Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus pedagogika va inklyuziv ta



Yüklə 162,6 Kb.
səhifə19/25
tarix24.05.2023
ölçüsü162,6 Kb.
#121460
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti maxsus

Tovushlar

Ballar

4

3

2

1

0

1

A. O. I.

10 (100%)













2

U. O‘. E.

10 (100%)













3

S. Z.

2 (20%)

4 (40%)

4 (40%)







4

Sh

2 (20%)

2 (20%)

6 (60%)







5

J

1 (10%)

3 (30%)

6 (60%)







6

Ch




4 (40%)

6 (60%)







7

K




6 (60%)

4 (40%)







8

G




6 (60%)

4 (40%)







9

Q

2 (20%)

8 (80%)










10

G‘

2 (20%)

8 (80%)










11

R




2 (20%)

8 (80%)







12

L

2 (20%)

6 (60%)

2 (20%)







13

Y

2 (20%)

6 (60%)

2 (20%)







14

M

6 (60%)

4 (40%)










15

N

6 (60%)

4 (40%)










16

B

6 (60%)




4 (40%)







17

P

8 (80%)




2 (20%)







18

V

4 (40%)

4 (40%)

2 (20%)







19

F

8 (80%)




2 (20%)







Tovushlarni alohida talaffuz qilish malakalarini tekshirish natijalarini 7-jadvalda ifodaladik. Tekshirish natijalariga ko‘ra tekshiriluvchi rinolalik bolalarning barchasi unli tovushlarni alohida talaffuz qilish malakalariga ega ekanligi aniqlandi. Ular unli A, O, I, U, O‘, E tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oldilar, artikulyatsion nutq apparatida qo‘pol buzilishlar talaffuz vaqtida namoyon bo‘lmadi.


