96
amalga oshirildi. Mazkur bosqichda olib borilgan tadqiqot natijalarining chuqur
tahlillari asosida quyidagi xulosalarga keldik:
Boshlang‘ich sinf amaliyotida o‘qituvchilar o‘quvchilarga dars mavzusi
mazmunini rivojlantirishda asosan ta‘limning zamonaviy interfaol metodlaridan
foydalanadilar. Dars jarayonida berilayotga bilimlarning asosiy mazmuni,
o‘zlashtirilayotgan bilimlarga qo‘yilgan ma‘lum qonuniyatlardan chiqmagan holda
o‘quvchilar uchun tayyor qilinib taqdim etiladi.
Mazkur bosqichda falsafa, psixologiya va pedagogika, shuningdek
boshlang‘ich sinflar amaliyotiga oid ilmiy adabiyotlar o‘rganib chiqildi.
O‘quvchilarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammolari, mavjud
matematik tushunchalarning belgilarini aniqlash, o‘xshash tushunchalarni farqlash,
bog‘liqlik va munosabatlarni aniqlash masalalari o‘rganildi va tatqiq qilindi.
Matematik tushunchalarni shakllantirishning boshlang‘ich bosqichida mashqlar
tizimini amalga oshirish va ulardan foydalanish samaradorligi isbotlandi.
Bu bosqichda boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik
texnologiyalardan qo‘llanilishi tatqiq etildi, darslarda pedagogik texnologiyalardan
foydalanib
matematik tushunchalarning o‘rni, ahamiyati, o‘zlashtirishga
ko‘rsatadigan ta‘siri darajasi o‘rganildi.
Dostları ilə paylaş: