TIL – ASOSIY NUTQ A’ZOSI
7-dars
Assalomu alaykum, muhtaram o’quvchilar.
Bugun Siz bilan asosiy nutq
a’zosi hisoblangan til borasida gaplashamiz. Uning vazifalarini o’rganishdan oldin
til qismlari bilan tanishtirib o’taman. Barcha tajvid olimlari til yuzasini 3
qismga
ajratgan. Doktor Ayman til yuzasini 3
ga ajratibgina qolmay, balki “jazrul lisan”
haqida ham qo’shimcha ma’lumot bergan. Til uchi esa qism emas, tilning eng uchi,
boshini bildiradigan joy xolos. Quyidagi suratga e’tibor qaratamiz:
Yuqoridagi atamalar o’qilishini o’rganamiz:
Til yon qirg’og’i – haafatul lisaan
Til yon qirg’og’ining ichkarisi – aqsoo haafatil lisaan
Til yon qirg’og’ining oldi – adnaa haafatil lisaan
Til yon qirg’og’ining tugash joyi – muntahaa haafatil lisaan.
Til quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Ta’m bilish.
2. Ovqatni chaynash va yutish jarayonida luqmani og’iz bo’shlig’ida
harakatlantirish.
3. Harflarning talaffuzida ishtirok etish. Talaffuz qilib ko’rsak
bilamizki,
til tovush
– harflarni hosil qilishda faol ishtirok etadi.
Demak, til – asosiy nutq a’zolaridan biri ekan.