Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


GAP- GAPLARNING TUZILISH JIHATDAN TURLARI: SODDA VA QO`SHMA GAP. SODDA GAP TURLARI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə188/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

GAP-
GAPLARNING TUZILISH JIHATDAN TURLARI: SODDA VA QO`SHMA GAP. SODDA GAP TURLARI. BIR BOSH BO`LAKLI VA IKKI BOSH BO`LAKLI GAPLAR, ULARNING TURLARI. TO`LIQ VA TO`LIQSIZ GAPLAR, ULARNING TURLARI. SO`Z-GAPLAR, ULARNING TURLARI.


Reja:

  1. Sodda gap turlari

  2. Ikki bosh bo`lakli gapning tuzilishi

  3. Bir bosh bo`lakli gaplar

  4. Egasi topiladigan gaplar

  5. Egasi topilmaydigan gap

  6. Nominativ (atov) gap

  7. Infinitiv gaplar

Gaplar tuzilish jihatdan ikki guruhga bo`linadi:
1. Sodda gap bir predikativ birlikdan iborat bo`lib, uning tarkibi ayrim gaplarga bo`linmaydi. Masalan: G`ir-g`ir shabada turli-tuman giyohlarning hidlarini olib keladi. (O.). Oqil va donolar bilan suhbatdosh bo`ling. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»).
2. Qo`shma gap mazmun va grammatik jihatdan birikkan ikki va undan ortiq predikativ birliklardan tuzilib, uning tarkibi ikki va undan ortiq gaplarga bo`linadi. Masalan: Hali daraxtlar barg chiqarmagan-u, pushti guldastaga o`xshab gullagan bir tup bodom qo`shni hovlining devori osha yashnab turibdi. (P.Q.). Haqiqiy do`stlik suvdek zilol, qalbaki do`stlik – tuz qo`shilgan asal. (Maqol).
Sodda gap turlari
Sodda gaplar grammatik asosining tarkibiga ko`ra ikkiga bo`linadi: 1) ikki bosh bo`lakli gaplar; 2) bir bosh bo`lakli gaplar.
Grammatik asosi ikki bosh bo`lakdan: ega va kesimdan iborat bo`lgan gaplar ikki bosh bo`lakli gaplar deyiladi. Masalan: Mehnatdan do`st ortar. (Maqol).
Grammatik asosi bir bosh bo`lakdan iborat bo`lgan gaplar bir bosh bo`lakli gap deb yuritiladi. Masalan: Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga. (Maqol).
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo`laklarning qatnashishi-qatnashmasligiga ko`ra ikki xid bo`ladi: yig`iq gaplar va yoyiq gaplar.
Bosh bo`laklardangina yoki bir bosh bo`lakdan tashkil topgan gap yig`iq gap, ikkinchi darajali bo`laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Yomg`ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to`sib turardi. (S.Karomatov). Birinchi gap yig`iq gap bo`lib, faqat bosh bo`laklardan tuzilgan. Ikkinchi gapda bosh bo`laklar (bulutlar – ega, to`sib turardi – kesim)dan tashqari, ikkinchi darajali bo`laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quyosh - aniqlovchi, yuzini – to`ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir.
Bir bosh bo`lakli gaplar ham, ikki bosh bo`lakli gaplar ham zarur bo`laklarning to`la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko`ra ikki turga ajratiladi: to`liq gap va to`liqsiz gap. To`liq gaplarda fikrni ifodalash uchun zarur bo`laklarning barchasi qatnashadi, to`liqsiz gaplarda zarur bo`laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi.
Masalan: - Ilgari qayerda ishlagan edilar? (To`liq gap). – Dastavval Surxondaryoda, keyin qarshi cho`lida. (O.Y.) (To`liqsiz gap).
Sodda gaplar bo`laklarga ajralish-ajralmasligiga ko`ra ikki xil bo`ladi: bo`laklarga ajraladigan gaplar va bo`laklarga ajralmaydigan gaplar. So`zlar bog`lanmasidan yoki yakka so`zdan tuzilib, gap bo`laklarini aniqlash (ajratish) mumkin bo`lgan gaplar bo`laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: Mashina darvoza oldida to`xtadi. (O.Y.). Bir so`zdan tashkil topib, tarkibi bo`laklarga ajratilmaydigan gaplar bo`laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so`z-gaplar deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.).



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin