolalarda birmuncha qiyinchiliklar tug‘dirdi. Bolalardan 6(60%)tasi 50%dan ko‘p topshiriqni noto‘g‘ri bajardilar; 4(40%) bolalar esa topshiriqni bajara olmadilar.
Dostları ilə paylaş: |