Sirg‘aluvchi (s, z) tovushlarini alohida talaffuzida rinolalik bolalarning 2ta (20%)si to‘g‘ri, 4 (40%) tasida s, z tovush talaffuzi buzilgan. 4 (40%) ta bolada sirg‘aluvchi tovushlarni boshqa tovushga almashtirish holatlari kuzatildi. “Sh” tovushi to‘g‘ri, aniq talaffuz qilgan bolalar 2 (20%) ta; “sh” tovushi talaffuzi buzilgan bolalar 2ta (20%); “sh” tovushini boshqa tovushga almashtirish holati 6 (60%) ta bolalarda kuzatildi. “Sh” tovushini nutqda yo‘qligi holati kuzatilmadi.
“J” tovushini to‘g‘ri talaffuz qila olgan bolalar 1 (10%) tani tashkil qilgan bo‘lsa, “j” tovushini talaffuzini buzib talaffuz qilish 3(30%) ta bolada; boshqa tovushlarga almashtirish holati esa 6 (60%) ta bolada kuzatildi. “j” tovushini nutqda umuman talaffuz qila olmaslik holatlari esa kuzatilmadi. “I” tovushi to‘g‘ri, aniq talaffuz qila oladigan bolalar bo‘lmadi. “I” tovushi talaffuzini buzib talaffuz qilish 4(40%) ta bolada; boshqa tovushlarga almashtirish holati esa 6 (60%)ta bolada kuzatildi. “K”, “G” tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila olgan bolalar bo‘lmadi; “K”, “G” tovushlarini buzib talaffuz qilish holatlari 6 (60%)ta bolada; ushbu tovushlarni boshqa tovushlarga almashtirish esa 4(40%) ta bolada kuzatildi. “Q”, “G‘” tovushlarini to‘g‘ri talaffuzi 2 (20%) ta bolada; ushbu tovushlarni buzib talaffuz qilish 8(80%) ta bolada kuzatildi. Tovushni almashtirish holatlari kuzatilmadi. “R” tovushini to‘g‘ri talaffuz qila olgan bolalar bo‘lmadi. Bolalar “R” tovushini talaffuzida qiynaldilar. “R” tovushni buzib talaffuz qilish holatlari 2 (20%) ta bolada; “R” tovushini boshqa tovushlarga almashtirish holatlari 8 (80%) ta bolada kuzatildi. “L” tovushini to‘g‘ri talaffuz qilish holatlari 2 (20%) ta bolada; noto‘g‘ri talqin etish holati 6 (60%) ta bolada; ushbu tovushlarni boshqa tovushlarga almashtirish holatlari esa 2(20%) ta bolada kuzatildi. “Y” tovushini to‘g‘ri, aniq talaffuzi 2 (20%) ta bolada; “Y” tovushni buzib talaffuz qilish holati 6 (60%) ta bolada; boshqa tovushlarga almashtirish holatlari esa 2 (20%) ta bolada kuzatildi. “M”, “N” tovushlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz qilish 6 (60%) ta bolada, buzib talaffuz qilish holatlari esa 4 (40%) ta bolada kuzatildi. “B” tovushini to‘g‘ri, aniq talaffuz qilish 6 (60%) ta bolada; “p” tovushi esa 8 (80%) ta bolada kuzatildi. “B” tovushini boshqa tovushlarga almashtirish 4 (40%) ta bolada; “p” tovushini esa 2(20%) ta bolada kuzatdik. “V” tovushini to‘g‘ri, aniq talaffuzi 4 (40%) ta bolada; “F” tovushini to‘g‘ri talaffuzi esa 4 (40%) ta bolada kuzatildi. “V” tovushini noto‘g‘ri talqin etilishi 4 (40%) ta bolada kuzatilgan bo‘lsa, bu holatni “F” tovushi talaffuzida uchratmadik; “V”, “F” tovushlarini boshqa tovushlarga almashtirish holatini esa 4(40%) ta bolada aniqladik.
Tovushlarni turli bo‘g‘in tarkibli qurilmalarda talaffuz qilish imkoniyatini tekshirish natijalari
Tovushlarni bo‘g‘in tarkibida talaffuz qilish malakalarini tekshirishda biz bo‘g‘inlarni diqqat bilan eshitish va uni takrorlash usulidan foydalandik. Bunda ochiq, yopiq, 2ta undosh va unli tovush, unli+undosh+undosh tovushlar birikmasi va undosh+unli+undosh tovushlar birikmalaridan foydalandik.
Barcha turdagi bo‘g‘inlarda tovushlarning to‘g‘ri talaffuz qilish holatlari kuzatilmadi.
Turli bo‘g‘inlarda talaffuz malakalarini tekshirish natijalari
8-jadval



Topshiriqlar

4

3

2

1

1

Tovushlarni ochiq bo‘g‘inlarda takrorlash




4(40%)







2

Tovushlarni yopiq bo‘g‘inlarda takrorlash




4(40%)







3

Ikkita undosh va unli tovushlar birikmalarida







5(50%)




4

Unli+undosh+undosh tovushlar birikmalarida







6(60%)




5

Undosh+unli+undosh tovushlar birikmalarida







6(60%)




Ochiq bo‘g‘inlarda tovushlarning buzilish holati 4(40%)ta, yopiq bo‘g‘inlarda ham 4(40%)ta bolani tashkil etdi. Tovushlarni 2ta undosh va unli tovushlar birikmalarida; unli+undosh+undosh tovushlar birikmalarida, undosh+unli+undosh tovushlar birikmalarini talaffuz qilish jarayonida tovushlarni almashtirish hamda buzib talaffuz qilish holatlari 6(60%)ta bolalarda kuzatildi.




Tovushlarni so‘zning turli o‘rnida kelish imkoniyatini tekshirish natijalari
Tovushlarni so‘zning turli o‘rnida kelish imkoniyatini tekshirishda biz so‘zlarni logoped ketidan takrorlash usulidan foydalandik. Tekshirilayotgan (s, z, j, ch, j, r, l, y, k, g, q, g‘, x, m, n, b, p, v, f, unli tovushlar) tovushlar so‘zning boshida,o‘rtasida, oxirida talaffuz qilinishiga e’tibor qaratildi. Tekshirish jarayonida tovushlar barcha so‘zlarda aniq va to‘g‘ri talaffuz qilish holatlari aniqlanmadi. 2-3ta tovushlar talaffuzi buzilgan bolalar 1 (10%) tani; 3tadan ortiq tovushlar talaffuzi buzilgan va tovushlarni almashtirish holatini 4(40%) ta bolalarda aniqladik, barcha tovushlar so‘z tarkibidagi o‘rniga qaramasdan buzib talaffuz qilish va tovushlarni almashtirish holatini 5(50%) ta bolalarda aniqladik.
Bolalarda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni aniqlash asosida quyidagi xulosalarni keltirish mumkin. Rinolalik bolalardagi tovush talaffuzining buzilishi nutqiy nuqson tizimida yetakchi hisoblanadi. Fonetik buzilishlar nutq apparatini muskullarini yetarlicha organik innervatsiyalanmaganligidan kelib chiqishi aniqlandi. Tovush talaffuzidagi kamchiliklar polimorf xarakterda bo‘lib, ular tovushlarni buzib talaffuz qilish va almashtirish ko‘rinishida ifodalanadi. Tovushlar talaffuzi fonetik konteksga, tovushni so‘zdagi o‘rniga, so‘zning bo‘g‘in tarkibining murakkabligiga bog‘liq ekanligi tadqiqotimiz davomida o‘z isbotini topdi.


Ikkinchi bob bo‘yicha xulosalar
Ushbu bobda rinolalik bolalar nutqining fonetik-fonematik tomonini tekshirish metodikasi keltirilgan. A.E.Jurova va D.B.Elkonin, G.A.Kashe , N.I., T.B.Filicheva va G.V.Chirkina, L.R.Mo‘minova, M.Yu.Ayupova ishlariga asoslangan holda fonematik idrokni tekshirishda bolalarning nutq tovushlarini yig‘indisida (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar qatori) tanib olish, farqlab olish, tahlil va tarkib qilish qobiliyatini nazarda tutildi. Topshiriqlar tovushlarni, bo‘g‘inlarni va so‘zlarni minimal, o‘rtacha hamda va maksimal farq qilish bo‘yicha murakkablashib borgan tartibda berildi.
Bolalarning fonematik idroki holatini, uning buzilish sabablarini tekshirishda noto‘g‘ri talaffuz etiladigan tovushlar bilan bir qatorda, to‘g‘ri talaffuz qilinadigan tovushlarni farqlash imkoniyatini ham tekshirish yo‘llari ko‘rsatildi. Bolalar nutqini va fonematik idrokini tekshirish bo‘yicha quyidagi topshiriqlar tanlab olindi: nutqiy bo‘lmagan tovushlarni farqlash bir qator tovushlar ichidan ma’lum tovushni ajratish; bir qator bo‘g‘inlar ichidan ma’lum bo‘g‘inni ajratish; bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarni logoped ketidan takrorlash; ketidan bo‘g‘inlar qatorini takrorlash; berilgan tovush ishtirokida so‘z tuzish; tovushning so‘zdagi o‘rnini aniqlash; tovushning so‘zdagi ketma-ketligini aniqlash;so‘zdagi tovushlar sonini aniqlash; ketma-ket tovushlardan so‘z tuzish; ketma-ketligi buzilgan tovushlardan so‘z tuzish.
Bolalarni eksperimental tekshirish natijalari rinolaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarda birlamchi nuqsonning og‘irligiga bog‘liq ravishda ularda nutqning fonetik- fonematik tomonini buzilganligini kuzatdi. Bu esa, olimlarning rinolaliya nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar nutqining fonetiko- fonematik tomonini turli darjada buzilgan bo‘lishi haqidagi nazriyalarni yana bir marta isbotlash bilan bir qatorda, bu toifa bolalar nutqining fonetiko- fonematik tomonini rivojlantirish yangi, zamonaviy usullari, metodlarni ishlab chiqish yo‘llarini topish lozimligii taqazo etadi.

Yüklə 162,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin